Abdulla qodiriy nomidagi jizzax davlat pedagogika universiteti rektorining



Yüklə 71,92 Kb.
səhifə1/2
tarix28.11.2023
ölçüsü71,92 Kb.
#133769
  1   2
Буйруқ T 894 Малакавий амалиёт Бошланғич таълим










O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY TA’LIM, FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI
ABDULLA QODIRIY NOMIDAGI
JIZZAX DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI REKTORINING
BUYRUG‘I


20.10.2023 yil № 894 - T -8.7 Jizzax shahri

Talabalarning malakaviy amaliyotini


tashkil etish to‘g‘risida”

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 21-iyundagi PQ-289-son “Pedagogik ta’lim sifatini oshirish va pedagog kadrlar tayyorlovchi oliy ta’lim muassasalari faoliyatini yanada rivojlantirish chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Qarori, Jizzax davlat pedagogika universiteti, Jizzax viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi hamda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi Jizzax viloyati hududiy boshqarmalarining 2023-yil 23-avgustdagi 2-sonli “Jizzax davlat pedagogika universitetining pedagogika ta’lim yo’nalishlarida “4+2” malakaviy amaliyotni tashkil qilish to'grisida”gi Qarori ijrosini ta’minlash maqsadida




BUYURAMAN:



  1. 2022-2023 o‘quv yilining bahorgi semester yakunlariga ko’ra kursdan kursga o’tgan hamda bugungi kunda ta’lim tashkilotiga ishga joylashgan yoki turmushga chiqib yashash hududi o’zgargan talabalarning malakaviy amaliyotni o‘tash manzili, fakultetdan biriktirilgan amaliyot rahbarlari ro’yxati 1 va 2- ilova muvofiq tasdiqlansin.

  2. 2023-2024 o‘quv yilida bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari o‘quv rejasiga asosan Boshlang‘ich ta’lim fakultetining Boshlang‘ich ta’lim yo‘nalishi 2-3-4-kurs talabalariga 2023-yil 11-oktyabrdan boshlab haftalik o‘quv mashg‘ulotlari va amaliyot o‘tash tartibi “4+2” shaklida amalga oshirilsin.

3. O‘quv ishlari bo‘yicha prorektor B.To‘xtamishev, Registrator ofisi boshlig’i X.Xamzayev, Marketing, talabalar amaliyoti va axborotlarni tahlil qilish sektori boshlig’i R.Qosimov, Boshlang‘ich ta’lim fakulteti v.b. dekani A.Chimanov, Boshlang‘ich ta’lim metodikasi kafedrasi mudiri G.Xolboeva, Boshlang‘ich ta’lim nazariyasi va amaliyoti kafedrasi mudiri G.Jumanazarovalarga:
3.1. Pedagog kadrlar tayyorlovchi Jizzax davlat pedagogika universiteti talabalari uchun “4+2” malakaviy amaliyotini o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi Qaror talablariga qat’iy amal qilgan holda malakaviy amaliyotlarni tashkil etish va ularni o‘tkazishni nazorat qilib borish;
3.2. Talabalarning “4+2” tartibida malakaviy amaliyotini o‘tkazish bo‘yicha dasturlar, amaliyot davrida bajariladigan ishlar bo‘yicha 2, 3, 4-kurs talabalarini kreditlarni yig‘ish mezonlari bilan tanishtirish;
3.3. Talabalarning tasdiqlangan grafik asosida ta’lim tashkilotlariga o’z vaqtida borishi va belgilangan vaqtgacha amaliyot o’tash joyida amaliyot o’tashini hamda amaliyotga bormagan talabalarning davomatini o’z vaqtida qayd qilib borilishining amaliyot rahbarlari tomonidan nazorat qilinishini muntazam monitoring qilib borish;
3.4. “4+2” tartibidagi malakaviy amaliyot bo‘yicha talabalar tomonidan amaliyot dasturi asosida kunlik bajariladigan topshiriqlarni amaliyot rahbarlari tomonidan nazorat qilinishini ta’minlash;
3.5. “4+2” tartibidagi amaliyot jarayonining platformasi (jurnal.jdpu.uz)da talabalar bajargan topshiriqlarning amaliyot rahbarlari tomonidan belgilangan baholash mezoniga mos, shaffof va adolatli baholanishini muntazam nazorat qilish;
3.6. “4+2” tartibidagi malakaviy amaliyot davrida universitet va amaliyot o‘taydigan ta’lim muassasasining ichki tartib va odob-axloq qoidalarini buzgan taqdirda o‘rnatilgan tartibda intizomiy chora ko‘rish bo‘yicha o‘qituvchi va talabalarni yozma ravishda ogohlantirish;
3.7. Semestr yakunlari bo’yicha kafedralarda talabalarning amaliyot jarayonida to’plagan ballarini belgilangan tartibda rasmiylashtirish vazifalari yuklatilsin.

  1. Fakultetdan biriktirilgan amaliyot rahbarlariga:

    1. “Jizzax davlat pedagogika universitetining pedagogik ta’lim yo’nalishlarida “4+2” malakaviy amaliyotni tashkil qilish to‘g‘risida”gi Qaror talablarida belgilangan vazifalarni bajarish;

4.2.Talabalarni amaliyot o‘tkazish tartibi, amaliyot o‘tash davrida mehnat va texnika xavfsizligi qoidalariga qat’iy rioya qilish haqida ko‘rsatmalar va yo‘l-yo‘riqlar ko‘rsatish;
4.3. Amaliyot muddatlariga rioya qilinishini, shuningdek, amaliyot dasturida belgilangan kunlik vazifalarni bajarilishini nazoratini olib borish, amaliy-metodik yordam ko‘rsatish ishlarini, zarur hollarda, talabalarning amaliyot o‘tash joylariga borib ko‘rish yo‘li bilan amalga oshirish;
4.4. “4+2” tartibidagi amaliyot jarayonining platformasi (jurnal.jdpu.uz)da talabalar bajargan topshiriqlarni belgilangan muddatda baholash mezoniga mos, shaffof va adolatli baholash ishlarini amalga oshirish;
4.5. Sababsiz amaliyotda ishtirok etmagan talabalarga nisbatan universitet ichki mehnat tartibi qoidalarida belgilangan tartibda chora-ko‘rish bo‘yicha universitet rahbariyatiga hamda fakultet dekaniga takliflar kiritib borish vazifalari yuklatilsin.

  1. Amaliyotni tashkil etishda fakultet tyutorlariga quyidagi vazifalar yuklatilsin:

5.1. “Jizzax davlat pedagogika universitetining pedagogika ta’lim yo’nalishlarida “4+2” malakaviy amaliyotni tashkil qilish to'grisida”gi Qarori talablarida belgilangan vazifalarni bajarish;
5.2. O’zlariga biriktirilgan talabalarning amaliyotda ishtirok etishini nazorat qilib borish hamda tahlil etish;
5.3. O‘zlariga biriktirilgan talabalarning amaliyotda ishtirok etishini monitoring qilish;
5.4. O’z faoliyatida amaldagi qonun xujjatlari, Oliy ta’lim muassasasi ichki tartib va odob axloq qoidalari hamda Qarorda ko‘zda tutilgan boshqa majburiyatlarni ham bajaradi.

  1. Ushbu buyruqning ijrosini nazorat qilish Universitet o‘quv ishlari bo‘yicha prorektori B.To‘xtamishev zimmasiga yuklatilsin.




Yüklə 71,92 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə