Academic Research in Educational Sciences volume 2


Academic Research in Educational Sciences



Yüklə 445,55 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/5
tarix20.10.2023
ölçüsü445,55 Kb.
#128809
1   2   3   4   5
maktabgacha-ta-lim-tarbiyachisi-pedagogik-faoliyatining-o-ziga-xosligi

Academic Research in Educational Sciences
 
VOLUME 2 | ISSUE 10 | 2021
 
ISSN: 2181-1385
 
Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723
 
Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor 2020-21: 0.89
 
DOI: 10.24412/2181-1385-2021-10-912-916
 
Google Scholar 
 Scientific Library of Uzbekistan 
Academic Research, Uzbekistan 913  www.ares.uz 
Respublikamizda amalga oshirilayotgan tub islohotlar bugungi kunda 
bog„chada, akademik litsey va kasb-hunar kolleji hamda oliy o„quv yurtlarida 
shakllanayotgan avlod ijobiy xulq-atvor me‟yorlari va qoidalarini, ilmiy bilim 
asoslarini, kasb-hunar malaka va ko„nikmalarini har tomonlama puxta egallab 
borishini talab qiladi. Buning uchun o„sib kelayotgan yosh avlodni bilimlar bilan 
qurollantirish milliy qadriyatlarimiz, ma‟naviyatimizni tiklash jahon madaniyati, 
milliy madaniyatimiz durdonalari bilan tanishtirish, ularni jismoniy sog„lom 
ma‟naviy etuk qilib tarbiyalashdek vazifalar qo„yildi. Davlat ahamiyatiga molik 
bunday vazifani amalga oshirishda umumta‟lim maktablari bilan bir qatorda xalq 
ta‟limining boshlang„ich bo„limi bo„lgan bolalar bog„chalari muhim rol o„ynaydi. 
Buning uchun har bir tarbiyachi o„zini talab va nazorat qila bilishi davlatimiz 
maktabgacha tarbiya tashkilotlari oldiga qo„ygan talablarni amalga oshirishning 
garovidir.
 
ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA
Tarbiyachi yosh avlodimizni xalqimizning munosib farzandlari qilib 
tayyorlashdek muhim, faxrli ish bilan birga mas‟uliyatli vazifani bajaradi. 
Tarbiyachining siyosiy etukligi bolalarni tarbiyalash sifati uchun xalq hamda jamiyat 
oldidagi o„z mas‟uliyatini anglashga, ta‟lim-tarbiya vazifalarini ijodiy yondashishga, 
o„z mahoratini doimo takomillashtirib borish va ishdagi o„rtoqlarini o„sishiga yordam 
beradi. Demak, tarbiyachi avvalo, bilimli bo„lishi, o„zi yashab turgan ulkan hayotini 
bilishi, tabiat va jamiyatning qonuniyatlarini tushunishi, ijtimoy faol bo„lishi, 
umumiy va maktabgacha tarbiya pedagogikasini, bolalar ruhiyati va fiziologiyasini 
egallashi va bolalarning yosh xususiyatlarini bilishi kerak. Shuningdek, pedagogik 
tarbiyachining hodisalarni tahlil qilishga ilmiy nuqtai nazardan yondashuvi bolani har 
tomonlama rivojlantirish muvaffaqiyatini amalga oshirishga imkon beradi. 
Uzluksiz ta‟lim jarayonida maktabgacha ta`lim tarbiyachisining pedagogik 
mahorati masalasi keng o„rganilgan sohalardan biri bo„lib, o„ziga xos pedagogik 
tizimning ishlab chiqilganligi bilan tavsiflanadi. K.Hoshimov, R.M. Qodirova, F.R. 
Qodirova, N.SH. Nurmuxammedova, M.Ochilov, S.Temirova, O.Musurmonova, 
S.Nishonova, U.Mahkamov, M.Inomova, M.Quronov, S.Ochilov, N.Ortiqov, 
Q.Qurbonboev, J.Toshmatova, Sh.Olimov kabi olimlar ish olib borganlar.
Taniqli pedagog, bolalarni ona tiliga o'rgatish uslub va uslubiyotlarini ishlab 
chiqqan uslubiyotchi, maktabgacha tarbiya bo'yicha mashhur mutaxassis, professor 
Y.l.Tixeyeva tarbiyachi nutqiga yuksak baho berib, shunday degan edi: „Bog'chada 



Yüklə 445,55 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə