Academic research in educational sciences


ACADEMIC RESEARCH IN EDUCATIONAL SCIENCES



Yüklə 253,22 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/5
tarix23.04.2023
ölçüsü253,22 Kb.
#106702
1   2   3   4   5
128-132

ACADEMIC RESEARCH IN EDUCATIONAL SCIENCES 
VOLUME 2 | ISSUE 8 | 2021 
ISSN: 2181-1385 
Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 
Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor 2020-21: 0.89 
DOI: 10.24412/2181-1385-2021-8-103-108 
Academic Research, Uzbekistan 130 www.ares.uz 
O‘quvchi eksperimenti o‘quvchilarning mustaqil holda kimyoviy tajribalarni
bajarishi bo‘lib, maktab kimyo dasturida darslik va o‘quv qo‘llanmalarda
keltirilgan bo‘ladi. Kimyoviy eksperiment nafaqat o‘quvchilarda uni o‘tkazishga 
oid ko‘nikma va malakalarni shakllantiradi, balki o‘quvchilar tomonidan egallangan
bilimlarning haqqoniyligini asoslab beradi. Bilimlarning egallanishi o‘quv 
materialini chuqur, to‘laqonli o‘zlashtirishga olib keladi. U kimyo yo‘nalishi 
asosidagi kasblardan birini tanlashda, fanning turmush bilan bog‘liqligini 
anglagan holda o‘ziga xos turtki bo‘lib hisoblanadi.
TAHLIL VA NATIJALAR
Har bir darsda va ayniqsa, amaliy mashg‘ulotlar vaqtida o‘qituvchi 
o‘quvchini zamonaviy fan-texnika yangiliklari bilan tanishtirib, imkon qadar ularga 
ana shu yangiliklar bilan bog‘liq tajribalarni ko‘rsatib borishi zarur. Yangi axborot 
texnologiyalaridan an‘anaviy darslarda, jumladan, kimyo fanidan amaliy 
mashg‘ulotlarda, laboratoriya ishlarini, namoyish tajribalarini samarali qo‘llash 
mumkin. O‘quv jarayonida eng yangi axborot texnologiyalari vositalaridan 
foydalanish samaradorligi ko‘p jihatdan axborot mazmuni bilan bog‘liq uslubiy 
vazifalarni muvaffaqiyatli hal etishga bog‘liq.
 
Har doim ham o‘qituvchi o‘zi xohlagan tajribani bajara olmasligi mumkin, 
chunki kabinetning moddiy bazasi har doim ham zamonaviy kimyo kabinetining 
talablariga javob bermaydi. Shuning uchun bu yerda kompyuter vositalaridan 
foydalanish ushbu muammoni samarali hal qilishga yordam bera oladi. 
O‘quvchilarning dasturiy ta‘minot bilan ishlash afzalligi shundaki, bunday faoliyat 
tadqiqot va ijodiy faoliyatni rag‘batlantirish uchun xizmat qiladi. 
AKT kimyo darslarida va darsdan tashqari ishlarda faol o‘quv jarayonini 
qo‘llab-quvvatlash uchun ishlatilishi mumkin. Shuning uchun, kimyo ta‘limida 
virtual tajribalarning quyidagi afzalliklari mavjud, masalan: 
- Maktab kimyo laboratoriyasida mavjud bo‘lmagan eksperimentlarni 
o‘tkazish; 
-masofaviy seminarlar va laboratoriya ishlari, shu jumladan cheklangan 
imkoniyatlarga ega bolalar va hududiy masofaviy maktab o‘quvchilari bilan o‘zaro 
aloqalar; 
-ish tezligi, reagentlarni tejash;
-maktab o‘quvchilarining bilim olishga bo‘lgan qiziqishini kuchaytirish. 
- har bir darsdan oldin barcha o‘rnatishni qayta to‘plashning hojati yo‘q, 
asboblarni tekshirish uchun vaqt sarflash, ularni joyiga qo‘yish; 



Yüklə 253,22 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə