Abu ali ibn sino nomidagi buxoro davlat tibbiyot instituti terapevtik stomatologiya kafedrasi



Yüklə 7,63 Mb.
səhifə35/235
tarix29.03.2023
ölçüsü7,63 Mb.
#103507
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   235
2- курс мажмуа лотин

-Sanitarkaning majburiyatlari:
1.Ish kuni boshlanishidan oldin va kun davomida 3-4 marta dezrastvor yordamida nam tozalash .
2.Har bir kasaldan keyin stakanlarni yuvish va tuplagichni tozalash, dezrastvor bilan ishlov bergan xolda .
3.Instruksiyaga muvofiq asboblarni zararlantirish va sterilizatsiyaga tayyorlash.
4.SHifokor –stomatologning ish joyini toza xolda saqlash.
5.Texnik va yong‘inga karshi xavfsizlikka rioya qilish.
6.Kun oxirida kabinetni dezrastvor bilan tozalash.
-Xamshiraninig majburiyatlari:
1.Dorilarni saklash va ishlatishni nazorat kilish
2. Aseptika va antiseptikaga rioya qilish.
3.Stomatologik asboblarni va paxta tamponlarini sterilizatsiyalash.
4.Stom. kabinetning xujjatlarini har kuni to‘ldirish
A)A i B shkafidagi dorilarning ishlatilishi jurnali
B)Sterilizatsiyani tekshirish jurnali
V)Passiv va aktiv immunizatsiyalash jurnali
5.Dorilarni saqlash muddatini nazorat qilish
6.Jihozlarni saqlanilishini nazorat qilish
7.Bemorlarni qabul qilishga kabinetni tayyorlash
8. Sanitarkani ishini instruksiya bo‘yicha nazorat qilish
Poliklinikada har bir bemorga kasallik tarixi ochiladi (forma №043/ U). Bemorlarning oylik hisoboti №39-stom. forma bo‘yicha to‘ldiriladi.
Registraturada kasallik tarixi ochiladi (forma №043/U), unda registrator kasallik tarixini nomerini qo‘yadi va pasport qismini to‘ldiradi ( F.I.O., tug‘ilgan yili, adres, ish joyi). SHifokor kasallik tarixida tashxisni, bemorning shikoyatlarini, kechirgan va yo‘ldosh kasalliklarini, kasallikni rivojlanish tarixini, tashqi ko‘rinishi obъektiv belgilarini va og‘iz bo‘shlig‘i xolatini yozadi. Tish formulasi to‘ldiriladi: yo‘q tishlar - «O», karies- «S», pulpit- «R», periodontit- «Pt», plomba- «P», paradontoz va parodontit – «A», tishlar qimirlash darajasi - «I ,II,III», koronka - «K», sunъiy tish - «I» bilan belgilanadi. Kasalning prikusi aniqlanadi va og‘iz bo‘shlig‘i shilliq qavati xolati yoziladi.
Zaruriyat tug‘ilganda bemorga rentgen qilinadi va uning natijalari kasallik tarixiga yoziladi. Alohida davolash rejasi belgilanadi.
- Sterilizatsiyaning turlari:
Qaynatish, bosim ostida bug‘, quruqissiq va sovuq turlari.
-Tulik metall asboblarni kaynatish usuli bilan sterilizatsiya kilinadi. CHukma xosil buliщini kamaytirish maksadida sterilizatorga distillangan suv va ichimlik sodasi solinadi. Sterillash davomiyligi kaynab chikkandan boshlab 30 minutdan kam bulmasligi kerak.
-Parli yoki elektrik avtoklavlarda bug bilan bosim ostida boglov materiallarini, kiyimlar, paxta shariklar, turundalar sterillanadi. Sterillangan materiallarni 3 sutkagacha saklash mumkin.
-Kuruk-bugli sterilizatsiyada metall asboblar 40 minut davomida sterillanib, bundan 25 minuti asboblarni belgilangan temperaturagacha kizdirish uchun, 15 minuti zararsizlantirish uchun ajratiladi
- Sovuk sterilizatsiya usuli bilan kesuvchi asboblar va stomatologik oynani sterillanadi.Asboblarni 2 soatga 96% li spirtga solinadi. Instrumentlarni uchlik eritmada saklanadi.Uchlik eritma tarkibi:
Rp: Formalini 20,0
Ac.carbolici 50,0
Natriihydrocarbonatis 15,0
Aq. destillataead 1000 ml.D.S.: Stomatologik xona uchun..
Sovuk sterilizatsiya uchun 1% xloramin, 6% vodorod peroksid eritmasi, 3% formalin, 1% li xlorgeksidin, 10% dimeksid eritmasidan foydalanish mumkin.
Nakonechniklarni sterillashning eng maъkul usuli – bu ularni vazelinda kaynatish va keyin sentrifugalash usulidir. Lekin bu sterillash usuli yuz-jag jarroxligida kullaniladi. Terapevtik stomatologiya xonalarida nakonechniklarni sterillash uchun paxta-marleli tamponni 1%li xloramin, 3% li formaldegid yoki uchlik eritmada namlab nakonechnikning tashki kismlari va bor turadigan kanalni 2 marotaba artish usulidan foydalaniladi. Xloramin va formaldegid bilan sovuk sterilizatsiya kilinganda sterilizatsiya davomiyligi 30 minut, uchlik eritmadan foydalanilganda 45 minut. STOMATOLOGIK BO'LIMLAR VA STOMATOLOGIK XONANING JIHOZLANISHI
Stomatologik yordam - aholiga ko'rsatiladigan maxsus tibbiy yordamning ko'p tarqalgan turi.
Ambulator - poliklinik tizimga murojaat qiluvchi har oltinchi bemor, og'iz bo'shlig'i kasalligidan shikoyat qiladi.
Hozirgi davrda mamlakatimizda faoliyat ko'rsatayotgan stomatologik muassasalar davolash tizimi bo'yicha turli-tumandir. Ularning tarkibiga maxsus shifoxonalar, stomatologik boiim va xonalar, tibbiyot-sanitar qismlar, dispanserlar, o'quv muassasalari, xususiy stomatologik xonalari kiradi.
Aholiga sifatli stomatologik yordam ko'rsatilishida stomatologik polikl inikaga katta mas' uliyat yuklatiladi. Stomatologik shifoxonaning asosiy vazi fasi o'z vaqtida stomatologik kasalliklarining oldini olish, yuz-jag' sohasi kasallangan bemorlarni davolashdan iboratdir.
Yildan-yilga xususiy stomatologik klinikalarning ortib borishi, zamonaviy stomatologik qurilma va moslamalarning kirib kelishi tibbiyot xodimlariga katta mas'uliyat yuklaydi.
Stomatologik poliklinika xodimlari oldida quyidagi asosiy vazifalar turadi:
Aholining yuz-jag' sohasi kasalliklarining oldini olish chora-tadbirlarini amalga oshirish;
Kasallikni erta aniqlashga qaratilgan chora-tadbirlarni tashkil qilish va o'tkazishda shifokorga ko'mak berish;
- Mutaxassis tomonidan yuqori saviyada stomatologik
ambulator yordam ko'rsatishga yondashish.
Yuqorida sanab o'tilgan muammolarni bartaraf etishda tibbiyot xodimlari, shuningdek, tibbiy hamshiralar bir qator tadbirlar o'tkazishi lozim. Xususan:
Reja asosida tashkillashtirilgan bemorlar jamoasini profilaktik ko'rikdan o'tkazish bilan bir qatorda aniqlangan kasallarni davolash;
Harbiy xizmatga chaqirilayotgan va chaqirilgan aholi o'rtasida og'iz bo'shlig'ining to'liq sanatsiyasini o'tkazish;
O'tkir kechuvchi kasalliklarda va yiiz-jag' sohasi jarohatlarida bemorlarga shoshilinch yordam ko'rsatish;
- Stomatologik bemorlarning alohida kontingenti orasida
dispanser kuzatuvi olib borish;
-Bemorlarga yordam ko'rsatish, stomatologik yordamgamuhtoj bemorlarni klinikaga yotqizish;
Vaqtincha ishga layoqatsiz bemorlarda kerakli tekshiruvlar o'tkazish, ishga vaqtincha layoqatsizlik varaqasini rasmiylashtirish, ishga joy lashish uchun sog'lig'i to'g'risidagi ma'lumotnoma berish;
Yuz-jag' sohasida patologik o'zgarishi bor bemorlarda reabilitatsion tadbirlar (kompleks) tizimini o'tkazish;
Stomatologik kasallanishni tahlil qilish;
Zamonaviy tashxislash va davolash usullarini, yangi tibbiy texnika va qurilmalarni, dori vositalami hayotga tatbiq etish;
Aholi orasida sanitar-oqartuv ishlarini olib borish;
Tibbiy othamshiralari mutaxassisligi malakasini doimiy oshirib borish. ^
Stomatologik poliklinika tizimining tuzilishi unda faoliyat ko'rsatayotgan vrachlar soniga bog' liq. Har bir stomatologik poliklinika faol xizmat ko'rsatishi uchun bir qator tizimlarga egabo'lishi lozim. bularga: ro'yxatxona, terapevtik, xirurgik, ortopedik bo'limlar, bolalar stomatologiyasi, rentgen tashxislash va fiziodavolash xonalari, birlamchi ko'rikdan o'tish xonalari kiradi, Bundan tashqari poliklinikada stomatologik yordamning tor mutaxassisligi bo'yicha xonalar: parodontologik xona, og'iz bo'shlig'i shilliq qavati patologiyasi bor bemorlarni qabul qilish, allergologik, funksional tashxislash, anesteziologiya, ortodontiyavaprofilaktika xonalari bo'lishi lozim.
Har bir bo'lim va xonalar o'ziga xos xususiyat va faoliyatga ega bo'lgani uchun tibbiyot hamshirasi bular bilan yaxshi tanishgan bo'lishi kerak.


Yüklə 7,63 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   235




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə