Abdurashid to xtaboyev


nechta  oddiy  maslahat



Yüklə 2,96 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə41/88
tarix22.05.2023
ölçüsü2,96 Mb.
#112168
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   88
Toxtabayev A. Menejer fazilatlari (1)

nechta 
oddiy 
maslahat:
1. 
Och rangli kostyumlami kunduzi, to ‘q rangli kostyumlarni esa 
kechqurun kiygan m a’qul.
2. 
Rasmiy uchrashuvlarda kostyumning tugmalari qadalgan bo'lishi 
kerak. Kostyumning tugmalarini faqatgina kechki ovqat yoki teatrda, 
kresloda o ‘tirganda yechib qo‘yish mumkin. 0 ‘midan turayotganda esa 
tepadagi tugmani qadab olish kerak.
3. 
Kostyum, oyoq kiyimi va paypoqlar doimo toza hamda kiyishga 
tayyor holda b o‘lsin.
4. 
Kostyum qulay bo‘lishi lozim.
5. 
Har doim ham modaning orqasidan quvmang.
6. 
Yoningizda doim ikkita dastro‘mol bo‘lsin. Birinchisi (ishchi) shim 
cho‘ntagida turadi, ikkinchisi har doim toza bo‘lib, kostyumning ichki 
cho‘ntagida turishi lozim.
66


7. 
Kapalaksimon galstuk yirik bayramlarga, qora kostyum bilan 
taqiladi.
8. 
Kechki marosimlarga kiyiladigan kostyumlarga tabiiy yoki sun’iy 
ipaklardan tayyorlangan galstukni taqqan m a’qul.
Agarda galstuk sifatli materialdan tayyorlangan bo‘lsa, u yechib 
olinayotgan paytda bog‘langan joyidan bo‘shatiladi, agarda oddiy mate­
rialdan tayyorlangan bo‘lsa uning bog‘langan qismini yechmasdan, halqani 
kengaytirish orqali boshdan chiqarib olinadi.
2. Imo-ishora va xatti-harakatlar
0 ‘zini tuta bilish - atrofdagi kishilarga hurmat bildirishning kiyinishda 
orastalik, muloqotda xushmuomalalik, odobli va andishali bo‘lish kabi 
usullaridan biridir. 0 ‘zini tuta bilishda odatlarning o ‘rni juda katta bo‘lib, 
ular insonning qadr-qimmati, sha’nini belgilaydi yoki uning eng yaxshi 
xislatlari y o ‘q bo ‘lishiga olib keladi.
B a’zan inson o ‘zini notabiiy tutadi va natijada oldingi holatiga ko‘ra 
ko ‘proq narsani y o ‘qotadi. 0 ‘zini tabiiy tutish ishbilannon kishining asosiy 
xislatlaridan biri bo‘lib, o ‘zini notabiiy tutish chetdan ko‘proq bilinadi. Imo- 
ishora va xatti-harakatlar imidjning tarkibiy qismi hisoblanadi. K o‘pincha 
aynan imo-ishoralar insonning o ‘zi xohlamagan holda uning kayfiyatini 
ko‘rsatib qo‘yadi.
Xatti-harakatlar tez va keskin bo'lmasligi kerak. Suhbat vaqtida ko‘zIami 
uzoq vaqt yerga qadab olish yoki bo‘shashgan holatda o ‘tirish yaramaydi. 
Dam olish soatlarida bo‘shashish mumkin, biroq ish vaqtida rahbar o ‘zini 
tuta bilishi shart.
Agarda siz yoshi katta odamlar davrasida b oisangiz, o ‘zingizni hushyor, 
kamgap va kamsuqum tuting, muomalada odobli bo ‘ling.
Yurishingiz tetik b o isin . Shu bilan birga, qoMlami keng siltash va katta 
qadam tashlash ham yarashmaydi. Eng yaxshi odat tik yurish va o ‘rtacha 
tezlikda harakat qilishdir.
Stulda o‘tirganda uning chekkasiga o ‘tirmaslik, chayqalmaslik hamda 
unga suyanmaslik kerak.
0 ‘tirayotganda va turayotganda shovqin chiqarmasdan, stulni polda 
sudramasdan, uni orqa qismini ushlagan holda ohista ko‘tarib siljitish 
kerak.
Oyoqlami tez-tez almashtirish, stulni quchoqlab olish va oyoqni ko‘tarib 
qo ‘yish odobsizlik belgisidir. Bu suhbatni davom ettirishni xohlamaslikning 
belgisi sifatida qabul qilinishi mumkin.
Suhbatlashayotganda oldinga egilmasdan, orqaga o ‘zini tashlamasdan 
to ‘g ‘ri o ‘tirish kerak.
67


Ayollar uchun eng qulay yoki mos o ‘tirish holati: ikkala tizza bir joyda 
bo‘lishi, bitta tovon ikkinchisining oldiga qo‘yilgan yoki yaqin q o ‘yilgan 
bo‘lishi kerak. Muloqot jarayonida sochni qo‘l bilan to ‘g ‘rilash yoki boshni 
qashish zerikish alomati deb qabul qilinadi.
Q o'llam i ko‘krak oldida bir-birining ustiga qo ‘yish noqulay hisoblan- 
maydi. Biroq bu harakat suhbatdosh tomonidan suhbatni to ‘xtatish yoki 
norozilik alomati sifatida qabul qilinishi ham mumkin. Yelkaning ko‘tarilishi 
yoki boshni qisib o‘tirish zo‘riqishdan darak berib, gaplashishni xohlamaslik 
belgisi hisoblanadi.
Suhbatdoshni o ‘ziga qaratish yoki uning diqqatini jalb etish uchun 
boshni bir oz yonga egish kerak. Boshning bir oz egilishi diqqat bilan 
eshitayotganlikni bildiradi.
Suhbat davomida vaqtni cho‘zish uchun atayin qilinayotgandek 
harakatlardan (sigaret chekish, ko'zoynakni artish) saqlanish kerak. Ular 
javobdan qochish belgisi bo‘lib ko‘rinishi mumkin.
Agarda ayol kishi mashinaga o ‘tirsa, avval o ‘rindiqqa o ‘tirishi, so‘ngra 
oyoqlarini kirgizishi kerak. M ashinadan tushayotganda esa avval oyoqlami 
chiqarishi, so‘ngra o ‘zi chiqishi kerak.

Yüklə 2,96 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   88




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə