Abdurashid to xtaboyev


N O T IQ L IK Q O ID A L A R I



Yüklə 2,96 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə35/88
tarix22.05.2023
ölçüsü2,96 Mb.
#112168
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   88
Toxtabayev A. Menejer fazilatlari (1)

57


N O T IQ L IK Q O ID A L A R I
Ayrim notiqlar ritorika qoidalarining ushbu bosqichiga yetarli e’tibor 
bermaydilar. Oqibatda auditoriya oldida so‘zlangan nutq o ‘z ta ’sirchanligini 
yo ‘qotadi.
Har bir so‘zga chiqishga alohida e’tibor berish kerak. Bu tayyorgarlikka 
ertalab nonushta qilayotganda yoki ishga ketayotganda emas, balki alohida 
vaqt ajratish kerak. Har bir nutqqa 20-25 minut sarflash zarur. Bu vaqt 
m ateriallarto‘plash, tahlil qilish, ularni jam lash, qisqa tezislarvarejatuzishga 
sarflanadi. Mavzu tanlanganidan keyin uning maqsadi aniq belgilab olinishi 
kerak. Bu uning hajmi, mazmunini aniqlash va materiallarni tanlashga 
yordam beradi. Materiallar nafaqat yangi faktlarga boy, balki qiziqarli, 
barchani hayajonlantiradigan va o ‘ziga xos xususiyatga ega b o‘lishi kerak.
Materiallar yetarlicha to ‘planganidan keyin reja tuzishga kirishish 
mumkin. Rejaning maqsadi - nutqning ixchamligi, mantiqiy ketma-ketligi 
va bog‘liqligini ta’minlash. Rejani tayyorlashda auditoriya tarkibiga e’tibor 
berish kerak. Nutqingiz mazmunini avvaldan gapirmasligingiz zarur, 
aks holda fikrlaming qaytarilishidan qochib, ayrim faktlarning o ‘tkazib 
yuborishingiz mumkin.
Reja tayyor boMganidan keyin tezis yoki matnni tayyorlash kerak. Matn 
yozish «yosh» notiqlarga nutqning ixchamligi va shaklini saqlab qolishga 
yordam beradi. Notiqning malakasi va tajribasi ortib borgan sari matn 
o'rniga tezis va keyinchalik oddiy belgilar ham yetarli bo‘ladi.
Matn yoki tezislaringiz tayyor bo ‘lganidan keyin, albatta xayoliy 
auditoriya oldida so‘zlashni mashq qilishingiz kerak. Nutqingizni magnito- 
fonda eshitish, agar iloji bo‘lsa videomagnitofonda ko ‘rish, u yerdagi 
mavjud kamchiliklarni bartaraf qilishingizga katta yordam beradi. Bu usul 
AQSh, Fransiya, Germaniya va Yaponiyada keng tarqalgan.
Tezisni qalin kartochkalarga yoki qog'ozlarga yozish, qatoriar orasidagi 
intervalni katta qo‘yish, asosiy m a’lumot va tayanch so‘zlarni rangli qilib 
yozish maqsadga muvofiq hisoblanadi.
Jamoa oldida chiqib so‘z boshlagan tajribasiz notiq, odatda, quyidagi 
sabablarga ko‘ra o ‘zini noqulay sezadi:
• notiqlik ko‘nikmalarining yo'qligi;
• nutqning maqsadi va unga yetish yo ‘llarini tushunmasligi;
• malakasining yetishmasligidan qo‘rqishi;
• auditoriya salbiy baho beradi, deb o ‘ylashi;
• tashqi ko‘rinishi, o ‘zini tuta bilishi va gapirishida kamchiliklarni his 
qilishi;
• avvalgi chiqishlarini eslashi.
Bunday hislarni nutq so‘zlashga tayyorgarlik ko‘rishni yaxshilash, xotira 
va e’tibom i mashq qildirish, o ‘ziga to‘g‘ri baho berishni shakllantirish orqali
58


yo‘qotish mumkin. So‘zga chiquvchi yozgan matndan chiqib ketganida, 
«nima deyman»ning o ‘m iga «qanday ta ’sir qilay» degan vazifani o ‘z oldiga 
qo‘ygandagina yuqoridagi kamchiliklardan qutuladi. Demak, yutuqqa 
erishish materialni to ‘la bilishni taqozo etadi.
Notiq auditoriyaga yoqishga harakat qilishi kerak, bu ortiqcha hasham 
emas, balki professional vazifadir. Buning uchun notiq attraksiya va 
fassinasiyaning psixologik mexanizmlaridan foydalanishi tavsiya etiladi. 
Attraksiya deganda notiq o ‘zining tashqi ko ‘rinishi bilan auditoriyaning 
diqqatini o‘ziga qaratishi tushuniladi. Fassinasiya deganda esa notiqning 
auditoriyani so ‘zlar yordamida o ‘ziga rom etishi tushuniladi. Qadimgi 
Yunonistonda fassinasiya keng ommalashgan bo‘lib, buyuk Siseron shunday 
degan edi: «Agar badavlat - zodagon notiqlik san’atini egallamas ekan, 
uning obro‘yi oddiy qulning obro‘yidan baland bo‘lmaydi». Notiq ushbu 
tavsiyaga amal qilgandagina auditoriyaga nutq mazmunini to ‘la yetkazish 
imkoniyatiga ega bo‘ladi.
Auditoriyaning moyilligiga erishishda quyidagi omillar muhim o ‘rin 
tutadi:

Yüklə 2,96 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   88




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə