Abdulla Qodiriy nomidagi Jizzax davlat pedagogika Universiteti O’zbek tili va adabiyoti fakulteti 615-20(406)guruh talabasi Abduhakimova Lobarning Adabiyotshunoslik nazariyasi fanidan tayyorlagan taqdimoti



Yüklə 1,13 Mb.
səhifə5/5
tarix19.12.2023
ölçüsü1,13 Mb.
#152050
1   2   3   4   5
Abduhakimova Lobar Adabiyotshunoslik

ARISTOTEL

  • “Poetika”, “Axloqi kabir” asarlarining e’tiborli jihati shundaki, Arastu hech bir o‘rinda o‘quvchiga o‘zining fikr va xulosalarini o‘tkazishga urinmaydi. Alloma boshqa asarlarida ham kishilarga biror bir masala xususida saboq berishga kirishib ketmaydi. Ammo u tabiat va jamiyat hodisalari, inson dunyosi murakkabliklari xususida shunday teran mushohada yuritadiki, har qanday o‘quvchi beixtiyor uning fikriga qo‘shiladi.
  • Teran ilmiy-nazariy tahlilga asoslangan “Poetika” ham, olimning boshqa asarlari ham shu bois alohida ta’limot sifatida e’tibor qozongan. Arastu ta’limoti, uning asarlarida ilgari surilgan g‘oya va qarashlar xususida bahslar G‘arbda ham, Sharqda ham asrlar bo‘yi to‘xtamasdan davom etgan. Jumladan, Ibn Sino Arastuning “Osmon haqida” va “Fizika” asarlari xususida mulohaza yuritib, shogirdi Baxmanyor bilan shu xususda yozishmalar qilgani manbalarda ko‘rsatiladi

Arastu: “Tarixchi va shoir bir-biridan shu jihatdan farq qiladiki, ulardan biri haqiqatda bo‘lgan, ikkinchisi esa bo‘lishi mumkin bo‘lgan voqea haqida so‘zlaydi. Shuning uchun poeziya tarixga qaraganda falsafiyroq va jiddiyroq; poeziya ko‘proq umumiy, tarix esa alohida voqealarni tasvirlaydi” deydi. Bu fikr darslik, qo‘llanmalarda ko‘p takrorlanganidan uni hamma biladi. Ammo hozir barchaga ayon ana shu fikrni dastlab Arastu aytganini hamma ham xayoliga keltirmaydi. Yangi texnika vositalari, dori-darmon va hokazolarni o‘ylab topish “ixtiro” deyiladi-yu, kimdir birinchi bo‘lib aytgan yuqoridagiga o‘xshash fikrlar xususida bunday deyilmaydi. Aslida ayni xildagi mulohazalar ham kashfdir. Chunki Aras­tudan avval shu fikrni hech kim aytmagan. Vaholonki, har qanday odam yangi uskuna, asbob ishlab chiqarolmagani singari yangi fikr, yangi g‘oyani ham hamma aytolmaydi.
Miloddan avvalgi zamonda yashagan bu donishmandning: “Haqiqatni izlash ham oson, ham mushkul. Chunki hech kim unga to‘liq erisholmaydi. Shuning barobarida, hech kim uni umuman payqamasligi ham mumkin emas. Ammo har bir odam tabiatni anglashimiz uchun ozgina bo‘lsa-da, o‘z hissasini qo‘shadi. Ushbu ulushlar yig‘ilib esa ulug‘vor manzarani hosil qiladi”, degan so‘zlari Vashingtondagi Milliy fanlar akademiyasi binosi peshtoqiga yozib qo‘yilgan.
Yüklə 1,13 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə