Academic Research in Educational Sciences volume 3


ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA



Yüklə 0,49 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/4
tarix28.11.2023
ölçüsü0,49 Mb.
#136064
1   2   3   4
ogahiyning-tarixiy-asarlaridagi-fonetik-o-zgarishlar-xususida

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA
 
Ushbu misoldagi 
boyroq
so`zi Xorazm shevalariga xos so`z bo` lib, mukofot 
ma’nosini ifodalagan. Ushbu so`z singarmonizmning tanglay garmoniyasiga misol 
bo`ladi. Tanglay garmoniyasi qonuniga binoan so`zning boshida til oldi unlisi kelsa
so`z o`rtasi va oxirida ham til oldi unlisi keladi. So`z boshida til orqa unlisi kelsa, 
keying bo`g`inlarda ham til orqa unlisi keladi. 
Boyroq
so`zida til orqa unlilari ishtirok 
etgan. Bunday misollarni Ogahiy ijodidan ko`plab keltirish mumkin:
… Xorazm ulusi orosida ham hamul navro`z shoe’ va mashhurdurur erdi.
(V jild, 
66-bet) 
1
Muhammad Rizo Erniyozbek o`g`li Ogahiy. V jild. – Toshkent, 58-bet. Olingan misollar shu manbadan olinib
bundan keyin jildi va sahifasi qavs ichida beriladi. 


Academic Research in Educational Sciences
 
VOLUME 3 | ISSUE 1 | 2022
 
ISSN: 2181-1385
 
Scientific Journal Impact Factor (SJIF): 5.723
 
Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor: 0.89
 
DOI: 10.24412/2181-1385-2022-1-355-358
 
Google Scholar 
 Scientific Library of Uzbekistan 
Academic Research, Uzbekistan 356  www.ares.uz 
Ogahiy tarixiy asarlarida 
labial garmoniyaga
ham misollar ko`plab uchraydi: 
Ko`runmay shijoatda vaqti masof, 
Alar ko`zig`a zarracha Ko`hi Qof
(V jild, 21-bet)
…bir to`pa ustida yo`l ma’rifatining nishonasi uchun lashkarig`a o`tun yig`natib, 
o`tundin bir baland minora hay’atin barno qildilarkim, oni avom orasida uyuk 
derlar. (V jild, 48-bet) 
… Har tarafdin birov-birovg`a miltig` otib, ishqob hay’at nayzalar havola qilib, 
tomosha uchun urush havoyidin o`yun suratida izhor qildilar. 
(V jild, 49-bet)
 
Nutq tovushlari qator kelganda, ba’zan bir-biriga ta’sir qilib, biri ikkinchisini 
o`ziga moslashtiradi. Nutqdagi bunday hodisa assimilatsiya deyiladi. Ogahiy tarixiy 
asarlarida assimilatsiya hodisasiga ham ko`plab misollar uchraydi. Misollar: 
To`ldi bori kent-u dasht-u sahr 
Yetti unidin falakka g`avg`o. 
( V jild,22-bet).
… Ul nashoati fasodangizning itoat va ijodi, balki vujudi odami himmati saodat 
tavomimiz ollida barobardurur. 
Bu bahodirlarning sarsari xamolotidin otashi savosh noyirayi talosh ishtiol topib 
marakayi kamolni tanur misol qizittilar.
( V jild, 56-bet). 
Ogahiy ijodida tovush orttirilishi, tovush tushishi hodisasi ham ko`plab 
uchraydi.
So`z boshida, o`rtasida va oxirida ikki undosh qator kelganda, ular orasida “i”, 
ba’zan “u” va “a” unlisi orttiriladi. So`z o`rtasida tovush ortttirilishi 
epinteza
deyiladi. 
O`rganilayotgan asar tilida so`z o`rtasida tovush orttirilishiga ko`plab misollarni 
keltirishimiz mumkin:
… Emdi taraddud umurida tasoxul joyiz, tutmoq va maqosid xusumida manoxul 
ko`rguzmak aql ravishidin yiroq va xushmand kishidin uzoqdurur.
(V jild, 72-bet)
 
… Summu sutur g`uboridin yog`du kunda shabi tiyra zulmatin oshkor … qildilar 
… Har tariq bila o`zgarin daryog`a yetkurib, fano girdobiga g`ariq bo`ldilar. 
(V 
jild, 74-bet) 
 
So`z oxirida tovush orttirilishi – 
epitezaga
ham asar tilidan misollarni keltirish 
mumkin.
 … Ko`garchinli tavobe’ida daryo qirg`og`ida borgohi sipehr ishtibohni 
barpoy kildirub, nuzul emdi. 
(V jild, 65-bet) 
 



Yüklə 0,49 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə