Academic Research in Educational Sciences Volume 3



Yüklə 374,74 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/8
tarix29.11.2023
ölçüsü374,74 Kb.
#138770
1   2   3   4   5   6   7   8
maktabda-jismoniy-tarbiya-darslarida-o-quvchilar-faoliyatini-tashkillashtirish-usuliyati

 
MUHOKAMA 
Maktab yoshidagi bolalarda jismoniy tarbiya jarayoni 
pedagoglardan maktabda ishlash uchun jismoniy tarbiyaning asosi 


Academic Research in Educational Sciences 
Volume 3 | Issue 5 | 2022
ISSN: 2181-1385 
Cite-Factor: 0,89 | SIS: 1,12
DOI: 10.24412/2181-1385-2022-5-487-494 
SJIF: 5,7 | UIF: 6,1 
 
 
 
 
 
490
 
May, 2022 
https://t.me/ares_uz Multidisciplinary Scientific Journal 
nimalardan iboratligi, uning mazmuni, tashkil qilinishini, bolalarni harakatga 
o„rgatish metodikasini bilishni talab qiladi. Maktab yoshidagi bolalarda jismoniy 
tarbiya
 
jarayonining maqsadi asta-sekinlik bilan ularni jismoniy kamolotga erishishi 
va shu asnoda hayotga, ijodiy mehnatga va vatan mudofaasiga tayyorlashni nazarda 
tutadi. 
Maktab yoshi harakatga o„rgatish uchun eng qulay yoshdir. Xuddi mana shu 
yillarda bolalar yuqori egiluvchanlikga, kuchli va tez nerv qo„zg„olishiga ega 
bo„ladilar va shunga ko„ra harakatlarning shartli reflekslarini yengil hosil bo„lishi 
bilan ajralib turadilar. 14-15 yoshda harakat analizatorlarining rivojlanganligi 
me‟yoriga etadi. Maktabni tugallash davriga kelib o„quvchilar xilma-xil darajadagi 
harakat malakalariga ega bo„ladilar. Bu o„z navbatida jismoniy mashqlarni, mehnat 
faoliyatida va ijtimoiy hayotda turmushda, o„zlarining sog„ligini mustahkam-lashga, 
jismoniy tayyorgarlikni oshirishga qo„llay oladilar. 
Darsni yuqori saviyada o„tkazish, dars davomida o„quvchilar faolligini 
ta‟minlash, beriladigan vazifa, ko„rsatma va mashqlar ijrosiga ularni ongli 
yondoshishlariga erishish, jismoniy tarbiya darsiga mehr va hurmat uyg„otish 
o„qituvchining nafaqat kasbiy mahorati va sifatli ishlab chiqilgan dars bayon-
nomasiga, balki uning shaxsi va insoniy fazilatlariga ham bevosita bog„liqdir. 
Maxsus jismoniy tayyorgalikka umumiy vaqtning 10% ajaratilib, u asosan 
umumiy mashqlanaganlikni saqlab turish va maxsus mashqlanganlik va ish 
qobiliyatini o„stirishga erishish bilan uzviy bog„liqdir. Bunda asosiy e‟tiborni ish 
qobiliyatini tez va to„liq tiklab olishga yordam beruvchi vositalarga qaratish lozim. 
Jismoniy sifatlarni rivojlantirishda asosan e‟tibor tezkorlik, tezkor-kuchlilik va 
maxsus chidamkorlikni (ayniqsa sakrashda va zarbali harakatlarda) sifatlarini 
rivojlantirishga yo„naltirilishi kerak [8,9]. 
O„rgatish uslublari yordamida, bilim, ko„nikma va malakalarni egallash, 
harakat qobiliyatlrini, irodaviy va ahloqiy sifatlarni rivojlantirish vazifalari amalga 
oshiriladi. Murabbiy mashg„ulotlarda u yoki bu harakat faoliyatini o„rgatadi, 
tushuntiradi va ko„rsatadi, shug„ullanuvchilar esa uni egallab oladilar. 
Mashg„ulotlarda o„rgatish uslublarini tanlashda, pedagogik vazifa, material mazmuni 
va o„quvchilar tayyorgarligini e‟tiborga olish lozim. Jismoniy tarbiya darslari va sport 
mashg„ulotlari jaryonida
 
asosan uchta o„rgatish uslublari mavjud bular: so„z uslubi, 
ko„rgazmali uslub va amaliy uslublar. So„z va ko„rgazmalilk uslublari bevosita 
harakatlarni amalda qo„llash, ya‟ni mashqlarni bajarish uchun 
zamin yaratadi. Barcha uslublar o„zaro bir-biri bilan bog„liq holda 
kompleks qo„llaniladi [4,7] . 



Yüklə 374,74 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə