Abdurashid to xtaboyev


 Auditoriya bilan aloqa o‘rnatish va saqlab turish



Yüklə 2,96 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə37/88
tarix22.05.2023
ölçüsü2,96 Mb.
#112168
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   88
Toxtabayev A. Menejer fazilatlari (1)

2. Auditoriya bilan aloqa o‘rnatish va saqlab turish.
Nutqni boshlash oldidan 15-20 sekund psixologik pauza zarur, aks holda 
aloqa o‘m atish qiyin bo‘ladi.
Ko‘zlar orqali aloqa ham muhim rol o ‘ynaydi. Suhbat davomida vaqtning 
65 foizdan kam boMmagan qismida ko‘z aloqasining ta’minlanishi ikki 
tomonning o ‘zaro qiziqishini orttiradi, ko‘z aloqasi vaqtining 30 foizdan 
kamligi ikki tomonning bir-biriga qiziqishi kamligini bildiradi. Auditoriyada 
birorta shaxsga yoki guruhga qarab nutq so‘zlash maqsadga muvofiq. 
Lekin butun e ’tibom i o ‘sha guruhga qaratish mumkin emas. Auditoriyani 
bir nechta guruhlarga bo‘lib olib, ularning har biriga navbati bilan e’tibor 
qaratib turish kerak.
Nutqni notiqlik tajribangiz kamligi yoki ushbu mavzuga ob’ektiv 
sabablarga k o ‘ra yaxshi tayyorgarlik ko‘rolmaganingiz haqida axborot 
berishdan boshlamang.
Nutqingiz juda yaxshi chiqsa ham sizga a’lo baho bermaydilar, nari 
borsa: «Birinchi safar uchun yomon emas» deydilar.
60


Nutq salomlashishdan boshlangani m a’qul. Agar tinglovchilar bilan avval 
ham uchrashgan boMsangiz, ularga o ‘z minnatdorchiligingizni bildiring va 
ulami maqtashga harakat qiling.
Nutq so‘zlayotganingizda tabassumdan foydalaning. Ular turlidia 
bo‘lishi mumkin, y a’ni - minnatdorchilik tabassumi, tushunish tabassumi, 
xursandchilik tabassumi, m a’qullash tabassumi va h.k.
3. 
Hech qachon o ‘zingizning auditoriyadan ustun ekanligingizni
ko‘rsatishga o ‘rinmang.
Bu harakatingizga qarama-qarshi qurol qilib, Sizning xato va 
kamchiliklaringizni topishga harakat qiladilar.
Agar m a’ruza davomida sizga e ’tiroz bildirishsa, quyidagi y o ila r bilan 
Ulaming ta ’sirini pasaytirishingiz mumkin:
• e ’tirozlarga e ’tibor bermang;
• unga qarama-qarshi savol bering;
• «e’tirozingiz uchun minnatdorman, men unga keyinroq albatta 
qaytaman», deb uni keyinroqqa suring;
• e ’tirozni silliqlashtiring, y a’ni «Ayrim shaxslardan shunday e ’tiroz 
bo‘lishini kutgan edim, lekin o ‘ylaymanki, qolganlar m a’ruzamni 
oxirigacha eshitishni xohlaydilar»;
1 • «ha, lekin» taktikasini qo‘llang, ya’ni «umuman olganda siz haqsiz, 
lekin ayrim ko‘rsatkichlarga e’tibor berishingizni so‘rayman»;
• agar birortasi «qaytaring», «qaerdan eshitgansiz» degan so‘zlarni ko‘p 
marotaba aytib, Sizga e ’tiroz bildirsa, biroz sukut saqlab, so‘ngra: 
«Fikrimni davom ettirsam maylimi?» deb undan ruxsat so‘rang.
Nutq ravon bo‘lishi kerak. Jumlalar ham qisqa bo‘lishi lozim. Nutqda 
maqollar, aforizmlardan foydalanish auditoriyaning e ’tiborini saqlab 
qolishingizga yordam beradi.
Lekin e’tibor susayishining ob’ektiv va sub’ektiv sabablari mavjud.
O b’ektiv sabablarga quyidagilar kiradi:
• tajribadan m a’ lumki, so‘zlash tezligi va uni idrok etish tezligi o ‘rtasida 
nomutanosiblik mavjud, y a’ni kishi bir minutda 125 ta so‘z gapiradi, 
lekin uning miyasi shu vaqt ichida 400 ta so‘zni qayta ishlay oladi. 
Demak, har minutning 60 foizida miya bo‘sh qoladi va bu vakuumni 
boshqa fikrlar egallaydi;
• kishi e ’tibori hajmining chegaralanganligi, ya’ni 4-5 ob’ekt;
• uchrashuv joyi;
• e ’tiborning tabiiy susayishi, y a’ni auditoriyaning birinchi e ’ti­
bor krizisi 15-20 minutdan keyin yuz beradi, ikkinchisi esa 30-35 
minutdan keyin.
Ritorika qoidalarini, asosan, uch bosqichga bo‘lish mumkin:
• ritorika ko‘nikmalariga dastlabki tayyorgarlik;
61


• so'zga chiqishga bevosita tayyorgarlik ko‘rish;
• so‘zga chiqayotgan vaqtda o ‘zini tuta bilish.
I bosqichda quyidagilami amalga oshirish mumkin:
• m a’lum xayoliy auditoriya oldida chiqib so‘zlashni mashq qilish;
• kasbiy faoliyatingizda ishlatiladigan alohida atama va tushunchalar 
(dastlabki) izohini aniqlab olish;
• o ‘zingizning chiqishingiz aks etgan audio va video yozuvlarini tahlil 
qilish va h.k.
II bosqich o ‘ta muhim hisoblanib, nutqning muvaffaqiyatli chiqishini 
ta’minlaydi. K o‘pchilik hollarda vaqtning kamligi yoki o ‘ziga ortiqcha 
ishonganlik oqibatida bu bosqichga e ’tibor berilmaydi. Auditoriyaning 
tayyorgarlik darajasi, nutqqa ajratilgan vaqt va mavzuga qarab quyidagi 
so‘zga chiqish strukturasini tavsiya qilish mumkin:
• kirish, mavzuning qisqacha mazmuni;
• ko‘rib chiqilayotgan muammoning qisqacha tarixi;
• muammoning rivojlanish tendensiyasi;
• muammoni hal qilishda erishilgan ijobiy va salbiy natijalar;
• muammoni hal etish bo‘yicha takliflar;
• xulosa.
Tayyorgarlik ko‘rish davomida sizning chiqishingiz o g‘zaki yoki 
yozma shaklda ekanligi muhim ahamiyatga ega. O g‘zaki nutq bir qancha 
ustunliklarga ega:
• so‘zlar ohangining turlicha ekanligi;
• nutqning alohida e’tiborga molik tomonlarini ajratib ko‘rsatish;
• dialogdan foydalanish va h.k.
III bosqich nutq davomida, avvaldan tayyorlab qo‘yilgan rejani amalga 
oshirish, zarur b o‘lgan hollarda auditoriyaning xatti-harakatiga qarab 
o ‘zgartirish kiritish, tayyorgarlik paytida belgilab qo‘yilgan iboralami 
alohida ohang bilan talaffuz etish. Nutq jarayonida tinglovchilar e ’tiborini 
chalg‘itadigan harakatlar qilmaslik zarur. Notiqning xatti-harakati, tabiiyki, 
ko‘rib chiqilayotgan muammoga mos kelishi va auditoriyani qiziqtira 
bilishi kerak. Auditoriya tarkibiga qarab qoilanilayotgan atamalarga izoh 
berish yoki bermaslikni ajrata bilish zarur. Agar statistik m a’lumotlar yetarli 
bo‘lsa, ularni sanab o ‘tish maqsadga muvofiq emas, chunki raqamlardan 
ko‘p foydalanish auditoriyani zeriktirib qo‘yadi, sizga boMgan e ’tiborni 
susaytiradi. Natijada muhim boMgan m a’lumotlar e ’tibordan chetda qoladi.
Yuqorida bayon etilganlarga yakun yasab, aytish mumkinki, notiqlik 
san’atini yaxshi egallagandagina, rahbar-xodim o ‘z zimmasiga yuklangan 
boshqarish vazifasini maqsadga muvofiq amalga oshirishi mumkin, bu esa, 
o ‘z navbatida, tashkilotning samarali faoliyatini ta ’minlaydi.
Agar sizga nutq jarayonida xalaqit berishsa quyidagi iboralami qoMlash 
joiz emas:
62


1. «Agar siz meni chalg‘itmoqchi bo‘lsangiz» (Sizni allaqachon chalg‘itib 
bo‘lishdi).
2. «Sizning tanqidingiz nojoiz».
3. «Avval o ‘ylang, keyiifbaqiring».
4. «Xalaqit bermang».
Javobning namunali usuli:
1. Shunday javob berish kerakki, so‘rayotgan odamni noqulay ahvolga 
qo‘yib, uni o ‘ylantirib, hayron qoldirish kerak.
2. Eshituvchilar savol yoki tanqidni baholashlari uchun ulami qaytarish 
zarur.
3. Tanqid yoki uni aniqroq ifodalashni so‘rash lozim.
4. So‘rovchidan aniq m a’lumotlami so‘rash joiz.
5. Javob berayotganda «ha, lekin» iboralarini ishlatish kerak. Masalan, 
sizning fikringizga qo‘shilaman, lekin... yoki Siz xaqsiz, lekin shu bilan 
birga...
6. «Bunday savolni men ham ko ‘zda tutgandim, lekin men davom 
ettirsam yaxshi bo‘lur edi» kabi so‘zlar bilan chalg‘ituvchi (provokasion) 
savollarni neytrallashtirish lozim.
7. «Chalg‘imaylik. Biz uchun hozir asosiy masala...» kabi dialektik 
usullami qo‘llash kerak.
8. So‘roqqa tutuvchiga keyingi nutqqacha sabr qilib turishini uqtirish 
lozim.
Xalaqit beruvchidan «bu holatda uning o ‘zi qanday ish tutgan bo‘ lur edi» 
deb so‘rash kerak. Eng yaxshisi:
• muloyimlik chegarasidan o ‘tmaslik;
• butun auditoriyaga ahamiyat berish;
• «savol uchun tashakkur» jum lasini ishlatish;
• munozaraga vaqt ketkazmaslik kerak.

Yüklə 2,96 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   88




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə