A. Zikiryayev, A. To ‘ xtayev, I. Azimov, N. Sonin



Yüklə 5,84 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə137/147
tarix28.11.2023
ölçüsü5,84 Mb.
#137822
1   ...   133   134   135   136   137   138   139   140   ...   147
biologiya. 9-sinf (2014, a.zikiryayev, a.to\'xtayev)

1.
2.
3.
4.
Xonakilashtirilgan hayvonlar va madaniy o‘simliklar qanday xususiyatlari 
bilan yovvoyilaridan farq qiladi?
Seleksiya nima?
Madaniy o‘simliklarning kelib chiqish markazlarini seleksiya uchun 
qanday ahamiyati bor?
Madaniy o‘simliklarning kelib chiqish markazlarini ayting.
 61- §. Hayvon va o‘simlik seleksiyasi asoslari
Seleksiyaning asosiy vazifasi — odamlarning oziq­ovqat, estetik va tex­
nik talablarini to‘liq qondiruvchi yuqori mahsuldor hayvon zotlari, o‘simlik 
navlari va mikroorganizmlar shtammlarini yaratishdan iboratdir. 
Zot
yoki 


143
SELEKSIYA ASOSLARI
VI BO‘LIM
nav
(toza liniya) deb, odam tomonidan sun’iy ravishda yaratilgan orga nizm­
lar populatsiyasiga aytiladi. Bular barqaror va qimmatli biologik hamda 
xo‘jalik xossalariga ega bo‘lib, nasldan naslga o‘tadi. Har bir zot va nav o‘zi­
ga xos xususiyatga, ya’ni reaksiya normasiga ega. Masalan, tovuqlarning oq 
leggorn zoti ko‘p tuxum beradi. Yashash sharoitlari va oziqa bilan ta’min­
lanishi yaxshilansa tuxum berishi ortadi, ammo uning massasi amalda
oshmaydi. Fenotip (shu jumladan mahsuldorlik ham) ma’lum sharoitlarda 
namoyon bo‘ladi, shu sababli iqlim sharoitlari agrotexnik usullari va bosh­
qarish har xil bo‘lgan hududlar uchun moslashgan zot yoki nav yaratilishi 
zarur. Tanlash va duragaylash seleksiyaning asosiy usullaridir. O‘simlik­
shu noslikda chetdan changlanuvchi o‘simliklarga nisbatan ko‘pincha yalpi 
tanlash usuli qo‘llaniladi. Bunday tanlashda ekinzordan faqat kerakli sifatga 
ega bo‘lgan o‘simliklar ajratib olinadi. Kelgusi yili bu urug‘lar ekilib, o‘sim­
lik orasidan ham ma’lum belgiga ega bo‘lganlarini tanlab olish takrorlanadi. 
Bu usulda olingan nav genetik nuqtai nazardan bir xil bo‘lmaydi va shuning 
uchun tanlashni vaqti­vaqti bilan qay­
ta rib turish kerak. Individual, ya’ni 
yak ka tanlashdan ekinzordan qimmatli 
belgiga ega ayrim o‘simliklar tanlanadi 
va ulardan yangi avlod olinadi. Yakka 
tan lash orqali toza liniyalarni genetik 
jihatdan bir xil organizmlar guruhi 
oli nadi. Tanlash yo‘li bilan madaniy 
o‘sim liklarning juda qimmatli navla­
rini yaratishga muvaffaq bo‘lingan (73­ 
rasm).
Chorvachilikda avlodlar soni kam 
bo‘lganligi sababli xo‘jalik jihatdan 
foydali bo‘lgan belgilarga qarab yakka 
tanlash duragaylash keng qo‘llaniladi. 
Qishloq xo‘jalik hayvonlarida bir zotga 
mansub hayvonlarni o‘zaro chatishti­
rish yoki bir­biridan uzoq, ya’ni begona 
zot yohud turga mansub hayvonlarni 
chatishtirish olib boriladi. Begona zot­
larni chatishtirish bir necha foydali 
bel gilar kombinatsiyasini hosil qilish 

Yüklə 5,84 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   133   134   135   136   137   138   139   140   ...   147




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə