Academic Research in Educational Sciences Volume 3


ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA



Yüklə 374,74 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/8
tarix29.11.2023
ölçüsü374,74 Kb.
#138770
1   2   3   4   5   6   7   8
maktabda-jismoniy-tarbiya-darslarida-o-quvchilar-faoliyatini-tashkillashtirish-usuliyati

 
ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA 
Maktab o„quvchilarining jismoniy tarbiya darslarida kuch qobiliyatlarini 
rivojlantirish bo„yicha ilmiy tadqiqot ishlari kam yoritilgan bo„lib faqat yosh 
sportchilarni yoshi, jinsi, jismoniy tayyorgarligi bo„yicha ishlarga e‟tibor qaratilgan. 
Jismoniy tarbiya darslarida kuch kuch qobiliyatlarini rivojlantirish bo„yicha ishlar
yetarli darajada emas. Ta‟lim muassasalarida jismoniy tarbiya darslarining sifatini 
yaxshilash, maktabdan tashqari ishlarni tashkil qilish va ularni samaradorligini 
oshirish, sport turlarini rivojlantirish va ommaviyligini oshirish, iqtidorli sportchilarni 
tanlash va tarbiyalash muhim hisoblanadi.
Ishning maqsadi. 
Umum ta‟lim
 
maktablarining jismoniy tarbiya darslarida 
o„quvchilarni aylanma mashq uslubiyaidan foydalanib kuch qobiliyatlarini 
rivojlantirishdan iborat.
Tadqiqot vazifalari: 
1. Maktabda jismoniy tarbiya darslarida o„quvchilarning 
jismoniy tayyorgarlik darajasini o„rganish va tahlil qilish.


Academic Research in Educational Sciences 
Volume 3 | Issue 5 | 2022
ISSN: 2181-1385 
Cite-Factor: 0,89 | SIS: 1,12
DOI: 10.24412/2181-1385-2022-5-487-494 
SJIF: 5,7 | UIF: 6,1 
 
 
 
 
 
489
 
May, 2022 
https://t.me/ares_uz Multidisciplinary Scientific Journal 
2. Jismoniy tarbiya darslari jarayonida o„quvchilarning aylanma mashq 
uslubiyatidan foydalanib kuch qobiliyatlarini kompleks mashqlar orqali rivojlantirish.
Tadqiqot uslublari: 
maxsus ilmiy-uslubiy adabiyotlarning nazariy tahlili, 
anketa so„rovi, pedagogik kuzatuvlar, pedagogik tajriba, matematik statistika 
uslublari foydalanildi. 
F.A.Kerimov, M.N.Umarovlarning (2005), fikriga ko„ra sportdagi yuklamalar 
ta‟siridagi o„zgarishlar inson skeletida, mushaklarida, ichki organlarida va umumiy 
morfologik maqomida yuzaga keladi. Shuning uchun shug„ul-lanuvchilarning 
morfologik xususiyatlarini, shuningdek, yo„naltirilgan mashg„ulot yuklamalari 
ta‟sirida ularning dinamikasini o„rganish hamda hisobga olish zarurati muhim 
ahamiyatga ega.
 
jismoniy tarbiya ta‟limi sifatini oshirish. “Jismoniy tarbiya” maktab kursi 
maktabning o„quvchilar sog„lig„ini saqlash va mustahkamlash, asosiy jismoniy 
sifatlarini rivojlantirish, hayotiy zarur harakatlar malaka va ko„nikmalarini 
shakllantirish, o„z-o„zini jismoniy takomillashtirish istak va ehtiyojlarini 
shakllantirish, jismoniy madaniyat sohasida ijobiy qiziqishlarni o„stirish faoliyatida 
asosiy bo„g„in hisoblanadi.
Mashg„ulotlarning barcha shakllari va turlari haftasiga boshlang„ich sinf 
o„quvchilari uchun 8-10 soat, 5-11-sinf o„quvchilari uchun 10-12 soat harakat 
rejimini ta‟minlab berishi kerak. 
A.Abdullaev, Sh.Xonkeldievlarning (2005), fikricha belgilangan hajm 
o„quvchilarning ko„rsatilgan guruhlari uchun yetarli darajada zarur va minimal 
darajada majburiydir. Nosog„lom, jismoniy rivojlanish va tayyorgarligi past darajali 
o„quvchilar uchun maxsus (individual-differentsial) rejim o„rnatiladi. 
O„quvchi yoshlarni jismoniy tarbiyalash muammosini o„rganadigan tadqi-
qotchilarning ta‟kidlashicha, ularning o„qishi va kasb tayyorgarligida jismoniy 
tarbiya munosib o„rin egallashi lozim [5]. Bolalar sportida yuqorida qayd qilingan 
ikkala belgi shunday ifodalanganki, o„quvchilarning sport faoliyati darsdan tashqari 
hisoblanib, o„quv fani sifatida umumta‟lim maktablari o„quv rejalari va dasturlariga 
qisman kiritilgan va sinfdan tashqari ishlar, maktabdan tashqari muassasalaridagi 
mashg„ulotlar shaklida alohida ahamiyat, e‟tibor bilan ko„ngilli tarzda yo„lga 
qo„yiladi [6,7]. 

Yüklə 374,74 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə