A. Zikiryayev, A. To ‘ xtayev, I. Azimov, N. Sonin



Yüklə 5,84 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə18/147
tarix28.11.2023
ölçüsü5,84 Mb.
#137822
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   147
biologiya. 9-sinf (2014, a.zikiryayev, a.to\'xtayev)

1.
2.
3.
4.
oziq-ovqat mahsulotlarini bakteriyalar ta’siridan qanday saqlash 
mum kin ekanligini aniqlang.
Bakteriyalar yordamida qanday kasalliklar kelib chiqishini bilib oling.
Bakteriyalar keltirib chiqaradigan kasalliklarga qarshi qanday kurash
chora lari ko‘riladi?
Qishloq xo‘jaligi o‘simliklarini yetishtirishda bakteriyalarning roli haqi-
da referat tayyorlang.
1.
2.
3.
4.
5.
6.
Bakteriyalarning tuzilishida qanday o‘ziga xos xususiyatlar mavjud?
Bakteriyalar qanday yo‘l bilan ko‘payadi?
Noqulay sharoitda bakteriyalarda qanday o‘zgarishlar kuzatiladi?
Bakteriyalarning inson hayot faoliyatidagi ahamiyati qanday?
Ko‘k-yashil suv o‘tlari hujayrasi qanday tuzilishga ega?
Ko‘k-yashil suv o‘tlarining tabiatda va inson hayotidagi ahamiyati 
qanday?
A
 tashqi korinishi. 
B
tallomning kattalashtirilgan bir
bolagi.
8- rasm.
Nostok.
 A
B


19
ORGANIK OLAMNING XILMA-XILLIGI
I BO‘LIM
Eukariotlar
5- §. O‘simliklar dunyosi
Haqiqiy yadroga ega bo‘lgan organizmlarga 
eukariotlar
deyiladi. 
Yadrodagi irsiy material xromosomalarda joylashgan. Jinsiy va jinssiz yo‘l 
bilan ko‘pa ya di, ba’zan urug‘lanmasdan ko‘payish (partenogenez) ham ro‘y 
beradi. Hujayra markazi va mitotik markaziy ip mavjud, hujayraning 
bo‘linishi mitoz yo‘li bilan boradi, ular plastidalar va mitoxondriyalarga 
ega bo‘lib, shuningdek, yaxshi rivojlangan endoplazmatik to‘r mavjud.
Xipchinlari murakkab tuzilgan. Atmosferadagi erkin azotni o‘zlashtirmay-
di. Asosan aeroblar, ba’zi bir turlarigina ikkilamchi anaeroblar hisoblana di. 
oziqlanishi shimish yo‘li bilan avtotrof va geterotrof. Hazm qiluvchi va-
kuolalarga ega.
Eukariotlarga o‘simliklar, zamburug‘lar va hayvonot dunyosi kiradi. 
Zamburug‘ va hayvonlarning o‘simliklardan farqi ular geterotrof usulda 
oziqlanadi.
Hozirgi vaqtda o‘simliklar quyidagi ikki: tuban va yuksak o‘simliklar 
guruhlariga bo‘lib o‘rganiladi.

Yüklə 5,84 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   147




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə