Academic Research in Educational Sciences Volume 3


Academic Research in Educational Sciences



Yüklə 374,74 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/8
tarix29.11.2023
ölçüsü374,74 Kb.
#138770
1   2   3   4   5   6   7   8
maktabda-jismoniy-tarbiya-darslarida-o-quvchilar-faoliyatini-tashkillashtirish-usuliyati

Academic Research in Educational Sciences 
Volume 3 | Issue 5 | 2022
ISSN: 2181-1385 
Cite-Factor: 0,89 | SIS: 1,12
DOI: 10.24412/2181-1385-2022-5-487-494 
SJIF: 5,7 | UIF: 6,1 
 
 
 
 
 
491
 
May, 2022 
https://t.me/ares_uz Multidisciplinary Scientific Journal 
Jismoniy mashqlarni to„g„ri qo„llash, ularni bolalar qanday o„zlashtira-
yotganligini nazorat qilib borish, shu bolalardagi jismoniy sifatlarni, uning qaddi-
qomati, jismoniy va funksional taraqqiyoti to„g„ri yo„nalishda tarbiyalanib borishiga 
imkon yaratadi [10]. 
Ma‟lumki, insonning jismoniy sifatlari uning tug„ilishidan boshlab shakllana 
boradi. Lekin, uning bolaligida shu sifatlar qanday darajada shakllanishi, oddiy yoki 
murakkab harakatlarni o„zlashtirib olishi nafaqat uni o„sib, yashab kelayotgan 
muhitga bog„liq, balki bolaning muayyan sifatini qanday vositalar yordamida 
rivojlantirilishi bilan belgilanadi. Shu bilan bir qatorda harakatni turi, yo„nalishi va 
qanday maqsadga qaratilganligiga (kasb, ro„zg„or ishi, sport, harbiy faoliyat va h.k.) 
qarab, har bir jismoniy sifatni shu harakat ijrosidagi o„rni turlicha bo„ladi. Shunday 
bo„lsada, turli kasb faoliyatlarida yoki sport turlarida shu jismoniy sifatlarning 
integral ahamiyati o„ziga xos ulushga ega bo„ladi. Ammo qanday bo„lmasin, 
ko„pgina tadqiqotchilarning fikricha, barcha harakat faoliyatida ayrim jismoniy 
sifatlarning ustuvorligi darhol ko„zga tashlanadi. 
OLINGAN NATIJALAR
Mazkur magistrlik ishning maqsadiga muvofiq 2 ta sinf o„quvchilaridan ya‟ni 
20 nafar 13-14 yoshli o„quvchilarda kuch qobiliyatining rivojlanganlik darajasini 
aniqlash bo„yicha test o„tkazildi. Test natijalariga asosan 1 kgli to„ldirma to„pni otish 
testi bo„yicha eng past natija 7 ga teng bo„lgan bo„lsa, yeng yaxshi natija 10 ga teng 
bo„ldi. Farq esa 3 ga teng bo„ladi. O„rtacha natida 8,3 ga teng bo„ladi. Qo„llarni bukib 
yozish testi bo„yicha esa eng past natija 8 ga teng bo„lib, eng yaxshi natija 15 ga teng 
bo„ladi. Farq esa 7 dan iborat bo„ldi. O„rtacha natija 11,5 ga teng bo„ldi.
O„tirib turish testi bo„yicha esa eng kam natija 18 ga teng bo„lgan bo„lsa, eng 
yaxshi natija 30 ni tashkil qildi. Bundagi farq esa 12 dan iborat bo„ladi. O„rtacha 
natija 23,4 ga teng bo„ladi 1-jadval. 

Yüklə 374,74 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə