Abdurashid to xtaboyev


 Deyl Karnegining «Do‘st orttirish va kishilarga ta’sir o ‘tkazish



Yüklə 2,96 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə22/88
tarix22.05.2023
ölçüsü2,96 Mb.
#112168
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   88
Toxtabayev A. Menejer fazilatlari (1)

2. Deyl Karnegining «Do‘st orttirish va kishilarga ta’sir o ‘tkazish
haqida» nomli kitobidan ko‘chirmalar
Odamlar bilan bo‘ladigan munosabatlaming asosiy uslublari:
1. 
Odamlar bilan munosabatga kirishar ekansiz, faqat aql bilan ish 
ko‘radigan emas, balki his-tuyg‘uga beriluvchi, m a’lum holatlarda taajjub- 
lanuvchi va o ‘z yutuqlari bilan mag‘rurlanuvchi, shuhratparast mavjudot 
bilan munosabatda ekanligingizni unutmang. Inson tabiati shunday ajoyibki, 
u hammani ayblashi mumkin, faqat o ‘zini emas. Yuzta holatning to'qson 
to‘qqiztasida, qanchalar aybdor bo'lmasinlar, odamlar o ‘zlarini aybsiz deb 
biladilar. Bu masalada tanqiddan foyda yo‘q. Sababi tanqid ostiga olingan 
kishi o'zini himoya qilishga, ya’ni o ‘zini oqlashga harakat qiladi. Tanqid
40


kishining g'ururiga qattiq botishi bilan xavflidir.Chunki kishi g ‘ururigategish 
uning xafa bo‘lishiga sabab bo‘ladi. Insonlami muhokama qilish o‘miga 
ular nega boshqacha emas, aynan shunday yo‘l tutishlarini tushunishga 
harakat qiling. Bu tanqid qilishdan ko‘ra foydaliroq va qiziqarliroq. Shunday 
qilsak atrofdagilami tushunishimiz, sabr-toqatli bo‘lishimiz va o‘zimizda 
xayrixohlik ruhini tarbiyalashimiz mumkin.
2. Insonning bitta xohishidan bo‘lak barcha istaklarini qondirish 
mumkin. Ovqatlanish yoki uxlash bilan bab-barobar qudratga ega boigan 
bitta istak juda kam hollarda qondiriladi. Bu istak Freyd talqinida «buyuk 
shaxs bo‘lish istagi» bo‘lsa, Dyum uni «ahamiyatli shaxs bo‘lish istagi» deb 
ataydi. Insonni azoblovchi qondirilmas chanqoq ham ana shu. Bu chanqoqni 
qondira olgan o‘shaI noyob shaxs odamlar qalblari ustidan hukmronlik qila 
oladi va «bunday kishining o‘limi tobut yasovchini ham ranjitadi». Shunday 
ekan, keling, o‘z yutuq va istaklarimiz haqida o‘ylashni bas qilsak-da, o‘zga 
kishilarning ijobiy tomonlarini baholashga harakat qilsak. Lablarimizdan 
uchib chiqmasdanoq xushomadga barham bersak. 0 ‘z fikringizni ochiqcha- 
siga va bevosita kishining o ‘ziga ayting. Odamlaming u yoki bu harakatlarini 
baholar ekansiz, hamisha qalbingizga quloq soling va, ta’bir joiz bo‘lsa, 
maqtovingizni ayamang. Ana shundagina Sizning so‘zlaringizni bir umr 
xotiralarida saqlaydilar, takror va takror tilga oladilar.
3. 0 ‘z xohishlarimiz haqida gapirishning ne hojati bor. A xirbu bolalarga 
xos fazilat. Bema’nilik. Albatta, Siz istagingizdagi narsaga erishishni 
xohlaysiz. Sizni faqat shu qiziqtiradi. Biroq Sizning istagingiz bilan 
boshqalaming ishi yo‘q. Biz barchamiz shundaymiz: o‘z istagimiz amalga 
oshishini xohlaymiz. Shuning uchun o‘zga kishilarga ta’sir o‘tkazishning 
yagona usuli - bu uning xohishlari haqida gapirish va ularga qanday erishish 
mumkinligini o‘rgatish. G. A. Overstir so‘zlarini yodda saqlang: «Avvalo 
suhbatdoshingizni biror narsani istashga majbur qiling. Buni amalga oshira 
olgan kishi dunyoga hukmron bo‘ladi, uddalay olmagani esa yolg‘izlikka 
mahkumdir».

Yüklə 2,96 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   88




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə