Iqtisodiy josuslik
. Raqobat bozor xo‘jaligining
tamal toshi
hisoblanadi, va bozorni egallash bo‘yicha kurashda transmilliy biznes
o‘z raqobatchilaridan texnologiyalar va boshqa tijorat axborotini
o‘g‘irlash usullaridan foydalanadilar. Iqtisodiy josuslik bilan, asosan,
rivojlangan va yangi industrial mamlakatlar shug‘ullanadilar. Uning
tashkilotchilari sifatida
nafaqat tijorat firmalari, balki o‘z
mamlakatining tadbirkorlariga ko‘mak berish maqsadida davlat
xavfsizlik xizmatlari ham namoyon bo‘lishadi.
Ushbu usullardan
foydalanish natijasida raqobat o‘zining bozorga xos xususiyatlarini
yo‘qotadi, uning iqtisodiy xususiyati zo‘ravonlik tusini ola boshlaydi.
Global miqyosda noqonuniy iqtisodiyotning muammolarini keng
taraqqiy etishi parodaksal natijaga olib keladi. Milliy xo‘jaliklarni
yagona global tarmoqqa integratsiyalashuvi
iqtisodiyot ustidan
nazorat kuchayishiga olib kelishi kerak edi. Bunday tendensiya
mavjud, lekin u bilan birga diametral
qarama-qarshi tendensiya
mavjud: ko‘pgina geografik hududlar va iqtisodiyot sektorlari davlat
va jamoat tashkilotlari nazoratidan chetda qolishadi. Lekin, shu bilan
birga, ular jahon xo‘jaligiga integrallashgan bo‘lib qolaveradi, va
aynan shu integratsiyalashuv ularning
turli jinoiy faoliyatlarga
ixtisoslashuvini rag‘batlantiradi.
1980-yillarda narkobiznes “imperiya”lari (birinchi navbatda,
Lotin Amerikasi) tadqiqotchilari tomonidan “kul rang hududlar”
termini qo‘llana boshlandi. Uchuvchilarning norasmiy lug‘atida radar
yordamida ko‘rish imkoni bo‘lmagan hududlar shunday nomlanadi.
Hozirgi vaqtda “kul rang hududlar” tushunchasi faqatgina geografik
emas balki tarkibiy-iqtisodiy ma’noni kasb etmoqda.
Dostları ilə paylaş: