Abdulla sher axloqshunoslik


Men  qisman o ‘zini-o‘zi belgilaydi, qisman esa  Men emas



Yüklə 10,65 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə78/209
tarix13.10.2023
ölçüsü10,65 Mb.
#127722
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   209
Axloqshunoslik (Abdulla Sher)

Men 
qisman o ‘zini-o‘zi belgilaydi, qisman esa 
Men emas 
tom onidan belgilanadi. Chunki M en 
emas 
M enning ibtidosi 
va intihosi oralig‘idagi, M enning o ‘z-o ‘zini anglashiga, o ‘z -o ‘ziga 
yetishuviga halaqit beruvchi, uni m utlaqlikdan chalg‘itib turuvchi 
hodisalar majmuidir. Shuning uchun Menning mohiyati harakatdan, 
faoliyatdan, tinimsiz o ‘z aslini anglab borishdan iborat, zero, biz 
b ilis h im iz u c h u n h a ra k a t q ilm ay m iz, b a lk i h a ra k a t q ilish g a
mo‘ljallanganimiz uchun bilamiz: amaliy aql har qanday aqlning ildizidir. 
Inson faoliyatli mavjudot, uning faoliyatli mavjudotligi o ‘z erkini amalga 
oshirishidir. Erkinlik — insoniy borliqni o ‘z ixtiyoriga ko‘ra ta ’riflashdir. 
Insondan yuksakroq hech narsa yo‘q, chunki u o ‘zini erkin axloqiy 
mavjudot sifatida namoyon etadi. Inson uchun tabiat vosita darajasidagi 
narsa: Xudo faqat insonda o ‘zini ko‘rsatadi, tabiatda nimaiki uyg‘un, 
nimaiki go‘zal bo'lsa bari inson tufaylidir.
Inson ibtidodagi mohiyatiga ko‘ra, erkin, biroq, u hayotda o ‘zining 
sustkashlik tabiatiga bog‘lanib qolgan: hayotda ham erkin bo‘lishi uchun 
inson o ‘zining odatiy g‘aflatdagi holatidan chiqishi kerak. Shunday 
qilib, Fixtening fikriga ko‘ra, g‘aflat — inson tabiatining o ‘zida mavjud 
bo'lgan tug‘ma, asl, tub yovuzlik. Inson dangasa — «...dangasalik barcha 
illatlarning manbaidir, — 
Qanday qilib ko‘proq lazzatlanish, qanday
qilib kamroq ishlash 
— mana yo‘ldan ozgan inson tabiatining vazifasi 
... Toki inson bu tabiiy g‘aflat bilan kurashib, g‘oliblik baxtiga erishmas 
ekan, toki faoliyatda va faqat faoliyatda o'ziga quvonch, o ‘ziga lazzat 
topm as ekan, unga najot yo‘q » '. Faylasuf og‘ir va qiyinchilik bilan 
yengib o ‘tiladigan illatlardan biri sifatida qo‘rqoqlikni keltiradi; bu 
illa tn in g h am ild iz i su stk ash lik k a lo g ‘a rlik k a b o rib ta q a la d i. 
Q o‘rqoqlikdan yolg‘onchilik tug‘iladi. Faqat qo‘rqoq yolg‘onchi bo‘ladi. 
M ard-m atonatli kishi aldamaydi: hatto fazilat egasi nuqtayi nazaridan 
emas, balki g‘ururi va kuchli irodasi tufayli ham yolg‘onchilik qilmaydi. 
Insonning ixtiyori — ezgu; yovuzlik ixtiyordan emas, inson tabiatidan 
kelib chiqadi, zero, boya aytilganidek, sustkashlik, log‘arlik ana shu 
tabiatning ajralmas qismidir; faoliyat o ‘zi-o‘zicha yovuzlik bo‘lolmaydi, 
yovuzlik faoliyatsizlikdan kelib chiqadi.
Fixte inson m a’naviy taraqqiyotining uch bosqichi yoxud darajasini 
keltiradi; birinchisi — tashqi his-tuyg‘ular anglaydigan narsa-hodisalami

Yüklə 10,65 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   209




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə