Abdurashid to xtaboyev



Yüklə 2,96 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə33/88
tarix22.05.2023
ölçüsü2,96 Mb.
#112168
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   88
Toxtabayev A. Menejer fazilatlari (1)

54


f

B a’zi bir yumushlarni bajarishda ortiqcha ovoragarchilik, y a ’ni 

takrorlanishlar b o ‘lmayaptimikan?
Faoliyatni taqsimlash boshqalar faolligi, aql-idroki, tajribasi va ularga 
bo'lgan ishonchni oshiradi. M enejer xodimlami o ‘qitish va faoliyatini 
asoslashga kundalik ishlami bajarishdan ko‘ra ko‘proq e ’tibor berishi 
kerak. Buning uchun xodimlarga eng quyi pog‘ona imkoniyatlami inobatga 
olgan holda ish buyurish kerak. Ishni taqsimlash xodimning mazkur 
faoliyatni mustaqil bajarishi degani emas. Bunda xodimni nazorat qilish, 
faoliyatni tushuntirish zarur. Doimo yordam, maslahat berish, o ‘qitish 
kerak. Nazoratsiz qoldirmaslik, hisobotni talab qilish zarur. Agar natijalar 
yaxshi bo ‘lsa, taqdirlash kerak. Hech qachon buyurgan ishingizni qaytarib 
olib o ‘zingiz bajarmasligingiz kerak. Uyda ham faoliyatni xuddi shunday 
taqsimlash zarur.
8. M ajlislar
Endi majlislarga sarflanayotgan vaqt haqida to ‘xtalsak. Bir tajribali 
administrator (m a’mur): «Men har hafitaning dushanba kunlari rahbariyat 
o ‘tkazadigan majlislar davomida vaqtimizni behuda sarf qilamiz deb 
bilaman. Biz hech qachon nega yig‘ilayotganimizni, suhbat qaysi mavzuda 
borishini bilmaymiz va shuning uchun ham majlis qachon tamom bo‘lishini 
tasavvur qila olmaymiz. Faqat bir narsani, har dushanba uchrashishimizni 
aniq bilamiz, xolos. Bunday majlislar nega o ‘tkazilishini tushuna olmayman 
va bu mening asabimga tegadi» deydi.
M ajlislar unumsiz o'tkazilishining o ‘ziga xos sabablarini ko‘rib 
chiqsak:
• kerak bo‘lmagan majlislaming o ‘tkazilish sabablaridan biri rahbarning 
mustaqil qaror qabul qilishga ishtiyoqi y o ‘qligi (majburiyatni o ‘z 
zimmasiga olishni xohlamaydi) yoki uning suhbatlashishga bo‘lgan 
ehtiyoji b o iish i mumkin;
• qatnashchilar kun tartibi bilan tanish bo‘lmasIiklari (demak, ular 
ko‘rilishi kerak bo‘lgan m asalalami oldindan o ‘rganib chiq- 
maganlar);
• majlisda ko ‘rilayotgan muammoni hal qilishda ishtiroki talab 
etilmaydigan kishilaming majlisda ishtirok etishlari, birinchidan, 
ulam ing vaqtlari behuda ketishiga, ikkinchidan, majlisni boshqarish 
jarayoni murakkablashishiga sabab bo‘ladi;
• majlis maqsadining aniq emasligi, uni o ‘tkazish rejasining yo ‘qligi;
• majlis o ‘tkazish uchun tanlangan joyning noqulayligi (e ’tibomi 
buzuvchi shovqin borligi, texnik vositalarning yo'qligi, xodimlaming 
ish joylaridan uzoqdaligi va h.k.);
55


• majlis vaqtini aniq belgilamaslik vaoqibatda majlisning uzoq cholzilib 
ketishi;
• kun tartibidan chetlashish;
• asosiy muammolami ko‘rsata bilmaslik oqibatida ish jarayonida hal 
boMishi mumkin bo ‘lgan mayda masalalarning ko‘rib chiqilishi;
• ishtirokchilarni eshita bilmaslik. Bunda aytib o ‘tilgan qimmatli 
g ‘oyalar nazardan chetda qolib ketadi.
Yuqorida aytib o ‘tilganlar asosida majlislar o ‘tkazish samarasini 
oshirishga xizmat qiladigan qoidalami ishlab chiqish mumkin.
1. Muammolami majlislarsiz hal qilish to‘g‘risida o‘ylab ko‘ring:
• balki qaromi o‘zingiz qabul qilarsiz yoki bu masalani boshqa biror 
kishiga ishonib topshirish mumkindir;
• odamlami yig‘ish o ‘rniga balki masalani telefon yoki xat orqali 
muhokama qilish mumkindir.
2. Majlis qatnashchilari sonini iloji boricha qisqartiring.
3. Kun tartibini majlis maqsadini aniq ifodalagan holda tuzib chiqing.
4. Majlis ishtirokchilariga majlis kun tartibini oldindan tarqating.
5. M ajlis kun tartibi muhokamasi uchun yetarli vaqt va asosiy masalalami 
aniq belgilab oling.
6. Majlisni hamisha belgilangan vaqtda boshlang. Bu xizmatchilarda 
intizomni mustahkamlaydi va majburiyat hissini oshiradi.
7. Biror kishiga vaqtni nazorat qilish va majlis bayonnomasini yozib 
borishni topshiring. Yoddan chiqarmaslik uchun barcha aytilgan g ‘oyalami 
yozib boring.
8. Kun tartibiga qattiq amal qiling va muhokamalar ketma-ketligini 
buzmang.
9. Muammo muhokama etib boMingach, xulosalar qiling va aniq 
shaxslarga topshiriqlar yuklang. Keyinchalik esa ushbu topshiriqlar 
bajarilishini nazorat qilishni unutmang.
10. Kun tartibini muhimroq boMgan masalalar bilan boshlang. Shunday 
qilsangiz ularni yechib ulgurish imkoniyati tug‘iladi. Yana bir afzallik -
majlis qatnashchilari bu masalalami hali fikrlari chalkashmasdan, e ’tibor 
bilan tahlil qiladilar.

Yüklə 2,96 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   88




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə