Adabiyot 11-sinf indd



Yüklə 4,52 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə11/76
tarix03.09.2023
ölçüsü4,52 Mb.
#121256
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   76
adabiyot 1qism 11 uzb

Savol va topshiriqlar
1. Mahmud Koshg‘ariy tug‘ilgan yurt haqida nimalarni bilasiz?
2. «Devonu lug‘ot at-turk» nima uchun qomusiy asar hisobla-
nadi?
3. Mahmud Koshg‘ariy turkiy va arab tillarini qiyoslagan 
o‘rinni toping va uni izohlang.
4. Mahmud Koshg‘ariyning buyuk xizmatlari nimalarda deb 
o‘ylaysiz?
DeVONu luG‘OT AT-TuRk
(
Asardan parchalar
)
1
Yigitlarig ishlatu,
Yig‘ach yemish irg‘atu,
Qulan, keyik avlatu,
Bazram qilip avnalim.
Yigitlarni ishlatib
Daraxt mevalarini qoqtiraylik.
Qulon, kiyiklarni ovlatib,
Bayram qilib ovunaylik.
1
«Devonu lug‘ot at-turk»dan olingan parchalar Q. Sodiqov nashridan 
olindi.


55
Erdi ashin taturg‘an,
Yavlaq yag‘ig‘ qachurg‘an,
O‘g‘raq susin qaytarg‘an,
Basti o‘lum axtaru.
U qo‘noqlarga, yaxshilarga osh­
ovqat tutadigan, Yovuz yovni 
qochiradigan, O‘g‘roq lashka­
rini qaytarib yuboradigan edi. 
[Afsus,] o‘lim uni yanchdi, ezdi.
Iqilachim erig bo‘ldi,
Erig bo‘lg‘u yeri ko‘rdi.
Bulit o‘rub ko‘k o‘rtuldi,
Tuman turub to‘li yag‘di.
Sho‘x, o‘ynoqi otim sur’at bi­
lan chopdi, Yugurishda o‘zdi. 
Bulut ko‘tarilib, tuman tushib 
do‘l yog‘gani uchun u shunday
sho‘xlikni munosib topdi.
Aqtirur ko‘zum yo‘laq,
Tushlanur o‘rdak, yug‘aq.
Ko‘zim yoshlari buloqday oqa­
di, Hatto unda o‘rdak, oq qush 
kabi qushlar yig‘iladi, sho‘n­
g‘ishadi.
Qaqlar qamug‘ ko‘lardi,
Tag‘lar bashi ilardi.
Ajun tini yilirdi,
Tu-tu chechak cherkashur.
Yomg‘ir va seldan qoq yer­
lar ko‘l bo‘ldi, Tog‘ boshlari 
(ko‘zga arang) ilash 
di. Dunyo 
nafasi ilidi. Turli chechaklar 
saf tortdi.
Bulnar meni ulas ko‘z,
Qara mengiz, qizil yuz.
Andin tamar tugal tuz,
Bulnab yana ul qachar.
Xumor ko‘zli, ko‘rkam yuzli, 
qora xolli (seviklim), yonoqla­
ridan yoqimlilik tomayotgandek 
meni asir qiladi. Asir qiladi­ 
da, so‘ng qochadi.
* * *
* * *
Qish yay bila to‘qushti,
Qing‘ir ko‘zun baqishti,
Tutashqali yaqishti,
Utg‘alimat o‘g‘rashur.
Qish bahor bilan to‘qnashdi. 
Bir­birlariga yomon ko‘z bilan 
qarashdi. Bir­birlarini tutish 
uchun yaqinlashdilar. Ularning 
har biri yengishni istar edi.


56
Yay qish bila qarishti,
Erdam yasin qurishti.
Cherig tutup ko‘rishti,
O‘qtag‘ali otrushur.
Bahor bilan qish qarshilashdi, 
Har biri san’at, hunar yoyi­
ni qurishdi. Saf tortishib o‘q 
otishda (bir­biridan) o‘tka­
zishdi.
* * *
* * *
Qo‘shni-qo‘nim ag‘ishqa,
Qilg‘il angar ag‘irlik,
Artut alib anung‘il,
Ezgu tavar o‘g‘urluk.
Qo‘ni­qo‘shnilaringga yaxshilik 
qil, Ularni hurmatla. Ulardan 
biror sovg‘a olsang, undan 
yaxshiroq mukofot hozirla.

Yüklə 4,52 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   76




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə