Abdulla Qodiriy nomidagi Jizzax davlat pedagogika Universiteti O’zbek tili va adabiyoti fakulteti 615-20(406)guruh talabasi Abduhakimova Lobarning Adabiyotshunoslik nazariyasi fanidan tayyorlagan taqdimoti



Yüklə 1,13 Mb.
səhifə3/5
tarix19.12.2023
ölçüsü1,13 Mb.
#152050
1   2   3   4   5
Abduhakimova Lobar Adabiyotshunoslik

Aristotel


Aristotel ham, Platon singari, san'atning mohiyatini belgilovchi xususiyat sifatida taqlid(mimesis)ni ko'rsatadi. Biroq, ustozidan farqli o'laroq, Aristotel taqlidga juda katta ahamiyatga molik narsa sifatida qaraydi. Agar Platon taqlidiy san'atlar, jumladan, so'z san'ati haqiqatni bilish imkoniyatidan mahrum deb hisoblasa, Aristotel taqlidni bilishning usullaridan biri sifatida tushunadi: "Ko'rinadiki, poeziyani ikkita omil vujudga keltirgan, bu ikki omil ham tabiiy. Axir insonlarda taqlid qilish - bolalikdan tug'ma xususiyat, ular boshqa mavjudotlardan shunisi bilan farqlanadi, zero, inson taqlid qilishga boshqalardan ko'ra ko'proq qobil va shu yo'l bilan u dastlabki bilimlarni hosil qiladi". Aristotel fikrini davom ettirib, juda qadim zamonlarda ham taqlid qilish iqtidoriga (shuningdek, ritm va uyg'unlik tuyg'usiga) ega kishilar bo'lganini, ular buni asta-sekin rivojlantirib, "improvizatsiyadan haqiqiy poeziyani" vujudga keltirganlarini aytadi. Bundan ko'rinadiki, o'z vaqtida Aristotel so'z san'ati xalq og'zaki ijodidan, folklorning sinkretik shakllaridan ajralib chiqqaniga ishora qilgan ekan.
  •  Asarda yunon adabiyotidagi ilk realizm nazariyasi haqida maʼlumot berilgan. Buyuk vatandoshimiz Abu Nasr Forobiy ham ushbu asar taʼsirida "Shoirlar sanʼati qonunlari haqida risola"sini yozgan. Realistik adabiyotning klassitsizm bosqichi haqidagi nazariy masalalar fransuz olimi va shoiri N. Bualonnng "Poetik sanʼat" asari (1674)da yoritildi. Bualo bu asarida klassitsizm poetikasi asoslarini yaratdi, bu oqim uchun xos boʻlgan xususiyatlarni ochib berdi va ularni badiiy ijod qonuniyatlari sifatida talqin qildi. Klassitsizm nazariyasining dogmatik gʻoyalariga qarshi kurashda fransuz yozuvchisi va faylasufi D. Didroning "Dramatik poeziya haqida" (1758), G. Lessingning "Gamburg dramaturgiyasi" (2 j.li, 1767—69) asarlari vujudga keldi. Bu asarlarda ijodda erkinlik, hayotiy haqiqat masalalari, hayotni dinamik tarzda tasvirlash talablari nazariy asoslandi.
  • poetika 3 tarkibiy qismdan iborat: 1.umumiy P., 2. tavsifiy (xususiy) P., tarixiy P. 3.Umumiy P.- har qanday asarning badiiy vositalari va qurilish qonuniyatlarini janrga, adabiy tur va jinslarga qarab muallif niyatining mujassamlanish usullarini tadqiq etadi. Tavsifi y P. ayrim olingan bir muallif asarlarining yoki davrlar va yoʻnalishlarning oʻziga xos xususiyatlarini aniqlaydi. Tarixi y P. badiiy vositalar taraqqiyotini (obrazli ifodalar, shakllar, qofiyalar) va kategoriyalarni (badiiy qilib berilgan zamon, makon, ritm) oʻrganadi.

Yüklə 1,13 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə