Abdulla Qahhor



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə16/39
tarix24.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#160527
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   39
Abdulla Qahhor. Anor [@kitoblar pdf]

1943-yil
KAMPIRLAR SIM QOQDI
– Turing, Nazirbuvi! Turing, To‘xtabuvinikiga chiqamiz!
Nazirbuvi sandalning chetida, derazadan tushib turgan
erta bahor oftobiga sho‘rvada pishgan olmadek yuzini tovlab,
to‘ygan qo‘zichoqday uxlab yotar edi; bu tovush qulog‘iga
kirib, xuddi pashsha qo‘riganday, bir lunjini qimirlatdi; ko‘zini
ochmoqchi bo‘lgan edi, faqat bittasi ochildi.
– A? Nima? – dedi.


105
– To‘xtabuvinikiga chiqamiz. Rais kelibdi.
– Rais?
Nazirbuvi darrov o‘rnidan turdi, doka ro‘molini qayta
bog‘lab, Shahodatbuvi bilan birga chiqdi.
To‘xtabuvining uyida Roziyabuvi, Ortiqjonlar o‘tirar, rais
bularga urushning borishi to‘g‘risida so‘zlar edi; kimningdir
savoliga javob berib:
– Endi nemisning poshshosi daryo tagiga uy solib kirib
ketganligi masalasiga kelganimizda, – dedi, – men buni gaze-
tada o‘qiganim yo‘q. Agar Gitler shundoq qilgan bo‘lsa, askar-
larimiz orasida suvchi bolalar ham ko‘p, birontasi kirib giribo-
nidan bo‘g‘ib chiqadi... Mana, Nazira xola ham, Shahodat
xola ham kelishdi. Yaxshi bo‘ldi. O‘zim ham sizlarni yig‘ib
ikki og‘iz gaplashmoqchi edim. Gapim shuki, xo‘jaligimizda
paxta ishiga yaraydigan odamlar qanchaligi o‘zlaringga ma’lum.
Shunday cho‘t urib qarasam, paxta ishiga yaraydigan har
bir xo‘jalikning har bir ish soati bir kilogramm paxta ekan.
Shundoq bo‘lgandan keyin odamlarni iloji boricha boshqa
ishlardan bo‘shatib, paxtaga solishimiz kerak bo‘ladi. O‘shanaqa
ishlardan bittasi pilla-qurt. Men beshovlaring qurt tutinglar,
beshta odam bo‘shasin, demoqchi emasman. Hech undoq emas.
Shundoq qilinglarki, paxta ishiga yaraydigan odam biron soat
ham sizlarning qo‘llaringdan keladigan ishga band bo‘lmasin.
Agar sizlar mana shu yo‘l bilan butun bir mavsumda o‘n mehnat
kunini pilladan yulib paxtaga yordam qilsalaring ham harna!
Men sizlar bilan majlis qilib, mana shu masalani o‘rtaga
tashlamoqchi edim. Mana, majlis ochiq. Kim gapiradi?
Hech kimdan sado chiqmadi. Hamma, nechukdir, o‘n-
g‘aysizlanar, qimtinar, yerga qarar edi.
– Xo‘sh, bo‘lmadimi?– dedi rais.
Kampirlar bir-biriga qarashdi va hamma birdan:
– Nega, nega bo‘lmas ekan! – dedi.
– Bo‘lsa nega indamaysizlar? Qani, To‘xta xola, gapiring!
To‘xta xola ro‘molining uchi bilan og‘zini yopib, bo‘zargan
holda avval o‘rtoqlariga, keyin raisga qaradi.
– Endi, o‘g‘lim, dabdurustdan majlis deding... asli shu
gapni avval o‘zaro jo‘n gaplashib, pishitib olsag-u keyin
majlisga solsang bo‘lar edi.


106
To‘xtabuvi hammaning ko‘nglidagi gapni aytdi. Rais bu
suhbatni majlis deb atash bilan kampirlarni qiynab qo‘ygan-
ligini darrov fahmladi-da, kulib, xatosini tuzatdi:
– To‘g‘ri, avval jo‘n gaplashib olaylik. Xo‘p, majlis yopiq.
Gapni bir joyga qo‘yganimizdan keyin ochamiz.
Majlis yopiq deb e’lon qilingandan keyin Roziyabuvi
o‘zidan-o‘zi gap boshladi:
– Qurt tutishda bizning qo‘limizdan keladigan ish ko‘p.
Aytsangiz-aytmasangiz o‘shanaqa ishlarga qarashish bizdan
lozim. Men yana bir narsani o‘ylab qoldim: besh kishi ekanmiz,
beshovimiz bir quti urug‘ olsak nainki eplab boqolmasak?
Boshqalar bir qutini bahuzur eplash mumkin ekanini aytib:
– Qurt ishida ko‘zimiz pishgan, qayta yaxshiroq boqamiz,
og‘ir ishlari bo‘lsa, bizga qarashadigan yosh-yalang topila-
di, – deyishdi.
Rais miyig‘ida kulib:
– Mayli,– dedi.– Agar bir qutini ermak qilamiz, desa-
laring o‘zlaring bilasizlar. Xo‘p, endi shu gap puxta gapmi?
– Puxta gap! – deyishdi.
– Endi majlisni ochsam maylimi? Xo‘p, majlis ochiq.
Beshovlaringni bir zveno deymiz. Zvenoga boshliq kerak
bo‘ladi, kimni saylaysizlar?
Munozara va muzokaralardan keyin zvenoga boshliq qilib
yetmish bir yashar To‘xtabuvi Sarimsoqova saylandi.
Majlis yopildi. Rais ketdi.
Shu kuni kechasi, yotar mahalida, To‘xtabuvini vahima
bosdi: bular-ku hammasi va’da berdi, sayladi, ertaga biri
«Belim og‘riydi», biri «O‘g‘limdan xat kelmayapti, yuragimga
qil sig‘maydi», deb uyiga kirib yotib olsa, nima bo‘ladi?
To‘xtabuvi yugurganicha Nazirbuvinikiga chiqdi. Nazir-
buvi hali uxlamagan ekan.
– Hoy, Nazirbuvi, shu bo‘ladigan ishmi yo raisning
qo‘ynini puch yong‘oqqa to‘ldirib jo‘natdikmi?
– Voy, To‘xtabuvi, nega bo‘lmas ekan? Majlisga soldik-a,
majlis uvol emasmi? Men hali boshqa narsani o‘ylab o‘tirib-
man; beshta nozanindek kampir bo‘lsag-u, bir quti desak
butun tumanga kalaka bo‘lmaymizmi? Bizga nima qipti, nega
ikki quti tutamiz demadik?


107
To‘xtabuvining yuragi dadil bo‘ldi. Nazirbuvining andi-
shasi unga ma’qul tushdi. Ikkovi Shahodatbuvinikiga chiqishdi.
Shahodatbuvi bu gapni eshitib:
– Gap shu ishga qunt qilishda, qunt qiladigan bo‘lsak,
ikki qutisi ham bir-u uch qutisi ham bir, – dedi.
Uchovi Roziyabuvinikiga chiqishdi. Roziyabuvi ko‘n-
gandan keyin, Ortiqjonnikiga borishdi. Ortiqjon o‘sha majlisda
«Uch quti tutish qo‘limizdan keladi», demoqchi ekan-ku,
boshqalardan istihola qilib aytmabdi. Bular uch quti degandan
keyin, u ham bir quti qo‘shdi.
Shunday qilib, uyma-uy yurib qilingan majlisda kampirlar
zvenosi to‘rt quti tutishga qaror qildi va ertalab xo‘jalik
idorasiga chopar yubordi.
Rais ko‘nmabdi: «Hammasi yig‘ilganda bitta shaftoliga tishi
o‘tmaydi-yu, to‘rt quti urug‘ tutar emishmi! Yo‘q, kampir-
larning tovoniga qolaman», debdi. Chopar ham bu gapni
oqizmay-tomizmay kampirlarga yetqazibdi: «Hammalaring
yig‘ilganda bitta shaftoliga tishlaring o‘tmas emish», dedi.
Bu gap kampirlarga nihoyatda alam qildi, ikki kundan
keyin rais kelganda uni o‘rtaga olib shunday qilishdiki, rais
«Tegishgan edim, tavba qildim», deb zo‘rg‘a qutuldi va to‘rt
quti urug‘ni o‘z qo‘li bilan keltirib berdi.
Hademay qurt ko‘m-ko‘k barg ustida o‘rmalab qoldi. Qurt
katta bo‘lgan sayin kampirlarning havasi, g‘ayrati ortar edi. Hech
kimning beli ham og‘rimadi, yuragiga qil sig‘maydigan payti
ham bo‘lmadi, aksincha, hamma sog‘, dimog‘lar chog‘ edi.
Bir kuni rais kelib qurtni ko‘zdan kechirdi-da:
– Yashasin havaskor kampirlarimiz! – deb qichqirdi.
Eshik yonida ikki qo‘lini beliga qo‘yib, kerilib turgan
To‘xtabuvi boshqalarga ko‘z qisib:
– Qani, o‘g‘lim, chamangda normamiz to‘ladimi,
yo‘qmi? – dedi.
– Iye, shunchalik qurt boqasizlar-u, qancha pilla chiqi-
shini bilmaysizlarmi? Har qutidan kamida oltmish kilogramm-
dan olasizlar, – dedi.
Ana xolos, – dedi Ortiqjon, – to‘lmas ekan-da!
– Nega, norma qancha o‘zi? Qirq besh kilogrammi?
Hamma kulib yubordi.
– Unaqa normangni shaftoliga tishi o‘tadigan tamtamlarga
ber. Bizning normamiz har qutidan yetmish-sakson kilogramm!
Rais tilini tishladi.


108
Bir necha kundan keyin qurt nishona berdi. Nishona pilla
beto‘xtov xo‘jalik idorasiga yuborildi. O‘sha kuni kechki payt
rais yetib keldi va eshikdan kirishi bilanoq:
– Onalar, birinchi terimni olgan kunlaring bitta semiz
qo‘y sizlarniki, men tumandan so‘radim, hali hech qaysi
xo‘jalikning qurti nishona bergani yo‘q! – dedi.
Kampirlar uchun bu xabar yangilik edi.
– Undoq bo‘lsa, sen bizdan bitta qo‘y bilan qutulmay-
san,– dedi To‘xtabuvi,– birinchi terimni olib topshirgan
kunimiz Toshkentga sim qoqasan, aytasanki... Nima desang
o‘zing bilasan. Bugun seshanba, yakshanba kuni birinchi
terimni topshiramiz.
Uch kun bo‘yi zveno qurtning tepasidan nari ketmadi.
Qani endi bu qurt o‘lgur tez-tez o‘ray qolsa!
Rais har kuni tumanga telefon qilib turdi – yo‘q,
xotirjamlik – tumanda hech kim pilla topshirgani yo‘q.
Nihoyat to‘rtinchi kuni ertalab zveno har uydan savat-
savat pilla olib chiqa boshladi. Rais o‘sha kuni, tumanda
birinchi bo‘lib, yigirma besh kilo pilla topshirdi va kampirlarga
bergan va’dasiga muvofiq Toshkentga «sim qoqdi».
Zveno raisning Toshkentga sim qoqqani to‘g‘risida xabar
kutib To‘xtabuvining uyida o‘tirar edi. Birdan Roziyabuvi
yugurganicha kirib keldi.
– Turinglar! Turinglar! O‘tirasizlarmi! Radio gapirdi, ham-
mamizning otimizni aytdi. Askar oilalaridan To‘xtabuvi,
Nazirbuvi, Ortiqjon... Hammamizni aytdi.
– Nima dedi?
– Bilmayman, chamamda, sim qoqdi, – dedi.
To‘g‘ri, rais telefon qilgandan keyin Toshkent radiosining
olg‘irlari bu xabarni kechki so‘nggi axborotda berishgan edi.
Hamma ko‘chaga chiqdi. Ko‘chaning u boshida rais katta-
kon semiz qo‘yning quyrug‘iga arqon solib sudrab kelmoqda
edi.
1945-yil


109

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   39




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə