Adabiyot 11-sinf indd


«Go‘ro‘g‘lining tug‘ilishi» dostoniga ishlangan rasm



Yüklə 4,52 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/76
tarix03.09.2023
ölçüsü4,52 Mb.
#121256
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   76
adabiyot 1qism 11 uzb

«Go‘ro‘g‘lining tug‘ilishi» dostoniga ishlangan rasm


26
berganga es berar» deganday, Rustambek mozoristonda bir 
go‘rning ol 
diga borib aytdi: «Bibi Hilol singlimning qornida 
bolasi bor edi. Shu tug‘ib, bola shundan bo‘lganmikin? Shu 
go‘r singlim Bibi Hilolning go‘ri, o‘zim mana bu toshni 
qo‘yib edim. Shundan Bibi Hilolning go‘rini topdim», – 
dedi. Oqshom bo‘ldi. Rustambek sahar vaqtida kelib, go‘rni 
poylab yotdi. Qarasa, Bibi Hilolning go‘ri yop-yorug‘ bo‘lib 
ketdi. Shunda bir bola Bibi Hilolning go‘ridan chiqdi, juda 
suluv, quvi o‘n to‘rt kunlik oyga o‘xshaydi. Shunda bir sher 
mozoristonda yotgan ekan, bolaga qarab tashlandi. Shunda 
hazrati Xizr kelib sherni bir tarsaki urdi. Sher nimta-nimta 
bo‘lib, tirqirab ketdi. Rustambek qo‘rqib arosat qilib:
– Shunday sherni bir tarsaki urib o‘ldirib, maydalab 
yubordi, mening nima jonim bor, – dedi. Uyiga qaytib 
keldi, kelib o‘ylab aytdi: «Kel-e, bu shaharda musofir bo‘lib 
o‘lgandan, o‘z jiyanimning qo‘lida o‘lganim yaxshi». Rustam-
bek, kelar oqshomi uch oshiq, bir qizil egar, yana bir-ikkita 
qo‘g‘irchoq, bir-ikki ro‘mol, uchta bolalar o‘ynaydigan soqqa 
oldi. «Sinab bilayin, shu bola o‘g‘ilmikin, qizmikin», – deb 
egar bilan uch oshiqni bir yoq 
qa qo‘ydi. Ikki qo‘g‘irchoq 
bilan ro‘molni go‘rning bir yog‘iga qo‘ydi. Poylab yotdi.
Go‘ro‘g‘li go‘rdan chiqib, ro‘mollarga ko‘zi tushib, ro‘-
mollarni, qo‘g‘irchoqlarni yirtdi. Ro‘moldan har xil-har xil 
bayroqlar qildi. Go‘rning bu yog‘iga o‘tdi, uch oshiqqa ko‘zi 
tushdi, qo‘liga olib: «Shu mozordagi o‘liklarning barini kel-
dim, gartkam», – deb oshiq 
ni yerga tashladi. Egarni minib: 
«Chuv-ha, chuv-ha, ot qo‘y, qaytma, boxabar bo‘ling 
lar», – 
deb egarni asta-asta qimirlatib, go‘rdan ancha yerga uzoq-
lab ketdi. Shunda Rustambek joyidan turib, tez chopdi. 
Go‘ro‘g‘li ham buni ko‘rib, go‘riga qarab chopdi. Rustambek 
Go‘ro‘g‘lining go‘rga kiradigan yeriga yetib borib, yota ketdi. 
Go‘ro‘g‘libek go‘rga kirolmay, bir chinqirdi. Rustambekning 
yuragi yorilib, o‘lib qolay dedi. Shunda Rustam bachchaga 
qarab bir so‘z dedi:
Buralib bo‘yningga qo‘lim solaman,
Harna bo‘lsam sening bilan bo‘laman.
Yig‘lama, chirog‘im, ko‘nglim buzildi,
Rostin aytsam, sening tog‘ang bo‘laman.


27
Yuragimda dard ko‘p, dardginam ancha,
Toqatim yo‘q bog‘da gul ochilgancha,
Husningga qarayman, o‘zing bekbachcha,
Bo‘zlama, chirog‘im, yurgin uyima!
Haq hurmati, enang mening singlimdir!
Go‘ro‘g‘libek endi go‘riga kirdi, ko‘zidan yoshini to‘kib, 
zor-zor yig‘lab, Bibi Hilol enasiga qarab, bir so‘z dedi:
Analman
1
, Mansurga qurgan dormidi?
Tirik ayrilgan bir ko‘rgali zormidi?
Yur, chirog‘im, deydi meni qo‘ymaydi,
Senda aka, menda tog‘a bormidi?
Gap chiqadi menday erning tilidan,
Qutulmadik bu dunyoning xilidan,
Bitta odam, tog‘angman, deb so‘zlaydi,
O‘zi yolg‘iz kepti Zargar elidan.
Senda aka, menda tog‘a bormidi?
Yo bo‘lmasa menga kelgan zo‘rmidi?
Bu gaplarni tinglab olib, enajon,
Menga bering bu so‘zlardin xabardi.
Ana shunda Go‘ro‘g‘lidan bu so‘zni eshitib, Bibi Hilolning 
arvohi Go‘ro‘g‘liga qarab, o‘lganidan xabar berib, Rustam-
bekning kim ekanligini bildirib bir so‘z dedi:
Iloyo bo‘lgaysan dunyoda omon,
Qarindoshning xili o‘zima yomon,
Tog‘angning otini deydi Gajdumbek,
Otangning otini deydi ko‘r Ravshan...
Mol boqqanlar seni ko‘rib ketgandi,
Shohdorxonga borib birov aytgandi,
Shohdorxondan yomon taraf kelgandi,
Zargar elda do‘st-u dushman bilgandi,
Senga tog‘a, menga aka qaydadi!
1
Aslida «Anal Haq» bo‘lishi lozim edi.


28
Ana shunda buni Rustambek go‘rdan eshitib, go‘rning 
kava 
gidan boshini go‘rga suqib, go‘rga qarab bir so‘z dedi:
Tuvmasam ham ey, tutingan akangman,
Sening bilan ahd-u paymon shumidi?
Xudo degan murodiga yetadi,
Tuya mingan odam tog‘dan o‘tadi,
Sen singlimsan, u jiyanim, Hiloloy,
Ko‘nglim uchun borgin desang qaytadi?!
Buni Hiloloy eshitib, Go‘ro‘g‘liga qarab bir so‘z dedi:
Go‘ro‘g‘libek, yuragingda shering bor,
Unib-o‘sar sening turkman eling bor,
Rustambekman keta bergin Zargarga,
Tug‘masa ham bir tutingan tog‘ang bor.
Rustambek, o‘g‘limni senga topshirdim,
Ikkovingni bir Xudoga topshirdim,
Ikkovingning omon qilsin joningni,
Avval Xudo, duyum
1
payg‘ambarga topshirdim.
Ana endi, Go‘ro‘g‘libek tiklab qarasa, enasi Hiloloy 
o‘lib, su 
yagi shovshib, uch yildan beri yotgan suyakday 
bo‘lib qolibdi. Avvali Go‘ro‘g‘lining ozig‘i uchun Hiloloyning 
badani ilvirab yo‘q bo‘lmay, o‘lgani bilinmay, suti kelib yotib 
edi. Bu kun Go‘ro‘g‘liga Rustam yo‘ldosh, rahbar bo‘lganiga 
suyagi shovshab qoldi. Go‘ro‘g‘li buni ko‘rib zor-zor yig‘lab, 
enasiga qarab bir so‘z dedi:
Otim Go‘ro‘g‘lidir olamga doston,
Zarbimdan titraydi barcha Gurjiston,
Ena, ketar bo‘ldim sendan ayrilib,
Qarchig‘aying bo‘lay, chuygin, enajon.
Voy enam, deb o‘pkasini bosolmay,
Yig‘lab chiqdi mozorining boshiga.
1
D u y u m – ikkinchi(dan).


29
Yig‘lama, chirog‘im, – dedi Rustambek,
Bachchani quchoqlab oldi to‘shiga.
Mozorot titraydi nolishiga...
Ana endi Zargar shahrida odam qurtday qaynab yotibdi.
Rustambek yig‘lay-yig‘lay, Go‘ro‘g‘lini olib keldi. Rustam-
bekning xotini erining yuz-xotirini qilib, o‘rnidan turib, «voy 
bo 
lam», deb bag‘riga bosdi, quchoqlab ko‘kragiga oldi.
Esli ekan Rustambekning xotini,
Go‘ro‘g‘lini shunday to‘shiga bosib,
Yetti qavat ostiga to‘shak tashladi.
* * *
Oradan to‘rt yil o‘tdi. Go‘ro‘g‘li yetti yoshga kirdi. Ana 
shu kuni Go‘ro‘g‘li Rustambekning oldiga keldi, oqshom 
uning ol 
dida yotdi...
Shunda Hazrat Xizr Go‘ro‘g‘lining tushiga kirib, Bibi 
Hilol 
ning ovozida, xuddi o‘ngidagiday gapirgan bo‘lib aytgan 
so‘zlari:
Go‘ro‘g‘libek, g‘am sarg‘aytar yuzingni,
Chiroqqinam, dushman bosdi izingni,
Tura solib ketgin Yovmit yurtingga,
Farzandim, uyqudan ochgin ko‘zingni.
Sarg‘aygandir Hiloloyning siyog‘i,
Sening otang Yovmit shahrining begi,
Bora solib keta bergin Yovmitga,
Rozi bo‘lsin Hiloloyning arvohi,
Arvoh rozi, Xudo rozi, farzandim...
Yuzlari ho‘l ko‘zdan oqqan yoshiga,
Qonlar to‘lar Zargar elning dashiga
1
,
Yaxshi odamdan farzand qolsin, yoronlar,
Ketar bo‘ldi otasining yurtiga,
Yig‘lab bordi Rustambekning qoshiga.
1
D a sh – dasht.


30
Go‘ro‘g‘libek zor-zor yig‘lab, mozorotdan qaytib, Rustam-
bek tog‘asiga qarab, gardanini xam qilib, qo‘lini alif-lom 
qilib, fotiha bering, deb bir so‘z dedi:
Barchaga mehribon qudratli Mavlon,
Zargarning elida bo‘ldim sargardon.
Tog‘a bo‘lsang, aytgin, avlod-ajdodim,
Urug‘imni bayon bergin, tog‘ajon!
Olisdan ko‘rinar bedovning bo‘zi
G‘anqillab uchadi ko‘llarning g‘ozi.
Ketar bo‘ldim endi Yovmit shahriga,
Tog‘a, bo‘ling Go‘ro‘g‘libekdan rozi!..
Go‘ro‘g‘liga, ketmagin, deb tarmashdi,
Yig‘lay-yig‘lay barin o‘pkasi shishdi.
Buni Rustambek Go‘ro‘g‘lidan eshitib,
Boshdan o‘tgan sirlarini aytdi.
Ana endi Go‘ro‘g‘li ketganday, oy botganday, Rustambek 
dunyodan o‘tganday. Rustambek shunday qarasa – Go‘ro‘g‘li 
o‘n besh kunlik oyday, qaddi-qomati, shoni-shavkati, har 
kishining bo‘lar ekan o‘ziga yarasha hurmati. Buni bu ah-
volda ko‘rib, Rustambek Go‘ro‘g‘liga bir so‘z dedi:
Bolam, ketsang, aqlimni shoshirdim,
Sirni aytmay g‘animlardan yashirdim.
Eson-omon borgin Turkman yurtiga,
Sog‘-salomat ko‘rgin ota yurtingni,
Safaring, chirog‘im, bexatar bo‘lsin!
Yig‘layman yaratgan Haqqa zor-zor,
Qaytayin, bandada yo‘qdir ixtiyor,
Otingdan aylanay, jami buzurglar,
Mag‘ribman
1
Mashriqni kezgan eranlar,
Hiloloyning arvohi senga yor bo‘lsin,
Xudoga topshirdim, Ollohu akbar.
1
M a g‘ r i b m a n – Mag‘rib bilan.


31
Barakalla himmatingga, Rustambek,
Yarim kecha yo‘lni o‘nglab Zargardan,
Go‘ro‘g‘lini eldan chiqarib ketdi,
Xush borgin deb, Go‘ro‘g‘lini jo‘natdi,
Rustambek jo‘natib uyiga qaytdi.
Alqissa, Rustambek yarim kechada Go‘ro‘g‘lini jo‘natib, 
uyi 
ga qaytib keldi. 

Yüklə 4,52 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   76




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə