92
musiqiy parchalar joriy etgan, teatr dekoratsiyasi qo‘llagan. Gyotening aytishicha,
“Sahna san’atini Sofoklchalik hech kim bilmagan”.
Uning “Shoh Edip”, “Antigona”, “Edip Kolonda” tragediyalarining syujeti
afsonalarning Fiva turkumidan olingan. “Elektra”, “Filoklet”, “Ayaks”
asarlari
Troya afsonalari mavzusida yozilgan bo‘lsa, “Traxinalik ayollar” Gerakl haqidagi
rivoyatlar asosida yozilgan.
Qahramonlarning tabiatini chuqurroq ochish maqsadida Sofokl turli usullarni
qo‘llaydi. Ulardan biri taqqoslash usulidir. Ikki qahramonni yonma-yon qo‘yib
tasvirlashning eng mohir namunasini “Antigona” tragediyasida ko‘ramiz. Sofokl
ajoyib obrazlari bilan bir qatorda, dramatik voqealarni
ustalik bilan bir-biriga
bog‘lagan san’atkor sifatida ham mashhur.
Sofakl “Shoh Edip” tragediyasida Yunon san’atining “kuch va vositasigina
emas, zamini ham bo‘lgan” mifologiyadan keng foydalangan. Odatda miflarning
bir qancha variantlari bo‘lib, dramaturglar ularni o‘zgartirib, o‘z g‘oyalariga
moslab, ijodiy qayta ishlaganlar. “Shoh Edip” bunga misol bo‘la oladi. Edip
haqidagi mif Homerning “Odisseya”sida ham bor edi.
Ammo Sofokl unga juda
aniq psixologik ishlov beradi, uni “qismat fojeasi”dan chinakam insoniy dramaga
aylantiradi. Edipning o‘z umri sirlarini bilish jarayoni unga mudhish taqdirni
ochibgina qolmay, o‘z aybiga iqror bo‘lishga ham olib keladi. Inson o‘z
qilmishlariga o‘zi mas’uldir: inson bezavol va beajal
tangrilardan shu bilan
farqlanadiki, uning hayoti doimiy kurashlarda, har qanday g‘ovlarni, qismatni
yengib o‘tish uchun intilishda o‘tadi.
Mifda mana shu qismat birinchi o‘rinda turadi. Sofokl tragediyasida esa taqdir
qahramon yo‘lida bir rishta xolos. Edip umuminsoniy ahamiyatga ega bo‘lgan
chuqur va murakkab obrazga aylanadi.
Antik davrdagi hech qaysi dramaturgning asari jahon adabiyotida “Shoh
Edip” tragediyasi kabi chuqur iz qoldirmagan. Bu asar ta’sirida
XVIII asr oxiri
XIX boshlarida Yevropa adabiyotida “Taqdir tragediyasi” deb atalgan adabiy oqim
paydo bo‘ldi va u Shekspirning “xarakterlar” tragediyasiga qarshi qo‘yildi.