Abdulla Qahhor



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə15/39
tarix24.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#160527
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   39
Abdulla Qahhor. Anor [@kitoblar pdf]

Abdumajid».
Asrorqul xatni o‘qib bo‘g‘ildi.
– Mehmonlari bilan kelaversa bo‘lmas ekanmi? Bu bola
meni ertaga ham aldaydi. Qorashaharda nima qilar ekan?
Endi o‘zim bormasam bo‘lmaydi! Siz, o‘g‘lim, gazet-pazetin-
gizni ko‘rib, kechqurunning g‘amini yeng. Haydar, birga borib
kelamizmi, otliq bir yarim soatlik yo‘l.
Haydar ota ko‘nmagandan keyin Asrorqul otlanib jo‘nadi.
U, ko‘prikdan o‘tib, katta yo‘lga chiqqanidan so‘ng otga
qamchi berdi va hayal o‘tmay jilg‘aga kirib ko‘zdan yo‘qoldi.
Haydar ota uning ketida qolib asta-sekin yelib yurgan sarg‘im-
tir changga qaraganicha xomush qolgan edi, bola:
– Asli borsangiz bo‘lar edi, ota, Beshserka ham yaxshi
joy,– dedi.
– Siz beshserkalikmi?
– Yo‘q. Shu yerlik, ultarmalik.
– Ota-onangiz bormi?


100
– Bor. Otam Eronda, komandir.
– O‘qiysizmi?
– Urushdan keyin Moskvaga borib agronomlikka o‘qiy-
man. Hozir otaga qarashib turibman: choyxo‘rlarga gazeta,
kitob o‘qib beraman. Siz otaning o‘rtoqlari Haydar otasiz-
da? Sizning to‘g‘ringizda ota bir gapirib bergan edilar, maj-
lisda.
Haydar ota xijolat bo‘ldi: Asrorqul uning to‘g‘risida nima
deb gapirishi mumkin? Buni boladan so‘ragani o‘ng‘aysizlanib:
– Asrorqul majlisda gapira oladimi? – dedi.
– E-ha!.. – dedi bola.– Bultur rais yengil ishlarga yaray-
digan qariyalarni ro‘yxat qilganida otani yozmagan ekan,
ota ro‘yxatga kirmay qolgan chollarni yig‘ib majlis qildi. Ota
majlisda birinchi so‘zga chiqishi ekan. Gapni nimadan bosh-
ladi deng: «Hozirgi vaqtda anchayin bir traktorning g‘ildiragi
tomorqada zang bosib yotsa ham odamning g‘ashi keladi.
Rais hech ishga yaramaysan desa, yaramas ekanman deb,
kurk tovuqqa o‘xshab yuraverasanmi hammang?» Shu majlis-
dayoq haligi chollar frontcha ishlaydigan yoshlar brigadalariga
birikib oldi. Otaning o‘zi samovarni jo‘nashtirib yuborganidan
keyin ko‘p ish qildi. Ilg‘or brigadalarning tuman yig‘inida
hokimning kotibi otaga katta baho berdi: «Asrorqul ota tuma-
nimizda eng zo‘r tashviqotchi... Ota shu yerda turib Berlinga
o‘t qo‘yayotibdi», – dedi.
Shu paytda Asrorqulning kichik o‘g‘li Abror kelib otasini
so‘radi va uyga mehmonlar kelganidan xabar berdi. Uning
aytishiga qaraganda, kelgan mehmonlar o‘sha Abdumajid va
shahardan chiqqan kishilarga o‘xshar edi. Haydar ota asta
tushib bordi. Yo‘lakda kampirga yo‘liqdi. Kampir imo bilan
Asrorqulni so‘radi. Uning harakati Haydar otaga g‘alati
tuyulib, yuziga tikildi. Kampirning rangi oqargan, ko‘z atrofi
qizargan, lablari pirpirab uchar edi. Haydar ota to‘xtadi.
– Asrorqul Beshserkaga ketgan edi. Ha, nima bo‘ldi?
Kampir doka ro‘molining uchini labiga bosib, yerga qaradi
va sekin:
– Abdumajidlar keldi,– dedi.
– Nima gap?
– O‘rtog‘ingizga aytmang...
– Nimani?


101
Kampir tovush chiqarmay kuyinib yig‘ladi. Haydar ota
undan javob ololmasligiga ko‘zi yetib, shoshganicha ichkariga
kirdi. Supada o‘tirgan uch mehmon turib, xuddi bu yerda
og‘ir kasal yotganday, Haydar ota bilan pichirlashib so‘rashdi.
Haydar otaning diqqati harbiy kiyim kiygan yosh yigitga
jalb bo‘ldi. U haddan tashqari qizargan, o‘zini qayerga
qo‘yishni bilmayotganga o‘xshar edi.
– Abdumajid siz bo‘lasizmi, o‘g‘lim?– dedi Haydar ota.–
Siz ertaga boramiz, deb xat qilgan ekansiz, Asrorqul siz bilan
gaplashgani o‘zi ketgan edi.
– Shundoqmi? Ovora bo‘libdilar-da. Qorashaharga
ketayotgan edik, mehmonlar otani ko‘rib o‘taylik deyishdi.
Haydar ota ariq bo‘yida yuzini yuvayotgan kampirga
qaragan edi, Abdumajid yana ham qizarib Haydar otaga sekin:
Juda katta befahmlik qildim-da,– dedi.
– Nima gap?
– Yodgorboyning... nobud bo‘lganidan bular bexabar
ekan, to‘g‘ri kelib kampirdan ko‘ngil so‘rabman...
Haydar otaning yuragi orziqib, tiligacha muzlab ketdi.
U nima deyishini bilmasdan, anchadan keyin:
– Shu aniq gapmi?– dedi.
Abdumajid uning savoliga javob berish o‘rniga:
– Endi bo‘lar ish bo‘ldi, Asrorqul otaga aytmang. Kam-
pirning ham xohishi shu. Ota qarib qolgan, ko‘tarolmaydi, –
dedi.
Kampir kelib supaning labiga o‘tirdi. Jimlik cho‘kdi.
Anchadan keyin kampir gap boshladi:
– Asrorqul otangizga qancha ozor berdim... Xat kelmay
qo‘ygani uchun shunaqa qilib yurgan ekan.
Mehmonlar garchi bunday vaqtda kishiga hech qanday
so‘z tasalli bera olmasligini bilishsa ham, kampirga tasalli
bergan bo‘lib qo‘zg‘alishdi. Abdumajid yo‘lakay otaning
samovarini ko‘rib o‘tish to‘g‘risida shaharlik mehmonlarning
xohishini so‘ragan edi, ular mamnuniyat bilan qabul qilishdi.
Haydar ota ularni samovarga boshlab bordi.
Mehmonlar jo‘nab, oradan sal vaqt o‘tmay Asrorqul keldi.
Haydar ota uni ochiq chehra bilan qarshi olishga harchand
urinsa ham, Asrorqul ziyraklik qilib:
– Ha, zerikkanga o‘xshaysan-ku,– dedi.
– Yo‘q... Mehmon kelgan edi.


102
– Yo‘lda ko‘rdim. Ertaga aniq kelishadi. Endi hovliga
boraylik.
Haydar ota kampirning iroda kuchiga ishonolmas, shuning
uchun hozir Asrorqulning unga ro‘para bo‘lishini istamas edi;
yo‘l qildi.
– Mana shu supaga joy qil, birpas o‘tiraylik... Agar birov
menga «qolgan umringni dunyoni sayohat qilib o‘tkazasanmi,
yo shu supada o‘tirib o‘tkazasanmi?» desa, hech o‘ylab
o‘tirmasdan shu supani bera qol, der edim.
Bu gap Asrorqulga juda yoqdi. U, atrofga suv sepib, supaga
joy qildi.
– Mana, yonboshla! Supaga bunchalik ishqing tushgan
bo‘lsa, ovqat bo‘lguncha shu yerda o‘tiramiz... Ha, aytganday,
samovarga buncha ishqing tushdi, degan eding, javob
bermabman.
– Endi javob bermasang ham mayliga. Bilaman.
– Nima uchun ishqim tushganligini bildingmi?
– Bildim. Bu gulzor ko‘kragingda yongan o‘tdan bino
bo‘lgan ekan. Men bekorchi – takasaltangni so‘k! So‘k meni,
kurk tovuq degin!
Asrorqul qah-qah urib kuldi.
– Mendan ikki narsani so‘ramoqchi bo‘lgan eding,
ikkinchisi nima edi?
Haydar ota unga «men sendan ikki narsani so‘ramoqchi
bo‘lib keldim», deganida Yodgorboydan kelgan xatlarni ko‘z-
da tutgan edi, hozir nima deyishini bilmay, shoshib qoldi.
– Ikkinchisi, endi, o‘zing bilasan... Yodgorboydan xat
kelmay turgan bo‘lsa, kampirni shunaqa ovuntirib turganing
ham tuzuk... kelib qolar.
Asrorqul uzoqdagi ko‘m-ko‘k adirlarga soya solib turgan
oppoq bulut parchalariga qarab jim qoldi; anchadan keyin
chilim solib chekdi.
– Qanchadan beri xat kelmaydi? – dedi Haydar ota.
– Anchadan beri.
Haydar ota yer ostidan uning yuziga qaradi; nazarida
Asrorqul yana ham qoraygan va hozir vujudidan tutun chiqib
ketayotganday ko‘rindi.
– Kelib qolar, do‘stim, har xil xayollarga borma.


103
Asrorqulning ko‘z atrofi qizarib, yuzida soxta tabassum
aks etdi.
– Nima xayolga borar edim? Yodgorboy ovga borgani
yo‘q, urushga borgan!.. Kampirga bildirmasang, rostini
aytaman. Kampirga aytma, ko‘tarolmaydi... Qoraxat kelgan!
Haydar ota kampirning eshitganligini aytishini ham bilmay,
aytmasligini ham bilmay, bir lahza o‘ylanib qolgan edi, Asrorqul:
– Ha, eshitganmiding?– dedi.
Haydar ota birining bilganligini ikkinchisidan yashirishga
qaror berdi, chunki birining qayg‘usi ikkinchisining qayg‘usiga
qayg‘u qo‘shuviga ko‘zi yetib qoldi.
– Qishloqda eshitgan edim, lekin ishonmagan edim. Shu
aniqmi?
Asrorqul javob bermay qoshini siladi.
– Bardosh qil, do‘stim, xafa bo‘lganing bilan, yig‘lagan
bilan bo‘lmaydi,– dedi Haydar ota.
– Men yig‘lamayman! To o‘g‘limning go‘rini quchoqlab,
tuprog‘ini yuzimga surtmagunimcha ko‘zimdan yosh chiq-
maydi...
Abror ovqatga aytgani keldi. Uni ko‘rib, Asrorqulning
chehrasi darrov o‘zgardi va uyga borguncha musibatdan asar
qolmadi.
Kampir odatdagidan chaqqonroq harakat qilar va mumkin
qadar so‘zlashga tirishar edi. Asrorqul sochiqqa qo‘lini arta-
yotib unga razm soldi va kulib:
– E, qo‘zichog‘im, yana yig‘labsiz-da,– dedi.
Kampirning yuzida kulgiga o‘xshagan bir nima aks etdi,
lekin darrov yuzini burib, kapkir bilan qozonni qirar ekan,
jerkib:
– Hadeb yig‘i to‘g‘risida gapirmang!– dedi.
Lekin ovqatni keltirganida uning ko‘zida yosh aylanar
edi; ovqatni o‘rtaga qo‘yib ko‘zini artdi.
– Qurib ketgur shu o‘tinning tutuni biram achchiq ekanki!
– O‘tir, – dedi Asrorqul turpdan bir bo‘lagini og‘ziga
solib,– achchiq tutunni biz ko‘rganimiz yo‘q, achchiq tutun
urush bo‘layotgan joylarda.
Ovqat mahalida kampir juda betoqat bo‘lib o‘tirdi; bir
martaba ichidan yig‘i to‘lqinlanib kelganda o‘zini tutish uchun
Asrorqulga xarxasha qildi:


104
– Muncha kurt-kurt qilib chaynaysiz!
– Turup shunaqa bo‘ladi-da, jonidan.
– Qayoqda, yumshoq non yesangiz ham beda yegan otga
o‘xshab chaynaysiz!
– Yuragingni keng qil.
– Nima qilibdi yuragimga? Menga o‘xshab ertadan-
kechgacha uyda o‘tiring-chi!
Haydar ota aralashdi:
– Kelin rost aytadilar... Menga qarang, kelin, o‘rtog‘ingiz
menga sizni olib kelishni juda tayinlagan. Men bu yerda
uch-to‘rt kun turadigan bo‘lib qoldim. Sizni ertagayoq eltib
qo‘yaymi? Nima deding, Asrorqul?
Chol-kampir bir-biriga yalt etib qaradi. Bu qarashda har
ikkisining ham ko‘nglidan bir gap o‘tdi: «Men yo‘g‘imda bu
xabarni eshitsang, yolg‘izlik qilib qolmasmikinsan?»
Haydar ota ikkovini avrab shunga ko‘ndirdi va ertalab
kampirni eltib qo‘yadigan bo‘ldi. Ertalab arava kelganda kam-
pir Haydar otani bir chetga tortib:
– Inim, – dedi, – o‘rtog‘ingizni yolg‘iz tashlab ketgani
asti ko‘nglim bo‘lmayapti?
– Sizni Abror eltib qo‘ysinmi?
– Abrorning ishi bor. O‘zim ishga yaramay, shu mahalda
yana birovni ishdan qo‘yaymi! Otning tizginiga arqon ulab
beringlar, o‘zim haydab ketaveraman. Aravani pochtaning
odamidah berib yuboraman.
Asrorqul bunga rozi bo‘lmasa ham kampirning ra’yini
qaytargani botinolmadi.
Kampir jo‘nadi.

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   39




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə