Abdulla avloniyning pedagogik qarashlari



Yüklə 447,04 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/4
tarix05.04.2023
ölçüsü447,04 Kb.
#104210
  1   2   3   4
Abdulla avloniyning pedagogik qarashlari



SCIENTIFIC PROGRESS
VOLUME 3 
ǀ
ISSUE 4 
ǀ
2022 
ISSN: 2181-1601
Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=5.016) 
Passport: 
http://sjifactor.com/passport.php?id=22257
  
Uzbekistan
 
www.scientificprogress.uz
 
Page 957
ABDULLA AVLONIYNING PEDAGOGIK QARASHLARI 
 
Zuhra Furqat qizi Sultonova 
Alisher Navoiy nomidagi Toshkent Davlat o'zbek tili va adabiyoti universiteti talabasi 
ANNOTATSIYA 
Ushbu maqolada o’zbek adabiyotining zabardast namoyondalaridan biri, taniqli 
pedagog va alloma, o’zbek jadidchilik harakatining yetuk vakili Abdulla Avloniyning 
hayoti va ijodi, asarlarining mohiyati, yozuvchining pedagogik qarashlari va u ilgari 
surgan fikrlarning yosh avlod va jamiyat hayotida tutgan o’rni haqida so’z boradi. 
Tayanch so’zlar: 
tarbiya, tarbiyaning zamoni, yaxshi xulqlar, yomon xulqlar, 
ma’rifatparvarlik, milliy uyg’onish, “axloq ulamosi”, nafs, uyg’onish davri. 
Abdulla Avloniy XIX asr oxiri XX asr boshlaridagi o’zbek milliy madaniyatining 
mashhur vakillaridan biri, ma’rifatparvar shoir, dramaturg, jurnalist, olim, davlat va 
jamoat arbobi. 
Adib 1878-yil 12-iyulda Toshkentda to’quvchi oilasida tavallud topgan. Avval 
O’qchidagi boshlang’ich maktabda, so’ng shahar madrasalaridan birida tahsil oldi. Juda 
ko’p mustaqil o’qib o’rgandi, tez orada o’z davrining savodxon, ma’rifatparvar kishisiga 
aylandi. Avloniy asrimiz boshlarida o’lkamizda avj olgan jadidchilik harakatining faol 
ishtirokchisi sifatida millat bolalarini savodli qilish, ulardan yetuk olimlar, 
mutaxassislar tayyorlash, Vatanni ozod ko’rish, farovon etish yo’lida fidoyilik bilan 
mehnat qildi. Ana shu maqsadda juda ko’p sohalarda faol ish olib bordi. 1907-yilda o’z 
uyida “Shuhrat” nomli gazeta nashr qildi. Mahallasida yangi usuldagi maktab ochdi. 
“Usulijadid” maktablari uchun to’rt qismdan iborat “Adabiyot yoxud milliy she’rlar”, 
“Birinchi muallim”, “Ikkinchi muallim”, “Maktab gulistoni”, “Turkiy guliston yoxud 
axloq” kabi darslik va o’qish kitoblari tuzdi. Maktab-maorif ishlariga yordam ko’rsatish 
maqsadida xayriya jamiyati tashkil qildi. “Nashriyot” shirkati tuzib, Xadrada “Maktab 
kutubxonasi” kitob do’konini ochdi.
Ma’rifatparvar adib, dramaturg, pedagog, noshir va jamoat arbobi Abdulla Avloniy 
1934-yil 25-avgustda Toshkentda vafot etgan. 
Abdulla Avloniyning Pedagogikaga oid asarlari ichida uning 1913-yilda yozilgan va 
1907-yilda ikkinchi bor nashr qilingan “Turkiy guliston yoxud axloq” asari (XX asr 
boshlaridagi pedagogik fikrlar taraqqiyotini o’rganish sohasida) alohida ahamiyatga 
molikdir.
“Turkiy guliston yoxud axloq” didaktik asar bo’lib, unda Abdulla Avloniy o’z 
ijtimoiy va axloqiy-ta’limiy qarashlarini bayon etadi. Asar katta-kichik 64 bobdan iborat 


SCIENTIFIC PROGRESS
VOLUME 3 

Yüklə 447,04 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə