Academic research in educational sciences


ACADEMIC RESEARCH IN EDUCATIONAL SCIENCES



Yüklə 253,22 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/5
tarix23.04.2023
ölçüsü253,22 Kb.
#106702
1   2   3   4   5
128-132

 


ACADEMIC RESEARCH IN EDUCATIONAL SCIENCES 
VOLUME 2 | ISSUE 8 | 2021 
ISSN: 2181-1385 
Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 
Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor 2020-21: 0.89 
DOI: 10.24412/2181-1385-2021-8-103-108 
Academic Research, Uzbekistan 129 www.ares.uz 
ADABIYOTLAR TAHLILI 
Kimyo fanidan aniqlangan ko‘plab nazariy qonuniyatlarning ochilishida aynan 
aniq izchillik bilan muayyan maqsadni ko‘zlab amalga oshirilgan tajribalarning 
natijasidir. Tabiiy fanlar sirasiga kiradigan kimyo fanidan bildiriladigfan har qanday 
fikr va mulohaza albatta, tajriba yordamida tasdiqlanmog‘i zarur. Kimyo fanining 
rivojlanishining dastlabki davrlarida A.Vyurs, O.Tenar, Gey-Lyussak, U.Sharl, 
Berselius, Kuper, Kekule, Vyoler, Mendeleyev, J.B.Bio, Faradey, Beylshteyn,
O.Loran, Molyus va boshqa ko‘plab kimyogar olimlar tomonidan keyinchalik fanda 
muhim o‘rinni egallagan qonuniyatlarning ochilishiga sabab bo‘lgan ko‘plab 
tajribalar bajarilgan. Aynan ularning qilgan ishlari amaliy kimyoni rivojlanishida 
muhim omil bo‘ldi.
 
METODOLOGIYA 
Yangi pedagogik texnologiyalar asosida tashkil etilgan darslarda, 
laboratoriya mashg‘ulotlarining o‘quvchilarning aqliy qobiliyati, so‘zlash
madaniyati, bir-biriga do‘stlik, inoqlik munosabatlarini hisobga olingan holda 
tashkil qilinishi o‘quvchilarda bir-biriga yordam, do‘stlik, inoqlik hissi uyg‘onishiga 
va bu orqali ularning malaka va ko‘nikmalarini egallashlari osonlashishiga olib 
keladi. Laboratoriya va amaliy mashg‘ulotlarni o‘tkazish, avvalo, o‘quvchilarning 
shu fandan olgan nazariy bilimlarini mustahkamlashga xizmat qiladi, turli sifat va 
miqdoriy reaksiyalarning rang va miqdor o‘zgarishi bilan borishi, cho‘kma tushishi
va gaz ajralishi bilan boradigan tajribalar ularda fanga katta qiziqish uyg‘otishi 
tabiiy. Amaliy mashg‘ulot va laboratoriya ishlarini o‘tkazishda turli xil kimyoviy
idishlar, kimyoviy moddalar mavjudligi va o‘qituvchining ulardan oqilona 
foydalana olishi zaruriy shartlardandir. Laboratoriya mashg‘ulotlarida kimyoviy 
tajribalarni bajarish, kimyo fanini muvaffaqiyatli o‘rganishning eng zaruriy 
shartlaridan biri bo‘lib, o‘quvchilar ongida nazariy o‘quv materialini mustahkamlash 
vazifasini qo‘yadi. 
Eksperimentni kibernetik nuqtai nazardan tushunish birinchi marta 
V.M.Glushkovning tadqiqot ishlarida berilgan. O.K.Tixomirovning aytishicha 
,,eksperiment‘‘ – bu ma‘lum sharoitda ko‘rsatilgan maqsad. L.L.Gurova eksperiment 
tushunchasini quyidagicha izohlaydi: ,,Eksperiment- bu uning ma‘lum va noma‘lum 
elementlari o‘rtasidagi bog‘liqlikni ochib beruvchi shartlarni izlash yo‘li bilan nazariy 
savol-javob yoki amaliy o‘zgarishlarni talab etishdan iborat fikrlash faoliyati 
obyektidir.‘‘ S.L.Rubinshteyn eksperimentga maqsad va sharoitlarning isboti sifatida 
qaraydi. D.I.Mendeleyev: ,,Eksperiment‘‘ tabiatni so‘roq qilish san‘atidir‖ degan. 



Yüklə 253,22 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə