Abdulla Qahhor



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə37/39
tarix24.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#160527
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   39
Abdulla Qahhor. Anor [@kitoblar pdf]

1939-yil
SEP
Sherali bilan Shahriniso bir-birini yaxshi ko‘rar edi. Lekin
ikkovi ham ochiqchasiga bir nima deyolgan emas. Bir nima
deyish qayoqda, daladami, qishloqdami, bir-birini ko‘rib qolsa,
xuddi birov «o‘hu!» deyayotganday chuldirab qolar edi.
Oshiqlikni berkitib bo‘lar emishmi. Bularning dardini,
baribir hamma bilar edi. Sherali askarlikka ketayotganida
kuzatgani chiqqanlar shuning uchun oradagi keraksiz pardani
ko‘tara qolishdi.
Shahrinisoning o‘rtoqlari chetga tortib:
– Noz qilmay o‘l. Gaplashsang-chi, – deyishdi.
Yigitlar Sheralini turtkilashdi:
– Kim aytadi seni yigirmaga kirgan yigit deb, issiq-issiq
o‘pmaysanmi...
Kuzatgani chiqqanlar o‘zlarini go‘llikka solib turishdi.
Ikkovi birin-ketin bekatning orqasiga o‘tib ketdi.
Sherali daromad qilgani gap topolmay, Shahrinisoning
qo‘lini ushladi.
– Mana endi biz ketayotibmiz, siz qolayotibsiz...
– Oy borib, omon keling...
– Sizga bir nima demoqchi edim.
– Ayting.
Sherali ikki-uch og‘iz rostladi-yu, inday olmadi.
Shahriniso kulib yubordi.
– Esingizga solaymi? «Yaxshi ko‘raman», demoqchi
emasmikinsiz?
Sherali qip-qizarib, bir ko‘zi kichrayib ketdi. Lekin xiyla
dadil bo‘lib, uning bilagidan ushladi.
– Siz-chi? Menga qarang. Bir qarang. Siz ham yaxshi
ko‘rasizmi?
Shahriniso Sheralining bilagini chimchilab:
– Boring, – dedi va do‘ppisini ko‘ziga tushirdi.


196
Uning bu harakati Sheralining savoliga eng yaxshi javob
edi. Biroq Sherali bunga qanoat qilmas, ro‘yirost «men ham
sizni yaxshi ko‘raman», deyishini xohlar edi. Shuning uchun
gapni aylantirdi.
– Bizning-ku suratimiz sizga kerakmasdir,lekin siz suratin-
gizni bersangiz bo‘lar edi. Yo arzimaymizmi? Mumkinmi
sochingizdan bir tolasini olsam? Yodgorlikka...
– Yodgorlik berganman-ku.
– Nima beribsiz?
Shahriniso arazlab burildi.
– Hali ham bilmas ekansiz-da!
– Bilmayman. Non ursin agar, bilmayman! Kechirasiz...
– Bilmasangiz bilib oling: ko‘nglimni berganman!
Shahriniso qiziq ustida shunday deyishga dedi-yu, keyin
uyaldi; chopqillaganicha panjaraning orqasiga o‘tib ketdi. Bu
yaxshi bo‘ldi, chunki Sherali uning so‘ziga javoban nima
deyishini, nima qilishini bilmas, nima desa va nima qilsa
nazarida soxta chiqayotganday ko‘rinar edi. Uning so‘zini bosib
tushadigan zo‘r gapni xayrlashganda topib aytish umidi bilan
o‘ziga tasalli bergan edi, bu ham bo‘lmadi. Xayrlashganda
Sherali shunday bir ahvolda ediki, kuzatgani chiqqanlardan
kimdir «bola bechorani muhabbat elitibdi-ku», deb qo‘ydi.
Oradan yaqin ikki oy o‘tib, Sheralidan xat keldi:
«Oy yuzli, shirin so‘zli Shahrinisoxonga. O‘zimni sog‘-
salomatligimni bildirishlik barobarinda siz go‘zal yorimning
ham o‘ynab-kulib yurishingizni tabiatning eng nozik joylaridan
tilab qolaman.
Meni so‘rasangiz, hozir harbiy lagerdaman... «Mashqda
qiynalsang, urushda qiynalmaysan» degan shiorni ortig‘i bilan
bajarmoqdaman, pulemyotga ishqiboz bo‘lib qoldim. Shuni
havas bilan o‘rganmoqdaman. Yana shuni bildimki, Shahri-
nisoxon, agar ishlar rejali, kishi intizomli bo‘lsa, bitta odam-
ning qo‘lidan juda-juda ko‘p ish kelar ekan. Shu tartib-
intizomning to‘rtdan biri zvenomizda bo‘lsa, har tup g‘o‘-
zadan bahuzur bir kiyimlik paxta olishimiz mumkin ekan,
deb qo‘ydim. Omonlik bo‘lsa qaytib borsam, butun tuman
qoyil qoladigan ish qilaman...


197
Sizni sog‘indim. Jon Shahrixon, bir marta tushimga kiring.
Endi qandoq qilay, ishqilib menga bergan so‘zingiz chin
bo‘lsa – bas. O‘zingiz bilasiz, sizni qanchalik yaxshi ko‘rish-
ligimni yuz foiz yozaman desam, bir gektar qog‘oz ham
yetmaydi.
Xatingizga intizor bo‘lib 
Sherali
».
Shahriniso yozgan javobida qancha bayt-u g‘azallardan
keyin shunday dedi:
«... Tumanni qoyil qoldiradigan ishni shu yerga kelib qila-
digan bo‘lsangiz, pulemyotni jo‘xori qo‘rigani o‘rganayotgan
ekansiz-da. Men shunaqa ishni urushda qilasiz degan umidda
edim. Unday bo‘lsa shart qo‘yaman: menga mahr berasiz,
mening mahrim – yuz nemisning boshi. Meni qanchalik yaxshi
ko‘rishingizni bildirmoqchi bo‘lsangiz bir gektar emas, to‘rt
enli qog‘oz yetadi...»
Sherali shu shartga unab xat qaytardi...
«...Yuz nemisning boshi sizniki. Yo dong‘im chiqadi, yo
changim chiqadi. Endi mumkinmi biz ham bir nima desak:
mahr so‘ragan qiz sepi bilan keladi, sizning sepingiz nima
bo‘ladi? Tuman qoyil qoladigan ishni men borguncha qilish
qo‘lingizdan keladimi?
Sizning sepingiz shu bo‘ladi».
Shahriniso nima javob berganligi kuzda ma’lum bo‘ladi.
1944-yil
c


198

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   39




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə