Adabiyot 11-sinf indd



Yüklə 4,52 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə8/76
tarix03.09.2023
ölçüsü4,52 Mb.
#121256
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   76
adabiyot 1qism 11 uzb

Savol va topshiriqlar
1. «Go‘ro‘g‘libek ko‘zini ochib qarasa, katta bir shahar ko‘ziga 
ko‘rindi...» gapi bilan boshlanadigan xatboshini o‘qing. Shu 
shahar haqidagi tasavvurlaringizni aytib bering.
2. 
Sol, kema, qayiq 
so‘zlarining ma’nosini bilasizmi? Lug‘at-
larga qarab ularni aniqlang.
3. Dostonning she’riy qismi ko‘pincha to‘rt misrali bandlar 
shaklida keladi. Fikr oqimining shiddati, his-hayajonning 
kuchi bilan ularda ayrim o‘zgarishlar bo‘lishi mumkin. 
Shunday o‘rinlarni toping va ularni izohlashga harakat qil-
ing.
4. Alohida voqealarning bir-biri bilan bog‘lanishi qanday amal-
ga oshayotganiga e’tibor berdingizmi? Ularning ayrimlarini 
toping va tushuntirib bering.
5. «Sarg‘aygan ekan-da bebaxtning yuzi...» misrasi bilan bosh-
lanadigan bandda so‘zlarning qo‘llanishiga e’tibor bering va 
ularni izohlang.


47
6. Xoljuvon obrazi haqida nimalar deya olasiz? Undagi 
sog‘inch, sadoqat tuyg‘ularining ifodalanishini kuzating va 
bu haqidagi mulohazalaringizni ayting.
7. Rayhon arabning qizi Zaydinoyga munosabati haqidagi 
fikrlaringizni matnga tayangan holda bildiring.
8. Zaydinoy obraziga tavsif bering.
9. Parchada Go‘ro‘g‘lining mardligi, dovqurligi qanday tasvir-
langan?
«GO‘RO‘G‘liNiNG TuG‘iliSHi»
 DOSTONi HAqiDA
Xalq og‘zaki ijodining turli-tuman janrlari, ayni paytda, 
xalqning tasavvuri, ijtimoiy-ma’naviy tafakkuri, dunyoqarashi, 
urf-odatlari va an’analari, milliy-ma’naviy qadriyatla 
rining 
tarixi va oynasidir. Ayniqsa, dostonlarda bunday imkoniyatlar 
juda katta. O‘zbek xalq dostonchiligida «Go‘ro‘g‘li» turkumi 
katta o‘rin tutadi. Hozirgacha uning tarkibida oltmishdan 
ortiq doston mavjud. Ularda xalq tarixi, taqdiri, o‘tmishda-
gi hayoti, ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy, diniy, axloqiy- 
ma’naviy 
hamda ba 
diiy-estetik qarashlari o‘ziga xos tarzda aks etgan. 
«Go‘ro‘g‘lining tug‘ilishi» – shu turkumning ilk dostoni. 
Uni ko‘plab baxshilar ijro etishgan. Darslikda Muhammad 
Jomurot o‘g‘li Po‘lkan shoir (1874–1941) varianti berilgan. 
Unda xalqning juda qadim zamonlardagi badiiy-estetik qa-
rashlari ifodalangan. Shu 
ning uchun undagi ayrim fakt va 
motivlar, obraz va ularning talqinlari hozirgi tasavvurlari-
mizdan keskin farq qiladi. 
Shunga qaramay, ko‘plab folklor asarlarida bo‘lgani kabi, 
bu dostonda ham xalqning olamga va odamga bo‘lgan qa-
rashlaridagi o‘ziga xosliklar ustuvor mavqe tutadi. 
Go‘ro‘g‘lining tug‘ilishidagi g‘ayritabiiylik, uning ilk bola-
ligi, o‘s 
pirinlik davridagi «g‘alati» qiliqlari ana shu o‘ziga 
xosliklar bilan izohlanadi. Ilk asotir va afsonalarning ta’siri, 
qadimgi tasavvur va e’tiqodlarning ba’zan yorqin, ba’zan 
xira qoldiqlari tasvirlari zaminidagi ma’nolarni tushunish qi-
yinroq tuyulishi mumkin. Dostonda ko‘plab badiiy timsollar 
yaratilgan. Xalq boshliqlari, oddiy fuqarolar, ko‘plab yigitlar, 


48
qiz va ayollarning takrorlanmas siymolari zo‘r badiiyat bilan 
ko‘rsatib berilgan.
Doston voqealari Zargar yurtining podshosi Shohdorxon-
ning Yovmit yurtiga bosqinchilik urushi qilishi bilan rivoj-
lanib boradi. Bu yerda ikki davlat podsholarining, ya’ni 
Go‘ro‘g‘lining bobosi Odilxon podsho bilan Shohdorxonning 
o‘ziga xos bo‘lgan xislatlari yoritiladi. Odilxon podshoning 
insoniy fazilatlariga qarama-qarshi o‘laroq, Shohdorxonning 
nuqsonlari ko‘zga tashlanadi. Shohdorxonning maslahatga 
quloq solmay, o‘ylamay qaror qabul qilishi, uzoqni ko‘ra 
bilmasligi ko‘plab insonlarning bevaqt o‘limiga, taqdirlarining 
o‘zgarib ketishiga sabab bo‘ladi. Chunki mana shu urush 
tufayli Go‘ro‘g‘lining ota-onasi – Ravshan va Bibi Hilol 
ham bolaligida Zargar eliga borib qolib, musofirchilikda 
voyaga yetadi. 
Dostonda qahramonning tug‘ilishi va yoshligidanoq ba-
hodirlik kuchini namoyish qilishi ancha keng tasvirlangan. 
Go‘ro‘g‘li 
ning tug‘ilishi va xalq manfaati yo‘lida qahra-
monlik ko‘rsatishida chiltanlar va Xizr alayhissalom katta 
o‘rin tutadi. Bular xalq dostonlarining doimiy ishtirokchilari 
bo‘lib, ular xalq qahramonlariga homiylik, rahnamolik qiladi. 
Ular hali hayot tajribasiga ega bo‘lmagan qahramonga yo‘l-
yo‘riqlar ko‘rsatish bilan uni tarbiyalab boradi va qahramonni 
elga xizmat qilishga o‘rgatadi.
Mantiqiy fikrlaganda g‘ayritabiiy bir sharoitda tug‘ilgan 
go‘dakni kimdir o‘limdan saqlab qolmog‘i kerak. Go‘ro‘g‘li 
go‘rda tug‘ilgan ekan, Bibi Hilolning jonsiz murdasi uni 
tarbiyalay olmas edi. Shu o‘rinda go‘dakni yo‘rgaklab olish 
uchun Xizr alayhissalom va chiltanlar hozir bo‘ladilar. 
Go‘ro‘g‘lining g‘ayritabiiy tug‘ilishi – uning kelajakda 
boshqalarga o‘xshamaydigan, favqulodda kuch-qudrat, aql-
idrok egasi bo‘lib kamol topishiga ishora. Tengdoshlariga 
nisbatan sho‘xliklari, o‘zidan kattalarga ham tegajoqlik va 
zo‘ravonlik qilishi esa undagi alplik alomatlarining badiiy 
tasviridir. 
Parokanda bo‘layozgan Taka-Yovmit elida Go‘ro‘g‘lining 
kelishi bilan tub burilishlar sodir bo‘ldi. Eng muhimi, u el-
yurt sha’nini, shavkatini, or-nomusini tiklaydi. Go‘ro‘g‘lida 
yigitlik burchi va mas’uliyatini his etish juda kuchli darajada 


49
shakllangan. Ayni mana shu tuyg‘u uni harakatga soladi, 
kuchiga kuch ba 
g‘ishlaydi.
Doston voqealari rivojida Rayhon arab obrazining ham 
o‘ziga xos o‘rni bor. U Shirvon yurtining podshosi bo‘lib, 
Iroq va Arabiston mamlakatlari unga qarar edi. Rayhon 
arab – Rustam kelbatli, pahlavon, qo‘rqmas va jasur, o‘ziga 
ishongan podshoh. Uning mingan oti chin tulpor bo‘lib, uni 
quvib yetib bo‘lmas edi. Buni Go‘ro‘g‘lining Rayhon arabga 
qarata aytgan quyidagi so‘rovidan ham anglash mumkin:
Ostingda o‘ynaydi chin tulpor oting,
Rustamga o‘xshaydi shon-u shavkating,
Qayerda, mehmonjon, sening elating,
Ajdaho nishonim, qaydin bo‘larsan? 
Rayhon arab Xoljuvonning suluvligini eshitib, kelib 
ko‘rgan va unga oshiq bo‘lib qolgan edi. Xoljuvonga sov-
chi qo‘yganda, Ahmadbek ham sovchi qo‘yib o‘zi olgan edi. 
Rayhon arab Xoljuvonga yetisha olmasa-da, har yili Ahmad-
bekning yo‘qligini poylab, pana yerlardan turib uni ko‘rib 
ketar, ko‘rmasa kasal bo‘lib qolar edi. U doim Xoljuvon-
ni olib qochish payida bo‘lgan. Kunlarning birida Rayhon 
arab Ahmadbekning bir shaharga safar qilganini eshitadi va 
paytdan foydalanib Xoljuvonni olib qochish uchun Turkman 
yurtiga keladi. Shunda u Go‘ro‘g‘liga duch keladi va o‘z 
rejasini undan foydalanib amalga oshiradi. Rayhon arabning 
Xoljuvonni olib qochishida o‘zini aybdor bilgan Go‘ro‘g‘li 
qanday qilib bo‘lmasin undan qasdini olishni maqsad qiladi 
va bunga erishadi. Xoljuvon chechasining o‘rniga Rayhon 
arabning qizi Zaydinoyni tog‘asi Ahmadbekka olib kelib 
beradi. Mana shu voqealar jarayonida Go‘ro‘g‘li va Rayhon 
arabning o‘ziga xos insoniy his-tuyg‘ulari, mard va jasurliklari 
yanada yaqqol ko‘zga tashlanadi.
«Go‘ro‘g‘li» nomining talqinlarida turli yondashuvlar mav-
jud. Jumladan, uning «go‘r» – qabrda tug‘ilishi motivini 
asoslaydigan qarashlar ham ustuvorlik kasb etgan. Ayni payt-
da, uning «ko‘r ota 
ning farzandi» ekanligiga urg‘u beradi 
gan 
yo‘nalish ham mavjud. Jumladan, Po‘lkan shoir variantida 
mana shu ikkala qarashning ham ta’siri ochiq seziladi. 


50
Nomning o‘zak qismi ko‘plab talqin larga imkon beradi. Zero, 
«go‘r» va «ko‘r»dan tashqari «kur» o‘zagi ham mana shunday 
rang-barangliklardan birini tashkil etadi. Uning ma’nosi 
alp

botir

mard
deganidir. Ravshanning faqat sinchi bo‘libgina 
qolmay, anchayin kuchli bir bahodir ekani ham tasodifiy 
emas. Bu o‘zakda «quyosh», «o‘t», «olov», «qo‘r», «qir», 
«tog‘» sin gari ma’nolar ham mujassamlashganki, ular qa dimgi 
asotir va afso 
nalar vositasida eng qadimgi tasavvurlarni qayta 
tiklash imkonini beradi. 
Xalq dostonlarida qahramon har doim o‘z oti bilan bir-
galikda namoyon bo‘ladi. Esingizda bo‘lsa, Alpomishning 
ham oti bor edi. U Boychibor nomi bilan mashhur bo‘lgan. 
Xuddi shuningdek, bu yerdagi G‘irot ham mana shunday 
jangovar otlar timsolidir.
Umuman, doston xalqning qadimiy va boy tarixini, 
jango 
var o‘tmishini, milliy-ma’naviy qadriyatlar mazmuni va 
mohiyatini yuksak badiiyat bilan ko‘rsatib bera olgan ajoyib 
badiiy-qomusiy merosdir.

Yüklə 4,52 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   76




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə