Adabiyot 11-sinf indd



Yüklə 4,52 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə9/76
tarix03.09.2023
ölçüsü4,52 Mb.
#121256
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   76
adabiyot 1qism 11 uzb

Savol va topshiriqlar
1. Dostonda ot obrazi qanday tasvirlangan? Uni misollar yor-
damida tushuntirib bering.
2. Dostonda ko‘plab maqollar ham qo‘llangan. Ularni toping, 
matn 
da bajarayotgan vazifasini tushuntiring.
Dostonda
qo‘llanilgan 
maqol
Uning 
hozirgi 
varianti
Dostondagi vazifasi
Qo‘shimcha 
izohlar
«Es ber-
gan ga dast 
be rar, dast 
b e r g a n g a , 
es 
be rar»
Rustambek tomonidan Go‘r-
o‘g‘lining Bibi Hilolga bevo-
sita daxldorligini tasavvur qila 
olishga ishora qiladi, uning 
harakatga tushishini dalillaydi
Hozir uning 
ayni muqo-
bili saqlan-
magan


51
3. Dostonda qahramonlarning portretiga alohida e’tibor beril-
gan. Ularni qayta o‘qing, qiyoslang va har bir portretdan 
ko‘zda tutilgan badiiy maqsadlarni aniqlashga harakat qiling. 
Namuna:
Kimning 
portreti?
Portret tasviri
Maqsad
Tasvir
vositalari
Rustambek
va
Go‘ro‘g‘li
Ana endi Go‘ro‘g‘li 
ketganday, oy bot-
gan day, 
Rustambek 
dunyodan o‘tganday. 
Rus tambek 
shunday 
qarasa, Go‘ro‘g‘li o‘n 
besh kunlik oyday
qaddi-qomati, shoni- 
shavkati, har kishi ning 
bo‘lar ekan o‘ziga yara-
sha hurmati
Rustambekning 
Go‘ro‘g‘li bilan 
yaqinligi, uning 
dil izti roblari, 
ru hiy 
holatini 
ko‘r satish; Go‘r-
o‘g‘lidagi yo-
qimlilik va salo-
batni ta’kidlash
O‘xshatish,
saj’,
ta’did 
4. «Go‘ro‘g‘lining tug‘ilishi» dostonida xotin-qizlar tasviri», 
«Dostondagi Xoljuvon va Zaydinoy obrazlarining qiyoziy 
tahlili» mavzularidan birini tanlab, ijodiy matn tayyorlang.
5. «Dostondan olgan taassurotlarim», «Menga yoqqan qahra-
mon», «Hiloloyga aytadiganlarim», «Po‘lkan shoirga maktub» 
va boshqa mavzulardan biri asosida ijodiy matn yarating.


52
XI asrga kelib turkiy xalqlar madaniyati, adabiyoti va 
san’ati rivojlanishining yangi pallasi boshlanadi. Bu davrda 
Qoraxoniy 
lar davlati amalda ancha mustahkamlanib olgan, 
Buxoro, Samarqand, Shosh (Toshkent), Qashqar shaharlari 
yirik madaniyat markazlariga aylangan edi.
992-yilda qoraxoniylar Buxoro va Samarqand kabi poytaxt 
shaharlarni egallaydi. Ammo ular bu shaharlarni o‘zlariga 
poytaxt qilmadi. Qoraxoniylarning poytaxt shaharlari Isfijob 
(Sayram), O‘tror, Shosh, Bolasog‘un, Xo‘tan bo‘lib, ularning 
davlati Markaziy Tiyonshon, Yettisuv, Chu va Talas vodiy larini 
o‘z ichiga olgan edi. Qoraxoniylar davlati Xorun, Bug‘raxon, 
Tamg‘ochxon va Ibrohim Bo‘ritegin davrlarida ancha kuchay-
gan, nisbatan iqtisodiy va madaniy yuksalishga erishgan.
Qoraxoniylar davrida Bolasog‘un, Sayram, Shosh, Taroz 
shaharlarida ilm-fan egalari, turli sohalarning yirik mutaxas-
sislari, dono va fozil kishilar to‘plangan.
Mahmud Koshg‘ariy Bolasog‘un shahrida dunyoga keladi. 
Uning to‘liq ismi Mahmud ibn Husayn ibn Muhammaddir. 
Hozirgi Qirg‘izistonda Barskon nomida daryo va dovon 
bor. Ular Issiqko‘l atrofida joylashgan. Xuddi shu yerda 
Barskon shahri bo‘lgan. 
«Barsg‘an – Afrosiyob o‘g‘lining nomi. 
Barsg‘an shahrini bino qilgan shudir. Mahmudning otasi shu 
shahardan»
, – deb yozadi «Devon» muallifi. Uning bobosi 
ham o‘sha yerdan bo‘lgan. 

Yüklə 4,52 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   76




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə