Adabiyot 11-sinf indd



Yüklə 4,52 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə14/76
tarix03.09.2023
ölçüsü4,52 Mb.
#121256
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   76
adabiyot 1qism 11 uzb

Savol va topshiriqlar
1. «Devon»dagi badiiy parchalar qaysi davrga mansub? Javo-
bingizni asoslashga harakat qiling.
2. «Devon»dan keltirilgan she’riy parchalar qanday mavzularda 
ekanligini ayting va misollar bilan izohlang.
3. Ko‘z yoshlarini buloqqa o‘xshatish chindan ham tabiiy va 
go‘zalmi? Bu to‘g‘rida o‘rtoqlaringiz bilan fikr almashing.
4. Tabiat manzaralari tasviridagi o‘ziga xosliklar nimalardan 
iborat? Ulardagi badiiy detallarga e’tibor bering.
5. «Devon»da ilm-fan, axloq-odob haqidagi she’riy parchalar-
ning ma’rifiy ahamiyati haqida gapirib bering.
6. «Devon»dagi she’rlarning janrlarini aniqlashga harakat qiling.
7. Qadimgi adabiyotimizda qaysi vaznlar ustuvor bo‘lgan? Mi-
sollar bilan tushuntiring.
8. «Devon»dagi she’rlar asosida barmoq vaznining xususiyatla-
rini izohlab bering.
9. Turoq nima? Misollar asosida tushuntiring.
10. «Devon»dagi she’rlar bilan hozirgi zamon she’riyatini aniq 
misollar asosida o‘zaro qiyoslang hamda ularning o‘xshash 
va farqli jihatlarini ayting.
Alp eR TO‘NGA MARSiyASi
Alp Er To‘nga o‘ldimu?
Esiz, ajun qaldumu?
O‘zlak
1
o‘chin aldumu?
Emdi yurak yirtulur.
Alp Er To‘nga – Afrosiyob o‘ldimi?
Esiz, dunyo (undan ayrilib) qoldimi?
Falak (zamon) o‘chini oldimi?
Endi yurak yirtilur.
O‘zlak yaraq kuzatti,
O‘g‘ri tuzaq uzutti,
Beglar begin azitti,
Qachsa qali qurtulur?
Zamona fursat kuzatdi, beklar begi 
(Afrosiyob)ni xo‘rlash uchun yashi­
rin tuzoq qo‘ydi. Bek undan qan­
day qochib qutuladi?
O‘zlak kuni tavratur,
Yalnguq kuchin kevratur,
Erdin ajun sevratur,
Qachsa taqi ertilur.
Zamona kuni aylanur, Inson 
kuchini zaiflatur, Er (Afrosiyob)dan 
dunyoni bo‘shatishga shoshilayotir. 
U qochganni ham izlab topadi.


62
O‘grayuqi munday oq,
Munda ajun tanday oq,
Atsa ajun og‘rab oq,
Tag‘lar bashi kartilur.
Odatdan zo‘r narsa yo‘q,
Boshqa bahona ham ko‘p.
Otsa zamon poylab o‘q,
Tog‘lar boshi yanchilur.
Bilga bo‘gu yunchidi,
Ajun ani yenchidi,
Erdam ati tinchidi,
Yerka tegib surtulur.
Bilimdonlar ahvoli yomonlashdi,
Zamon ularni yanchib tashladi.
Odobning eti qot (buzil)di,
(Zaiflikdan) yerga tegib sudral­
moqda.
Beglar atin arg‘urub,
Qazg‘u ani turg‘urub,
Mengzi yuzi sarg‘arib,
Kurkum angar turtulur.
Beklar otlarni charchatishdi,
G‘am beklarni ozdirdi.
Yuzlari za’faron surgandek
Sarg‘ayib ketdi.
Ulshub eran bo‘rlayu
Jirtib jaqa urlayu
Syqryb uni jurlayu
Siytab ko‘zi o‘rtulur.
Bo‘ri bo‘lib ulidilar,
Yoqa yirtib turdilar.
Yig‘lab­siqtab yurdilar,
Ko‘z yoshlari mo‘l bo‘ldi.
Ko‘nglum ichin o‘rtadi,
Bitmish bashig‘ qartadi,
Kechmish o‘zug irtadi,
Tun kun kechib irtalur.
Musibat ko‘nglimni o‘rtadi,
Bitgan yaramni yaraladi.
O‘tgan kunlarni qo‘msatdi,
Kecha­kunduz izlatdi.
O‘zlak qamug‘ kevradi,
Yunchig‘ yavuz tavradi,
Erdam yema sevradi, 
Ajun begi chertilur.
Zamon butunlay ozdi,
Tuban, yomonlar ko‘paydi.
(Afrosiyob vafotidan keyin) 
Fazilat egalari yo‘qolayotir.
Kuchandi bilagim,
Yag‘udi tilagim,
Telindi biligim,
Tegrub angar chertilur.
Bilagim kuchli bo‘ldi,
Tilagim yaqinlashdi.
Bilimim (buloqlari) ko‘z ochganda,
Umr tugab bormoqda.


63

Yüklə 4,52 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   76




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə