Academic Research in Educational Sciences volume 3


Academic Research in Educational Sciences



Yüklə 0,49 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/4
tarix28.11.2023
ölçüsü0,49 Mb.
#136064
1   2   3   4
ogahiyning-tarixiy-asarlaridagi-fonetik-o-zgarishlar-xususida

Academic Research in Educational Sciences
 
VOLUME 3 | ISSUE 1 | 2022
 
ISSN: 2181-1385
 
Scientific Journal Impact Factor (SJIF): 5.723
 
Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor: 0.89
 
DOI: 10.24412/2181-1385-2022-1-355-358
 
Google Scholar 
 Scientific Library of Uzbekistan 
Academic Research, Uzbekistan 357  www.ares.uz 
Tovush tushish hodisasi ham yuz beradi. Ayniqsa, so`z o`rtasida tovush tushishiga 
ko`plab misollar uchraydi.
… Mashhad shahrining Hisori bag`oyet hasin va ulusi kofiri bedindurur va 
osonlig` bila uni fath qilmoqlig` yo`qdurur. 
(V jild, 32-bet) 
 
… Buznurd qo`rg`onining Najafalixonning inisi Mehrobbekkim, aqosining ixtilofi 
bila dahri buqalamun inqilobidin necha vaqtlar mulki diyor, xesh-u g`aboridin 
oyrilib mehnat vodiysining sargardoni va ishrat majlisining bazlagardoni erdi. 
(V 
jild, 54-bet) 
 
Havosi dilgudozu yeli jonso`z, 
Ikisi ham samuloso jahonso`z. 
 
(V jild, 23-bet) 
 
So`z oxirida tovush tushishi ham uchraydi:
Puli xotun xisht va qir va gajdin ta’mir topg`on bir purmatin va mustahkam 
ko`prukdururkim, Tajan daryosining tog` orasidin chiqib dalit, fazoilg`a jori bo`lg`on 
yerda voqe’durur. 
(V jild, 52-bet)
 
O`rganilayotgan asar tilidan tovush almashinishiga ham misollar keltirish 
mumkin: 
Erur tog` domain, daryo qirog`i, 
Farahafzo kelib boshdin ayog`i.
(V jild, 53-bet) 
 
… Onda suv mururi uchun besh ulug` raboq va besh kichik ravoq tuzatmishlar
tokim ul daryoning so`yi ul ravoqlardin jori bo`lur. 
(V jild, 52-bet) 
 
Ogahiy ijodida ba’zi so`zlarda 
geminatsiya
hodisasi ham ro`y bergan.
Geminatsiya
so`zlarning o`rtasida bir xil undosh tovushlarning qo`shaloq holda 
kelishidir. Masalan, qarri, ajji, battar kabi. Ogahiyda ham bu holat kuzatiladi: 
Qarrilar holiga boq lutfing ko`zidin ey yigit, 
Kim, kamoli husn ojizlar duosidin sango. 
 
XULOSA 
Xulosa qilib aytganda, Ogahiy ijodida ana shunga o`xshagan tovush 
o`zgarishlariga uchragan so`zlar ko`pchilikni tashkil qilib, ayni paytda, ular Xorazm 
shevalarida ham faol ishlatiladi. 



Yüklə 0,49 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə