Adabiyot 11-sinf indd


«Devonu lug‘ot at-turk» asaridagi xarita



Yüklə 4,52 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə13/76
tarix03.09.2023
ölçüsü4,52 Mb.
#121256
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   76
adabiyot 1qism 11 uzb

«Devonu lug‘ot at-turk» asaridagi xarita


58
«Erdi ashin taturg‘an»
she’rida esa marhumning boshqa 
ki shilar bilan munosabatlarida namoyon bo‘ladigan xislatlariga 
urg‘u beriladi. Gap qabilaning sobiq jasur a’zosi haqida ket-
moqda. U vafot etgan. Ammo uning tirik paytidagi ko‘plab 
fazilatlari boshqalarga hali-hanuz namuna bo‘la oladi. Bu 
yerda marhum 
ning ochiqqo‘l, mehmondo‘st va qo‘rqmas, 
dovyurak, shijoatli ekani alohida ta’kidlanmoqda.
«Devon»da ko‘plab lirik qo‘shiqlar ham mavjud. Ularda 
insonning qalb kechinmalari, nozik his-tuyg‘ulari ifodasi, 
tabiat va ona yurt manzaralari tasviri yetakchilik qiladi.
Tabiat manzaralarining o‘zidayoq nozik va jonli kuzatish-
lar ko‘zga tashlanadi. Tabiat va yurt go‘zalligi vositasida ta-
biat ho 
disalari tufayli inson ruhiyatida yuzaga keladigan turli 
o‘zgarish va kechinmalar juda ixcham, go‘zal va ta’sirchan 
ifoda etiladi.
Lirik qo‘shiqlarning bir qismi bevosita kishilarni qur-
shagan olam haqida. Ularda turkiylarning doimiy yo‘ldoshi 
– otlar ham alohida mavqe tutadi. Bunday she’rlarda otlar-
ning holati, harakati alohida tasvirga olinadi. 
«Iqilachim 
erik bo‘ldi» 
(«Sho‘x, o‘ynoqi otim chopqir bo‘ldi») she’ri-
da ko‘rinib turganiday, parchada tabiatdagi o‘zgarishlarning 
(qishning ketib, bahorning kelishi) hayvonot olamiga ta’siri 
ta’rifla nayotganday. Aslida, bu ham insonning o‘z kuzatishlari 
natijasidagi ta’sirla nishidir.
Ishq-muhabbat mavzusidagi lirik qo‘shiqlarda yorning 
go‘zalligi, latofati madh etiladi, oshiqlikning sirli kechinma-
lari tasvirlanadi, ishqiy hayajon, muhabbat shavqi tilga olina-
di. Ushbu tasvirlarda inson, ayniqsa, oshiq va ma’shuqaning 
surati juda chiroyli va samimiyat bilan chizilgan.
Lirik qo‘shiqlar kishini hayrat va hayajonga soladi. Ular-
dan birida qishning tugab, bahorning boshlanayotgani, muz-
larning erib, oqar suvlarning ko‘paygani, tog‘ cho‘qqilarining 
qorlardan tozalanib, havo iliy boshlagani hamda atrofdagi 
o‘t-o‘lanlarning ko‘karishi tavsif etilmoqda. Muhimi, bular-
ning barchasi ta’sirchan misralarda o‘z aksini topgan.
Qo‘shiqlar orasida mehnat va marosim qo‘shiqlari, hu-
narmandchilik, chorvachilik, dehqonchilik bilan bog‘liq 
qo‘shiqlar, mavsum qo‘shiqlari va boshqalar bor.


59
«Devonu lug‘ot at-turk»dagi ko‘pgina qo‘shiqlar ovchilik, 
chorvachilik bilan – turkiy xalqlarning yashash tarzi bilan 
chambarchas bog‘liq holda yuzaga kelgan. 
Qo‘shiq
atamasi 
ham ilk marta Mahmud Koshg‘ariy tomonidan qayd etilgan. 
Muallif unga 
she’r

qasida 
deb izoh bergan.
Xalq qo‘shiqlari ijtimoiy hayotning barcha sohalarini qam-
rab oladi. Unda shodlik va g‘am, o‘yin-kulgi va qayg‘u-has-
rat, ko‘tarinkilik va tushkunlik, turli marosimlar: to‘y, far-
zand tarbiyasi (alla), o‘tganlar yodi tasvirlanishi mumkin. 
Tabiiyki, inson mehnati ham ularning yetakchi mavzusidir.
Yana bir turkum qo‘shiqlar bevosita farzandlar va, umu-
man, jamiyat a’zolarining ma’naviy kamolotiga bag‘ishlangan. 
Munozara
o‘ziga xos adabiy janr bo‘lib, u asar qah-
ramonlari 
ning o‘zaro tortishuvi, bahsi asosiga quriladi. Mu-
nozaradagi ishtirokchilar, asosan, ramziy (kinoyaviy) xususi-
yatga ega bo‘ladi. U she’riy yoki nasriy tarzda yaratilishi 
mumkin. Yusuf Amiriy 
ning «Bang va Chog‘ir», Yaqiniyning 
«O‘q va Yoy», shuningdek, Nishotiyning «Boz va Bulbul», 
«Gul va Daf», «Binafsha va Chang» munozaralari bu janr-
ning o‘zbek adabiyotidagi go‘zal namunalaridir. «Qish va Ba-
hor» munozarasi bu janrning eng qadimgi namunasi sifatida 
alohida ahamiyatga ega.
Mahmud Koshg‘ariy «Qish va Bahor» munozarasiga oid 
ko‘p 
lab to‘rtliklarni keltirgan. Ammo ular asarning bir joyi-
da emas, balki uning turli qismlarida har xil so‘zlarning 
izohiga dalil tarzida keltirilgan. Tabiatdagi bu jarayon inson 
hayotidagi jonli manzaralarga o‘xshatilib, unga qiyosiy holda 
aks etgan. O‘zaro to‘qnashish, bir-biriga qing‘ir ko‘z bilan 
qarash, kurashish uchun o‘zaro yaqinlashish va g‘oliblik 
istagi kabi insonga xos tuyg‘ular tabiatga nisbat berilmoqda. 
Adabiyotshunoslikda bu hodisaning nomi 
jonlantirish
deyiladi. 
Mahmud Koshg‘ariy keltirgan «Qish va Bahor» munozarasida 
ana shu tasvir vositasi asosiy o‘rin tutadi. Har ikki fasl to‘la 
«tilga kiradi». Ular bir-biriga tegishli bo‘lgan xususiyatlarni 
go‘yo «fosh etadi». Bunda biroz bo‘lsa-da, kuzatuvchi- muallif 
nuqtayi nazari ham ko‘rinib qoladi. Ayniqsa, «Qish yayg‘iru 
savlanur» («Qish Bahorga qarab maqtanadi»), «Yay qish bila 


60
qarishti» (Bahor Qish bilan qarshilashdi») misralari bilan 
boshlanadigan to‘rtliklarda shu holat mavjud.
Mahmud Koshg‘ariy «Devon»idagi she’riy parchalarning 
asosiy qismi xalq og‘zaki ijodi mahsulidir. Ular shakliga 
ko‘ 
ra, asosan, ikkilik, to‘rtliklardan tashkil topgan.
To‘rtliklar, asosan, 
a­a­a­b
shaklidagi qofiyadoshlikka ega. 
Ular orasida 
a­b­a­b
ko‘rinishidagi qofiyalar ham uchraydi.
To‘rtliklarning hamma misrasi o‘zaro qofiyadosh bo‘lgan 
a­a­a­a
namunalar ham mavjud.
Murabba’ shakli 
a­a­a­b 
ham asarda keng qo‘llangan. 
«Alp Er To‘nga marsiyasi», «Qish bilan Bahor» munozarasi 
shu shakldadir.
«Devon»dagi she’riy parchalar, asosan, barmoq vaznida. 
Ayrim namunalar aruzning ba’zi ko‘rinishlariga muvofiq ke-
ladi.
«Devon»dagi xalq qo‘shiqlarining tasvir usullari nihoyatda 
xilma-xildir. 
O‘xshatish

sifatlash

qarshilantirish

jonlantirish
va 
qiyos
lar ularda tez-tez ko‘zga tashlanadi. Ko‘pgina ifodalar 
sodda, ixcham, lekin quyma va ta’sirchan.
«Qaqlar qamug‘ ko‘lardi...» («Yomg‘ir va seldan qoq 
yerlarning barchasi ko‘l bo‘ldi...») to‘rtligi boshdan oxirgacha 
jonlantirishga tayanadi. «Qish bilan Bahor» munozarasida 
ham xuddi shunday tasvirni ko‘ramiz. «Bulnar meni ulas 
ko‘z...» [«Xumor ko‘zli (go‘zal) meni asir qiladi...»] to‘rtligi-
da esa sifatlash asosiy o‘rin tutadi. Ko‘z, mengiz (xol), yuz 
o‘ziga xos sifatlashlar (
ulas

qara

qizil
) bilan ziynatlangan. 
Boshqa to‘rtliklarda esa o‘xshatish, mubolag‘a, ta’did, tazod, 
tanosub singari badiiy tasvir vositalari tez-tez qo‘llanganini 
ko‘rish mumkin.
She’rlarda qofiyalarga katta e’tibor berilgan. «Alp Er 
To‘nga o‘ldimu?..» to‘rtligida she’rning ta’sir kuchini ta’min-
layotgan unsurlardan biri ham qofiyadir. Undagi 
o‘ldimu

qaldimu

aldimu 
so‘zlari to‘liq jarangdorligi va ohangdoshligi 
bilan ajralib turadi.
Bular qadimgi xalq qo‘shiqlarining takrorlanmas badiiyati-
ni yuzaga chiqargan omillardir. Bu an’analar keyingi asrlarda 
yanada takomillashgan, rivojlangan holda davom etadi.


61

Yüklə 4,52 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   76




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə