Abdulla Qahhor



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə14/39
tarix24.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#160527
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   39
Abdulla Qahhor. Anor [@kitoblar pdf]

1935-vil


92
ASROR BOBO
Ultarmalik Asrorqul Haydar otaning qadrdon oshnasi
bo‘ladi.
Oq poshsho mardikor olgan yili bir kuni kechqurun Haydar
ota Usta Mo‘minning do‘koniga chiqsa, bir begona kishi
dam bosib o‘tiribdi, surishtirsa, «ultarmalik qochoq», deyishdi.
Shundan uch-to‘rt oy burun Ultarmada g‘ulu chiqdi,
«Shahardan soldat kelib ancha odamni haydab ketdi, bularni
guberning o‘zi so‘roq qilar emish», degan gap tarqalgan edi.
Bu odam o‘sha vaqtda qochib qolganlardan biri – Asror-
qul degan tegirmonchi ekan.
Olomon bir nimaga qasd qilib to‘lishib turganda bir og‘iz
gap kifoya qiladi. Asrorqul o‘shanda olomonni yorib chiqib,
«Oq poshshoning devori yiqilgan bo‘lsa, o‘zining yurtidan
mardikor olsin, biz bormaymiz», debdi. Shundan keyin olomon
xuruj qilib mingboshining uyiga boribdi. Mingboshi qochibdi.
Shahardan soldat chiqibdi... Asrorqul o‘shandan beri qish-
loqma-qishloq qochib yurar ekan.
Usta Mo‘min yolg‘iz qo‘l bir kosib edi. Asrorqul uning damini
bosib, bo‘lak ishlarga qarashib, do‘konida yotib yurdi. Bu odam
o‘zi o‘ttiz beshlarga borib qolgan bo‘lsa ham bola-chaqa
qilolmagan, otasidan qolgan meros – tegirmonini aylantirib, kunini
o‘tkazib yurgan ekan. Keyinchalik Haydar ota ikkovi oshna bo‘lib
qoldi. Haydar ota ba’zan kechalari uning oldiga kirib birpas-
yarimpas gaplashib o‘tiradigan bo‘ldi. Shunda Asrorqul tegirmoni
to‘g‘risida gapirib xafa bo‘laverganidan keyin Haydar ota bir
kuni Ultarmaga borib, tegirmondan xabar oldi. Asrorqul
qochgandan keyin Ultarmaning amini tegirmonni «poshsholik
bo‘ldi» deb o‘ziniki qilib olgan ekan.
Oradan bir necha oy o‘tib, bir kuni Haydar ota shaharga
borgan edi «oq poshsho taxtdan tushdi» degan gapni eshitib
qoldi. «Undoq bo‘lsa, tezroq borib Asrorquldan suyunchi
olay», – deb kelsa, Asrorqul bu xabarni allaqachon eshitib,
Ultarmaga jo‘nabdi. Lekin ikki haftadan keyin bo‘shash-
ganicha qaytib keldi. Haydar ota «Ha?» desa, «oq poshsho
taxtdan tushgani bilan, oq amin aminligidan tushmapti», dedi.
Petrogradda, Toshkentda, Qo‘qonda urushlar bo‘lib, «oq
aminlar» aminligidan tushgandan keyin ham Asrorqul Ultar-


93
maga borolmay yurdi, sababki, bu tegirmonidan, qishlog‘idan
ko‘ngil uzganidan keyin Haydar ota bosh bo‘lib bir beva
xotinga uylantirib qo‘ydi. Asrorqul farzand ko‘rdi. Usta Mo‘-
min, rahmatlik, xat bilar edi, kitob ko‘rib, bolaning otini
Yodgor qo‘ydi. «O‘z yurtingda qochoq bo‘lib yurgan kun-
laringdan yodgor bo‘lsin», dedi.
Shunaqa qilib Asrorqul bir necha yil shu yerda turib, yurt
tinchigandan keyin bola-chaqasi bilan Ultarmaga ko‘chib
ketdi; tegirmoni buzilib ketgan ekan, tuzatdi; xo‘jalikka shu
tegirmoni bilan kirdi.
Ultarma bu yerga xiyla olis bo‘lsa ham, bu ikki oshna
bordi-keldi qilib turishar edi. Asrorqulning o‘sha o‘g‘li Yod-
gorboy askarlikni bitirib kelganda, Haydar otaning jiyaniga
bo‘lishamiz, deb turishgan edi, mana bu urush chiqdi-yu,
to‘y keyinga qoldi.
Shu bu yil to‘qqizinchi sanada mana shu Asrorquldan
Haydar otaga xat keldi. Xat mujmalroq: Asrorqul undan xafa-
mi, nima balo... Bir gap bor! Haydar ota har nima bo‘lsa
ham borib ko‘rib kelay, deb yo‘lga chiqdi.
Haydar ota Ultarmaga xuftondan keyin yetdi. Asrorqul
samovarda ekan, uni kichik o‘g‘li Abror qarshi oldi. Kampir
bechora bemahal bo‘lsa ham qozon osdi. Haydar ota undan
Yodgorboyni so‘rab:
– Xat kelib turibdimi? – degan edi, kampir, o‘zi to‘lib
turgan ekan, ko‘z yoshi qildi.
– O‘rtog‘ingiz boshimga bitgan bir balo bo‘ldi. Yodgordan
kelgan xatlarni menga bermaydi, Abrorga ham ko‘rsatmaydi;
xat kelmay qo‘ygan bo‘lsa, uni aytmaydi. O‘zining ahvoli
bu: qarigan chog‘ida buzilib, samovardan beri kelmaydi –
samovarchilik qiladi. Avvallari bu ish hammaga biram erish
ko‘rindi, biram g‘alati tuyuldiki, bolam bechora Abror no-
muslarga o‘ldi. Bilmagan odam nima deydi? O‘g‘li boqol-
mapti, kuni o‘tmapti, deydi-ya! Raisga aytdik, jamoaga o‘zim
bordim – bo‘lmadi: «Kim samovarchilik qilishimga to‘sqinlik
qiladigan bo‘lsa, mening dushmanim bo‘ladi, tumanga
ma’lum qilaman», depti. Xayriyat, shu to‘g‘rida rais bilan
san-manga borib uning ustidan tumanga arz qildi-yu, gap
nima, so‘z nima ekan hammaga ayon bo‘ldi.


94
– Samovarchilikka yarayaptimi, axir?
– Ha, baloday... Hassasiz yuradi...
Shu paytda Asrorqulning o‘zi kelib qoldi. Haydar ota uni
dabdurustdan tanimadi. Uning tetikligi, shaxdam qadam
tashlashi yosh bolaga chiqqan soqolday kishining kulgisini
qistatar edi; lekin xo‘p ozibdi, qorayib ketibdi, shuni o‘zi
ham bilar ekan shekilli, oldini olib:
– Ozibmanmi, qorayibmanmi? – dedi.
– Yo‘q, juda joyida... Mayiz bo‘libsan... Xo‘sh,
Yodgorboydan xat kelib turibdimi?
– Har xatida seni so‘raydi... O‘g‘lim, Abror, bitta chilim sol!
Asrorqul ilgari chilim chekmas edi. Haydar ota shuni so‘ray
deb endi og‘iz rostlagan edi, kampirga ko‘zi tushib qoldi.
Kampir o‘choqdan cho‘g‘ olayotgan Abrorning panasiga o‘tib,
«Ayting, xatni ko‘rsatsin», deb ishora qildi. Haydar ota unga
sekin bosh irg‘itib:
– Ha, ishqilib boshi toshdan bo‘lsin. Qani, bironta xatini
o‘qiylik, bo‘lmasa, – dedi.
– Do‘konda, hamma xati samovarda.
Kampir juda to‘lib qolgan ekan, toqat qilolmadi:
– Birontasini ko‘rsatsangiz o‘lasizmi? Hammaning
yuragini qon qildingiz-ku? – dedi.
– Yaxshi xat yozsa ham yig‘laysan, yomon xat yozsa
ham yig‘laysan, nima qilaman ko‘rsatib?
– Yig‘lasam, ko‘z yoshini sizdan qarz olmayman.
Kampir yig‘lab yuborgan edi, Asrorqulning achchig‘i keldi.
– Tag‘in!.. Ammo-lekin, xo‘p kaltakbop xotin bo‘libsan-
da! Burungi zamon bo‘lsa, bironta qovurg‘angni butun qo‘y-
mas edim!..
– Mana, uring, sindiring qovurg‘amni! Qo‘rqmay qo‘ya
qoling, arz qilmayman.
– Arz qilishingdan qo‘rqmayman, xotin urgani nomus
qilaman!
Asrorqul chilimni shunday qattiq tortdiki, sarxonadan
alanga ko‘tarildi; avzoyidan hozir kampirni xafa qiladigan
ko‘rinib qoldi. Haydar ota sal bosarmikinman deb:
– Qo‘y endi, ozor berma, ko‘ngli yarimta, – degan edi,
Asrorqul qayta avj oldi:


95
– Ko‘ngli yarimta bo‘lsa, miyasi ham yarimtami? Uyingni
o‘g‘ri bossa, o‘g‘lingni sandiqqa solib qo‘yib, qo‘shnini
chaqirmaysan. Hammaning ham farzandi o‘ziga aziz.
– Aziz ekanligini bilsangiz bo‘pti-da! Bolamni sog‘inaman,
sog‘inganimdan keyin yig‘layman...– dedi kampir kuyunib.
– Mayli, yig‘la, yig‘i gohida xafalikni yozadi, lekin hamma
qatori yig‘lagin-da.
– Hamma qanaqa yig‘lar ekan?
– Hamma qo‘li bo‘shaganda yig‘laydi, sen yig‘idan
bo‘shamaysan. Na o‘zingga qaraysan, na uyga. Chirog‘ning
shishasini qara!.. Qishloqda hech kimning uyida pashsha yo‘q,
biznikida kechasi ham burun talashadi.
– Yuragimga sig‘maydi, sig‘maydi yuragimga hech narsa!
– Barakalla!.. Yodgorboyga shunaqa mehribonman degin?
Beri kel, o‘tir. Ma, bir piyola choy ich, ko‘z yoshi bo‘ladi...
Shunaqa mehribonman degin? Abror, o‘g‘lim, ana u behining
kallagiga gazeta qistirib qo‘ygan edim, shuni olib kel. Bara-
kallo...Xo‘sh, shunaqa mehribon bo‘lsang, mana bunga quloq
sol: «...Shu vaqt ichida, ya’ni ikki yillik urushda Itfoqning ko‘rgan
talofati 35 ming zambarak, 30 ming tank, 23 ming samolyotdan
iborat». Tushundingmi? Boshqasini qo‘y, nobud bo‘lgan
zambarak shuncha bo‘lsa, hammasi qancha ekan? Shuncha
zambarak bir kunda qancha o‘q chiqaradi deb o‘ylaysan?
Shuncha o‘qni kim yetkazib berib turadi? O‘sha Yodgorboyga
o‘xshagan askar bolalarning ota-onalari, aka-ukalari, opa-
singillari, xotinlarimi? Yodgorboyga o‘xshagan askar bolalarning
ustiga dushman 100–200 samolyotni birdan yuboradi. Dushman
samolyotlarini daf qiladigan ko‘p va zo‘r samolyotlarni kim
yasab berib turadi? Yana o‘sha ota-onalar, aka-ukalarmi?
Shularni ham mehri muhabbati bordir. Shular ham sog‘inishar
deyman? Yo senchalik sog‘inishmasmikin? Senchalik sog‘inishadi,
lekin senga o‘xshab sog‘inishmaydi! Bularning yuragiga hamma
narsa sig‘adi! Durust, sen samolyot yasolmaysan, ketmon
chopolmaysan... lekin qilaman desang, qo‘lingdan ish keladi.
Sening ko‘kragingda o‘t bor, soch shu o‘tni, ho‘l-u quruq baravar
yonsin. Bizni hamma narsadan benasib qilmoqchi bo‘lgan Gitler
hozir ham ancha narsadan mahrum qildi. Qani ilgarigi qishloq?
Hozirgacha ham yonmagan yurak bo‘lsa mana shuni eslatishing
bilan alanga oladi. Alanga oldir, yondir! Shunda farzand dog‘iga
qolgan gitlerchilar ko‘payadi, yaxshi bo‘ladi...


96
Asrorqulning tovushi o‘zgardi. U irg‘ib o‘rnidan turdi-yu,
chilimni ko‘tarib o‘choq boshiga qarab ketdi. Haydar ota
bildiki, uning o‘pkasi to‘ldi. Buni kampir ham payqadimikin,
deb sekin razm solsa, payqabdi; payqabdi-yu, aftidan,
ko‘ngliga g‘ulg‘ula tushibdi. Haydar ota buni uning «qilt»
etib yutunganidan bildi. Bu orada Asrorqul chilimni chekib
bo‘lib, kampirni chaqirdi.
– Qani, kel endi, oshingni suz! – dedi. Keyin tegishdi,–
o‘zim suzib bera qolaymi? O‘tirishingdan oshni og‘zingga
solib, jag‘ingni qimirlatib qo‘ymasam, chaynamaydiganga
o‘xshaysan...
Kampir yalt etib Haydar otaga qaradi, shu qarashi bilan
«hazillashayotibdi, xayriyat» deganday bo‘ldi.
Asrorqul kelib o‘tirdi. Uning chakka tomirlari chiqqan,
nafas olishi bejo edi.
– Ha? – dedi Haydar ota.
– Hech... chilim eltgandir.
Haydar ota ichida «himm...» dedi-yu, bo‘lak gap so‘ra-
madi. Shundan keyin kampirning «Yodgorboydan kelgan
xatlarni bizga ko‘rsatmaydi», deganiga o‘zicha ma’no berdi.
Osh ustida gapni yana Asrorqulning o‘zi boshladi:
– Urushdan yarador bo‘lib kelgan Sodiqjon degan yigit
o‘tgan juma kuni samovarga kelib, urushda ko‘rganlaridan
ancha gapirib berdi.
Kampir urushdan kelgan kishining daragini eshitib, betoqat
bo‘lib qoldi...
– Nima deydi Sodiqjon?
– Olaver, olaver, aytib beraman! Choydan quy... Shu
Sodiqjon bir yigitning qanday o‘lganini aytib berdi. Qattiq
bir jangdan keyin bular o‘n to‘rt kishi nima bo‘lib boshqa-
lardan ajralib qolishibdi; ikki kecha-yu ikki kunduz o‘rmonma-
o‘rmon yo‘l yurib, kichkina bir qo‘rg‘onchaga duch kelishibdi.
Bu qo‘rg‘onchada nemislar bormi, o‘zimiznikilar bormi –
bilib bo‘lmabdi. «Shuning uchun, – deydi Sodiqjon, – biz,
ikki kishi, oldin borib bilib keladigan bo‘ldik. Menga
Og‘abekov degan yosh, nihoyatda chiroyli bir armani yigit
hamroh bo‘ldi». Bu yigit yo‘lda Sodiqjonga xotinidan kelgan
xatni, xotini bilan bolasining suratini ko‘rsatibdi, hasrat qilibdi.
«Ekin oralab borayotgan edik,– deydi Sodiqjon,– katta yo‘lga


97
chiqib shunday qarasak, yo‘lning chetida ag‘anab yotgan bir
avtomobilning yonida uchta nemis o‘tiribdi. Darrov yotib
oldik». Sodiqjon avtomatini to‘g‘rilab, tepkisini bosay degan-
da, haligi yigit qo‘lini mahkam ushlabdi: «Shoshma,– der
emish,– xat o‘qiyotibdi. Xotinidan kelgandir, bolasidan kel-
gandir...» «Men, – deydi Sodiqjon,– uning gapiga quloq
solmasdan tepkini bosdim, lekin sal hayallabman: uchchala
nemis yiqilgandan keyin yonimga qarasam, Og‘abekov qip-
qizil qonga belanlib yotibdi». Sodiqjon ko‘tarib qarasa, hali
joni chiqmagan ekan, ko‘zini ochibdi.
U yigitning bekorga nobud bo‘lgani kampirga xo‘p alam
qildi. U avval nemisni qarg‘adi, keyin yigitdan koyindi:
– Axir, seni bola-chaqangdan ayirgan-ku shu qurib
ketgurlar edi, uni otaman degan kishining nega qo‘lini tutasan!
Xat o‘qiyotibdi emish-a! Bola-chaqasi bilan qo‘shmozor
bo‘lmaydimi!.. O‘ziga-o‘zi qilibdi-da.
– Ha, Sodiqjon ham shuni aytmoqchi bo‘lgan ekan-u,
aytmabdi. Yigit sho‘rlik jon berayotganida o‘zi iqror bo‘libdi:
«Bola-chaqangni yaxshi ko‘rsang, bola-chaqang to‘g‘risida
o‘ylama», debdi. «Shu gap,– deydi Sodiqjon,– keyinchalik
jangchilar orasida maqol bo‘lib ketdi»... Shunaqa, ko‘ngilni
o‘z ixtiyoriga qo‘yib berish urushda, urushdagina emas, shu
yerda ham kishini g‘aflatga soladi. Aql, fahm-farosat bilan
ko‘ngilni yo‘lga solib turish kerak. Aql-u ko‘nglini yo‘lga
sololmaydigan kishi buzoq ma’rasa ham uh tortaveradi,
sababki, buzoqning ma’ragani – yig‘lagani bo‘ladi... Abror,
qo‘lga suv ol, o‘g‘lim!
Kampir joy solayotib Haydar otaga yana «ayting, xatni
bersin», deb imladi. Haydar ota ham unga imo bilan «Samo-
varda ekan, ertaga o‘zim olib kelaman», dedi.
Asrorqul erta bilan barvaqt turib ketdi. Haydar otani
«Tushga yaqin tegirmon boshiga chiqib borsin», deb kampirga
tayinlabdi.
Tegirmon Sho‘xsoyning bo‘yida edi. Haydar ota shu baho-
na bilan u yoq-bu yoqni ham ko‘ray deb, aylanishroq bo‘lsa
ham bozor boshidan yurdi.
Urush boshlangan yili bahorda ikki oshna mana shu bozor
boshidagi maktabda o‘qishgan edi. Hordiq kunlari shahardan
chiqadigan avtomobil shu yerda kino qo‘yib berar edi. Haydar


98
ota qarasa, shu yalanglikka yantoq bosib qo‘yishibdi. «Ha,
hozir kartina qoldimi, – dedi Haydar ota o‘zicha, – biz
o‘qigan yillari o‘yin-kulgi qilib qishloqni boshiga ko‘targan
yoshlar qayerda?»
Haydar ota shu o‘y bilan tegirmon boshiga yetganini ham
bilmay qoldi. Soy bo‘yida behisob daraxtlar orasiga ko‘milgan
tegirmon guvillar edi.
Asrorqul samovarni juda bahavo joyga qilgan edi. Ikki
tom bo‘y pastda Sho‘xsoy shovillaydi. Tegirmonni ko‘mib
yotgan daraxtzor pastda xuddi samovarning sahnidagi gulzorga
o‘xshar edi. Tepalikdagi chinor, ikki tup sadaqayrag‘och to‘rt-
besh kishilik talay supalarga soya solib turardi. Supalarning
oralariga, atrofiga anvoyi gullar ekilgan.
Haydar ota bir tup sadarayhonga qo‘l urib iskadi, so‘ngra
shoxidan sindirayotgan edi, kimdir «hay, hay!» dedi. Haydar
ota orqasiga qaradi. Shiyponda Asrorqul kulib turar edi.
– Ammo-lekin, Asrorqul, baraka top! – dedi Haydar ota
rayhonni chakkasiga taqib. – Umringda samovarning jo‘mragini
ushlamagan bo‘lsang ham, ko‘p to‘qim tabiat samovarchilarga
ibrat bo‘ladigan ish qilibsan. Lekin choyxo‘r yo‘q-ku?
– Choyxo‘r kechqurun keladi... Kel, o‘tir.
– Sen kampirga tayinlaganing uchun kelganim yo‘q,
o‘zimcha keldim. Sendan ikki narsani so‘ramoqchi bo‘ldim.
Bittasi shuki, nega birdan samovarchilikni ixtiyor qilib, shu
tufayli raislar bilan urishding, demoqchi edim, endi mana bu
samovaringni ko‘rganimdan keyin, samovarga muncha ishqing
tushib qoldi, desam to‘g‘ri keladi.
– Samovar senga yoqdimi, axir!
– Yoqdi!
Asrorqul soyning narigi yuzida otliq kelayotgan bir bolaga
qarab qo‘l silkidi. Bola ham qo‘li bilan «yo‘q» deb ishora
qildi. Haydar ota Asrorqulning tajang bo‘lganini payqab:
– Qanaqa bola u? – dedi.
– Shogirdim. Beshserkaga yuborgan edim. Beshserkalik
Abdumajid degan yigit urushdan yarador bo‘lib kelgan. Shu
yigitni yaqin o‘n besh kundan beri olib kelolmayman. Ikki
martaba odam yuborganimda xotini unamabdi, hali darmonga
kirgani yo‘q, uzlukadi, debdi. Uylanganiga yigirma olti kun
bo‘lganda askarlikka ketib qolgan ekan... Bilmadim, bugun
nima vaj qildi ekan.


99
Haydar ota tushunolmay:
– Nima qilarding uni, biron gaping bormidi? – deb
so‘radi.
– Yo‘q, uning menga, mening choyxo‘rlarimga gapi bor...
Rahmatlik Usta Mo‘minga kechalari jangnoma o‘qitib
eshitganlarimiz esingda bormi? O‘sha hazilakam urushlar
to‘g‘risida lof-qof urilib yozilgan jangnomaga shuncha qiziqar
edik. Mana bu, butun yer yuzini titratayotgan urush to‘g‘risi-
dagi jangnoma qiziq emasmi? Urushga borib kelgan mana
shunday yigitlarning har qaysisi bir jangnoma. Shuning uchun
tumanimizning qayeriga urushdan birov kelsa darrov darak
topaman, oldirib kelaman.
Bu orada haligi bola ko‘prikdan o‘tib otni soy bo‘yiga
bog‘ladi va o‘zi yuqoriga chiqib keldi. U, Haydar ota bilan
so‘rashdi, so‘ngra Asrorqulga xat berdi. Asrorqul xatni tovush
chiqarib o‘qidi:
«Hurmatli Asrorqul ota!
Kecha o‘zim bormoqchi edim, shahardan mehmonlar
kelib qolishdi. Biz bugun Qorashaharga bormoqchimiz. Ertaga
kechqurun mehmonlar bilan birlikda xizmatingizda bo‘lamiz.
O‘g‘lingiz 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   39




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə