Abdulla Qahhor



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə36/39
tarix24.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#160527
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   39
Abdulla Qahhor. Anor [@kitoblar pdf]

1939-yil
YILLAR
O‘tdi umrim voh darig‘...
Qadimgi qo‘shiq
Hojimirsiroj avtobusda joy talashib bolalik bir xotin bilan
aytishib qoldi. Bir maktab bola ham kelayotgan ekan, shu
oraga tushdi-yu, yomon bo‘ldi. Bu qoqvosh «shu ishingiz
noto‘g‘ri», deyish bilan-ku, Hojining qorniga qoziq qoq-
qandek bo‘lgan edi, yana «xo‘mraymang» degani nimasi?
Hoji birpas zaharini yutib turdi-da, bola avtobusdan tushib
ketayotganida, sekin qo‘lini uzatib, qulog‘ini ushladi va uch
buklab turib qattiq qisdi, qisdi, jonining boricha qisdi! Bola,
«quloqdan ayrildim», deb o‘ylagan bo‘lsa kerak, qo‘rqib
darrov ushlab ko‘rdi – yo‘q, quloq joyida. U avtobusdan
tushib, lovullab turgan qulog‘ini ushlaganicha Hojiga qaradi
va bisotidagi eng og‘ir, eng dahshatli haqoratni ishlatdi, ya’ni
«tarbiyasiz!» dedi.


191
Hoji huzur qilib o‘ch olganidan, bolaning so‘kkani boshqa
so‘z topolmaganidan xursand bo‘lib, orqasiga suyandi va atrofiga
nazar tashladi, qarasa, hamma, ayniqsa shoferning orqasida kitob
ko‘rib o‘tirgan kishi o‘zini kulgidan zo‘rg‘a tiyib turganga
o‘xshaydi. «Haromi, meni toza rasvo qilganga o‘xshaydi, –
dedi o‘zicha. – Bu hozir kulib yuboradi, hozir kulmasa keyin,
uyiga borib kuladi, bola-chaqasi bilan kuladi! Nega men u
itvachchaning qulog‘ini shartta uzib qo‘liga bermadim?»
Hojimirsiroj shoshib avtobusdan tushdi, bolaning ketidan
ketdi. Bola hamon qulog‘ini ushlab borar edi, bir orqasiga qarab
Hojini ko‘rdi-yu, jadallab muyulishdagi kattakon ikki qavatlik
binoga kirib ketdi. Hoji uni bu yerga qochib kirdi degan o‘yda
eshikning oldida uzoq poylab o‘tirdi. Quyosh botdi hamki, bola
chiqmadi. Hoji asta eshikni ochib kirdi. Bolani pastdan topolmay,
oyog‘ining uchida yurib ikkinchi qavatga chiqayotgan edi, kimdir
zinaning ustidagi chirog‘ini yoqib yubordi. Hoji bir cho‘chib
tushdi va yuqoriga qaradi. Yuqorida o‘ziga ma’lum Orziqul
turar edi. Hoji uni qayerdadir qorovullik qiladi deb eshitgan,
lekin qayerda ekanini bilmas edi.
– E, ha, Orziqul, – dedi, – bu yerda nima qilib yuribsiz?
Shu yerdamisiz?
– Ha, biz shu yerda, – dedi Orziqul, to‘nining yengini
kiyib. – O‘g‘limizga shu yerdan joy tekkan. Siz nima qilib
yuribsiz?
Hoji gangib qoldi. U «Orziqulning o‘g‘li yaxshi yigit
chiqdi, hozir bitta o‘zi o‘ttiz ikkita mashinaga qarar emish»,
deb eshitgan, lekin uning shunday joyda turishini xayoliga
ham keltirmagan edi.
– Shunaqami, – dedi Hoji boshqa so‘z topolmay, – bu
joy o‘g‘lingizga tekkan ekan-da, men o‘zingizga tekkan deb
eshitgan edim. Buyursin... Shunday o‘tib ketayotgan edim,
esimga tushib qoldingiz, bir kiray dedim. Orziqul uyida bo‘lsa
qulluq bo‘lsin qilib chiqay...
– Juda soz bo‘pti-da, Hojim! Ko‘p yaxshi qilibsiz. Qani,
kirsinlar... Yo‘q, yo‘q, kavushni ichkariga yechadilar... Zab
kelibsiz-da. O‘zim ham sizni bir aytib kelaman,birpas gapirishib
o‘tiramiz deb yurgan edim.
Orziqul bu gapni mehmonning ko‘ngliga bo‘lib aytmadi,
rostdan ham Hojimirsirojning bir kelishiga orzumand edi.


192
Lekin, rostini aytganda, Hojini uyiga taklif qilishdan murodi
birpas gapirishib o‘tirish emas, unga o‘z turmushini ko‘rsatish
edi. U, uy-joyini, maishatini ko‘rsatish bilan maqtanmoqchi
emas, chunki qo‘lga kirgizgan narsasi o‘z qadr-qimmatidan
yuqori bo‘lgan odam maqtanadi. U faqat haqiqatni aytmoqchi,
«cho‘loq cho‘loqligidan, kambag‘al kambag‘alligidan norizo
bo‘lsa, xudoning qahri keladigan» zamonda xokisor bo‘lgan
odamlarning o‘t kechib, suv kechib olib borgan kurashlari
natijasida turmushlari qanday o‘zgarganligini ko‘rsatmoqchi,
xolos. Orziqul bu haqiqatni ko‘rsatish bilan ta’na qilmoqchi
ham emas, chunki ta’na qilish – qattiq o‘pkalash degan so‘z.
Hojidan nima deb o‘pkalaydi? «Shuncha yil sening zavodingda
ishlab qornim ham to‘ymadi, ochdan ham o‘lmadim, sen meni
ot qatori ko‘rar eding, toypaxtalar ostida qolib qovurg‘am
singanda kasalimni mahalla boqqan», deb o‘pkalaydimi? Hoji
shunday qilmasligi kerak emishmi? Zavod egasi-ya? Lekin Hoji
o‘sha vaqtda shunday qilmasam bo‘lar ekan, deb hozir aytishi
mumkin va aytadi ham, chunki shu gap bilan birovning 
ко
‘nglini
yumshatib bir piyola choyini ichadi.
Orziqul Hojini koridorning oxiridagi eshikka – o‘zining
bo‘lmasiga boshladi. Bu bo‘lmada balkonga chiqiladigan
eshikning tutqichiga ilingan allaqanday bir xaltadan bo‘lak
hamma narsa Hojining ko‘ziga qalbaki ko‘rindi shekilli, butun
jihozlarni alohida-alohida ko‘zdan kechirdi, hatto devorlarni
chertib ko‘rdi.
Orziqulning kelini Tojixon kirdi. U mehmon bilan ko‘ri-
shib, narigi uyga taklif qildi. Orziqul Hojini oshxonaga boshlab
chiqdi. Oshxonada Murod xarita ko‘rib o‘tirar edi.
– Keldingmi, o‘g‘lim, – dedi Orziqul, – mana, Hoji
bobong ham keldilar.
Murod darrov turib Hoji bilan so‘rashdi va nazokat bilan
unga joy ko‘rsatdi.
– Keling, Hoji bobo. Ko‘rinmaysiz...
– Barakallo, o‘g‘lim, barakallo, – dedi Hoji kursiga ehtiyot
bilan o‘tirayotib. – Umringiz uzoq bo‘lsin. Ko‘pdan-ko‘p
xursand bo‘ldim... O‘g‘il degan shundoq bo‘lsin, otasini rozi
qilsin. Ko‘p xursand bo‘ldim. Xo‘p... Bu gilam... bu gilamni
necha pulga oldingiz?


193
– Esimda yo‘q. Ancha bo‘ldi olganimizga.
– O‘tgan hafta bozorga bir gilam chiqdi, gilammisan
gilam edi-da. Bir ming uch yuzga savdo qilib, Qodiralining
o‘g‘liga olib berdim. Gilam tanigan odam ikki mingga
indamasdan oladi. Shunaqa narsalar kerak bo‘lsa menga aytib
qo‘ying. Xo‘sh... yashang, o‘g‘lim, kam bo‘lmang. Endi
Orziqul oyog‘ini uzatib, bahuzur yota bersa ham bo‘lar ekan.
Biz burun zamonda shuncha davlat bilan ham bu xilda orzu-
havas ko‘rgan emasmiz. Endi ishlamassiz-a, Orziqul?
– Nega ishlamas ekanman, qirq to‘rtinchi maktabda
qorovullik qilaman. Men ishlamasdan turolmayman...
o‘rganmaganman...
Ana shu chakki-da, Orziqul, ana shu chakki! No-
shukurchilik...
– Noshukurchilik bo‘lsa ham o‘rganmaganman.
Murod kuldi:
– Ko‘rdingizmi, o‘rganmaganlar! Bu kishini ishlash
huquqidan mahrum qilishga haddim sig‘maydi.
Tojixon ovqat keltirib qo‘ydi. Ovqat vaqtida Hoji hech
kimga so‘z navbati bermay, burungi zamonni yomonlab ketdi.
Ma’lum bo‘lishicha, burun zamonda, zavod egasi bo‘li-
shiga qaramay, u ham jabr ko‘rgan ekan: uyezd hokimi
«akangizni mingboshi qilaman», deb uch ming yigirma yetti
so‘m pulini yeb, saylovda degrezlik Isomiddin degan jallobni
saylagan ekan. Tojixon «piq» etib kulib yubordi va Murodga
qaradi:
– U qanaqa saylov? – dedi.
– Men qayoqdan bilay. Dada, u qanaqa saylov?
Orziqul anchadan keyin javob berdi:
– Mingboshi saylov deb eshitar edim-ku, hech ko‘rgan
emasman... Qanaqa saylov bo‘lar edi, mana, Hojim aytdilar-
ku... Obbo xotintaloq-ey, shunaqa qilgan deng, Hojim!..
Tojixonning kulishi, Orziqulning so‘zidagi kalaka ohangi
Hojiga yoqmadi. U kichkina pichoqchasi bilan suyak tozalar
ekan, so‘zni boshqa, bularga xush keladigan mavzuga burish
niyatida birdan so‘radi:
– O‘g‘lim, – dedi, – staxanovchilik deysizlar, buning
hikmati nimada? Juda ko‘p narsalarni aqlim ola bermas edi,
endi sekin-sekin fahmlayapman. Lekin shu staxanovchilik hech


194
aqlimga sig‘maydigan ish bo‘lib chiqdi. Burungi zamonda
bitta odam, mening bilishimcha, juda nari borsa uch yarim
pud paxta terar edi, hozir yigirma besh pudga yetkazib terar
emish. Mana, siz bitta o‘zingiz o‘ttiz ikkita mashinaga qarar
emishsiz...
Murod miyig‘ida kulib, Tojixonga qaradi...
– Tojixon, siz ayting, nima uchun hozirgi odamlar Hoji
boboning aqllariga sig‘maydigan ishlarni qilishadi? Ayting,
siz ham staxanovchi-ku.
Tojixon javobga lab ochganida eshik taqilladi-yu, turib
ketdi. Javobni Murodjon o‘zi berdi:
– Staxanovchilikning hikmati shundaki, Hoji bobo...
o‘zimizda bir maqol bor-ku: «Birovning ishiga saratonda
qo‘l sovqotadi». Staxanovchilikning hikmati hammadan bu-
run shundaqa, men boshqaradigan o‘ttiz ikkita mashina
ham, bu mashinalar bilan qilinadigan ish ham birovniki
emas. Bu – bir...
Eshikni taqillatgan O‘lmas ekan, yo‘lakda onasiga nima
to‘g‘ridadir quvona-quvona so‘zlayotgan tovushi eshitildi.
U shu quvonchini otasiga ham aytish uchun bo‘lsa kerak,
shoshilib kirgan edi, ne ko‘zi bilan ko‘rsinki, hali avtobusda
«tarbiyasizlik» qilgan kishi o‘tiribdi! O‘lmas ixtiyorsiz qulo-
g‘ini ushlab, sekin yotoqqa tomon burilgan edi, Murod
to‘xtatdi:
– Xo‘sh, o‘rtoq komandir, qanaqa kino ko‘rdingiz?
Bolani tanib, Hojining esi chiqib ketdi. «Obbo haro-
mi, – dedi ichida, – hozir arz qiladi. Agar arz qilsa, cho‘n-
tagimga qo‘l soldi deyman!»
– O‘rtoq komandir tankist bo‘lar emishlar, – dedi Tojixon
kulib. – Uchuvchi bo‘lishdan aynibdilar. O‘lmas, mehmon
bilan so‘rashmaysanmi?
O‘lmas so‘rashgani qo‘l uzatdi. Hoji uning qo‘lini olar
ekan, o‘rnidan turdi:
– Endi men ketay, bemahalga qolmay, – dedi.
U bolaning shikoyat qilishidan va buning natijasida o‘n-
g‘aysiz ahvolda qolishidan qo‘rqmasa ham bo‘lar edi, chunki
O‘lmas hech shikoyat qilib o‘rgangan bola emas. Orziqul uni
pastgacha kuzatib xayrlashdi. Hoji ko‘chaning u yuziga o‘tib
bitta-bitta qadam tashlab borar ekan, o‘ylar edi: «Mashina


195
ham, bu mashinalar bilan qilinadigan ish ham o‘zingniki...
tankist... tank ham o‘zingniki! Yillar, yillar o‘tdi! O‘tgan bu
yillar dunyoni ostin-ustun qildi!..»

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   39




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə