Abdulla Qodiriy nomidagi Jizzax davlat pedagogika Universiteti O’zbek tili va adabiyoti fakulteti 615-20(406)guruh talabasi Abduhakimova Lobarning Adabiyotshunoslik nazariyasi fanidan tayyorlagan taqdimoti



Yüklə 1,13 Mb.
səhifə1/5
tarix19.12.2023
ölçüsü1,13 Mb.
#152050
  1   2   3   4   5
Abduhakimova Lobar Adabiyotshunoslik

Abdulla Qodiriy nomidagi Jizzax davlat pedagogika Universiteti O’zbek tili va adabiyoti fakulteti 615-20(406)guruh talabasi Abduhakimova Lobarning Adabiyotshunoslik nazariyasi fanidan tayyorlagan taqdimoti.

Aristotelning “Poetika”asarini o’rganish.

  • Reja:
  • Aristotelning hayoti va ilmiy merosi.
  • Aristotelning poetika asarini o’rganish
  • Poetika asarini tahlil qilish.

Aristotel- miloddan avvalgi 384-yilda Frakiyaning Stagira shahrida tug'ilgan. Qadimgi Yunoniston faylasufi, Aflotunning shogirdi va Makedoniyalik Aleksandrning ustozi bo'lgan.
Arastuning otasi Nikomax Makedoniya hukmdori Amint II ning shaxsiy kotibi bo'lgan. Shu sababli Makedoniyaning bo'lg'usi hukmdori Filipp bilan yoshligidayoq tanishgan. Miloddan avvalgi 367-347-yillarda faylasuf Aflotunning akademiyasida tahsil olgan. Miloddan avvalgi 343-yildan boshlab Makedoniyalik Aleksandrga ustozlik qila boshladi. Makedonskiy taxtga o'tirgach, Aristotelga bag'ishlab haykal barpo ettiradi. Arastu peshonasiga sochini tushirib, kalta soqol qo'yib yurgan. Miloddan avvalgi 336-yilda Arastu Afina shahrida o'zining xususiy maktabini ochadi. Arastu o'tkir zehn sohibi bo'lgan. U 44270 satrdan iborat 28ta kitob yozgan.

Arastuning shiori: "Faylasuf imkon qadar o'tkinchi narsalardan uzoqroq turishi va o'zining "vatani"- chin haqiqatlar saltanati tomon intilmog'i lozim"-degan jumla bo'lgan.

  • Arastu asarlarida mashhurlar- "Evdem", "Sofis ", "Politik ", "Mneksen" (dialoglar), "G'oyalar haqida", "Farovonlik haqida", "Birinchi analitika", "Ikkinchi analitika", "Kategoriyalar", "Sofistlarga raddiya", "Fizika", Metafizika", "Hayot tarixi", “ Jon haqida", Nikomax axloqi", "Evdem axloqi", Axloqi kabir", "Siyosat", "Poetika "Ritorika" va boshqalar[2].
  • Arastuning shaxsiyati haqida ham ayrim ma'lumotlar mavjud. Uning eng katta orzusi tarki dunyo qilgan baxtiyor faylasuflarning afsonaviy orolidagi akademiya bog'ining shiyponida nazariy fikrlar bilan band bo'lib, osoyishta hayot kechirishdan iborat edi.

Aristotel miloddan avvalgi 322-yilda vafot etadi. Uning o'limidan so'ng ilmiy asarlari uyi yaqinidagi g'orda saqlangan. Keyinchalik Iskandariyadagi muzeyga topshirilgan. Bu qo'lyozmalar orasida asl nusxalar bo'lmagan. Ularni milodiy 70-yilda rimlik sarkarda Sulla o'lja sifatida olib ketadi va asarlardan nusxa ko'chirtiradi.
Aristotel haqiqat haqida quyidagicha fikr yuritgan: "Haqiqatni izlash ham oson, ham mushkul. Chunki hech kim unga to'liq erisholmaydi. Shuning barobarida, hech kim uni umuman payqamasligi ham mumkin emas. Ammo har bir odam tabiatni anglashimiz uchun ozgina bo'lsa-da, o'z xissasini qo'shadi, ushbu xissalar yig'indisi natijasida esa ulug'vor manzara paydo bo'ladi"

Yüklə 1,13 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə