Adabiyot 11-sinf indd


«Go‘ro‘g‘lining tug‘ilishi» dostoniga ishlangan rasm



Yüklə 4,52 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/76
tarix03.09.2023
ölçüsü4,52 Mb.
#121256
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   76
adabiyot 1qism 11 uzb

«Go‘ro‘g‘lining tug‘ilishi» dostoniga ishlangan rasm


18
qarab qoldi. Bibi Hilol Ravshanbekning asli zotini so‘rab, 
bir so‘z dedi:
Yaxshi ko‘rdim yosh bachcha sumbatingni,
Ne urug‘ der sening o‘sgan yurtingni?
Bayon qilgin avlod-u ajdodingni!
Har bir gaplaring sening bomaza
1
.
Aftingga qarayman – o‘zing xonzoda,
Avlod-ajdodingni aytgin o‘zima!
Ko‘zingga qarasam tarzing bekzoda,
Qanday elda, qaysi odam o‘g‘lisan?
Bu so‘zni eshitib, Ravshanbek oh tortdi. Yuragi ezildi, 
og‘ zidan buroq-buroq
2
tutunlar chiqib ketdi, Bibi Hilolga 
qa 
rab, bir so‘z dedi:
Bek bo‘lib qildim elda havomni,
Topolmayman bu dardimga davomni,
Musofirman Shohdorxonning shahriga,
Yovmitda Odilxon deydi bobomni,
Aslim so‘rsang, yaxshi odam nasliman!
Belimga boyladim zarli po‘tamni,
Firoqimda bolamlatdim otamni,
Otimni so‘rasang, deydi Ravshanbek,
To‘liboy sinchi der mening otamni,
Yovmit elda xonzodaning o‘g‘liman!
(Shundan so‘ng) Ravshanbek Hamzaning uyiga kelib, 
dod deb bo‘zlab yig‘lab, ovqat yemay, Hamzaga qarab bir 
so‘z dedi:
Eshitgin sen, Hamza, mening tilimni,
Yo javob ber, ko‘ray Yovmit elimni!
Yo bozor sol, etaklab ol pulimni,
Arqon bilan boylab olgin qo‘limni,
Ozod qilgin, Yovmit elga ketaman!.. 
1
B o m a z a – mazali.
2
B u r o q - b u r o q – burqsib-burqsib.


19
Bu so‘zni Hamza eshitib, oh tortdi. O‘zing tug‘may, ul 
bo‘lmas, sotib olmay, qul bo‘lmas ekan. O‘zingniki o‘zagiga 
tepsang ham, ketmaydi ekan, kishining bolasiga kishmish 
bersang ham, turmaydi ekan, dedi. Erta bilan tong otdi. 
Ravshanbekni qul bozoriga olib bordi... 
Gajdumbek bozorga borsa, qul bozorida Hamza bir qul-
ni bozorga solib o‘tiribdi. Bibi Hilolning aytganidan yuz 
barobar ziyoda suluv, qoshi qora, zulfi bo‘yniga tushgan, 
kokili o‘ziga juda ham yarashgan, bodom qovoq, ko‘rganlar 
bo‘lur aftoda. Hamza qul ning bahosini ming tanga deb aytdi. 
Hamzabekning ming tillasini sanab berdi. Gajdumbek qulni 
olib uyiga qaytdi.
Gajdumbek Bibi Hilolni Ravshanbekka nikohlab berdi. 
Rav 
shanbek borligi uchun Gajdumbekning uyidan ko‘ngli 
to‘lib, yor-jo‘ra, oshna-og‘aynisinikiga borib, sayr-tomosha 
qilib yura berdi. Qayoqqa borsa bora berdi. Xazina-dafinasini 
Ravshanbekka topshirib, xizmat ishlarini buyurib yura berdi.
* * *
[Bu orada Gajdumbek bilan Ravshanbek Bibi Hilolni 
keyin olib ketish o‘yi bilan o‘z yurtlarini ko‘rib kelishga 
ketishadi.]
Gajdumbekning Rustambek degan bir xizmatkori bor edi.
Gajdumbekning cho‘ldagi yilqisini boqib yuradigan yilqiboqar 
bolalarning oldida hamma vaqt: «Unday qilinglar, bunday 
qiling 
lar», – deb aytib xizmat buyurib yurar edi. «Men 
borib, xo‘ja 
yinlarni ko‘rib, salom berib, yillik pullarni olib, 
kiyim-kechak qilib kelayin», – deb Zargar shahriga yet-
di. Ko‘chadan kelayotsa, Zargar shahrining xalqi to‘p-to‘p 
bo‘lishib, har yerda maslahat qilib yotishibdi.
Rustambek:
– Bu elda nima gap bor? – dedi. Turganlarning birovi:
– Buni so‘rab nima qilasan. Gajdumbek bilan Ravshan-
bek qochib ketibdi. Ketsa-ku, mayliga-ya, Shohdorxonning 
ko‘nglini qora qilib ketibdi. Orqasidan bir ming amaldor 
quvib ketgan edi, hammasi cho‘lda otidan ayrilib, piyoda 
bo‘lib o‘libdi. Endigi maslahat Bibi Hilolni kuydirib, kulini 
elakdan o‘tkarib yubor 
moqchi bo‘lib yotibdi, – dedi.


20
Birovlar Rustambekni Gajdumbekning quli der edi, birov-
lar o‘g‘li der edi. Bu gapni eshitib Rustambekning yuragi 
«jiz» etib ketdi, ildam-ildam yurib, tikka Bibi Hilolning 
oldiga yetdi.
Rustam qarasa, Bibi Hilol cho‘pday qotib, somonday 
sarg‘a 
yib ketibdi. Buni ko‘rib, Gajdumbekning tuzini hurmat 
qilib, Bibi Hilolga qarab, bir so‘z dedi:
Xudoning ishini endi netayin,
Kechasiman necha changdan o‘tayin?
Haq hurmati singlim dedim, Hiloloy,
Yurgin, Yovmitga eltib borayin!
Sen yo‘liqding dushmanlarning qahriga,
Ot chidamas achchiq qamchi zahriga.
Eson-omon mingashtirib, Hiloloy,
Yurgin, op ketay Yovmit shahriga!
Hiloloy bu so‘zni eshitib: 
– Bir kun o‘lmoq, bir kun tug‘ilmoq. Men bir xiz-
matkorim bilan mingashib borsam, odamlar, qarindoshlarim 
Gajdumbekka: «Sen o‘zing qochib kelib eding, sening sing-
ling Bibi Hilol begona bir odam bilan mingashib keldi», – 
deb aytar. Akamning va yorim Ravshanbekning yuzi tuman 
bo‘lar. Bu bilan borganimdan bormaganim yaxshiroq. Men 
qarindoshlarimning ma’raka-o‘ltirishlarda yuzini tuman qil-
ganimdan, shu yerda g‘arib bo‘lib o‘lganim yaxshi, – dedi. 
Buni eshitib Rustambek aytdi: 
– Erta bilan seni Shohdorxonning odamlari so‘yib o‘ldi-
radi.
Hilol: 
– O‘ldirsa – Xudoning ishi-da. Men o‘limga roziman, 
qazo degan Xudodan bo‘ladi, – dedi. 
Rustambek: 
– Xayr, sening ishing. Sen boshqa kishining bolasisan, 
senga men hech nima deya olmayman. Agar o‘z singlim 
bo‘lganingda olib ketar edim. Endi o‘zing bilasan, – deb 
Rustambek yo‘lga qarab chiqib ketdi. 


21
Kun xufton bo‘ldi. Bibi Hilol xufton namozini o‘qib, 
«Meni Shohdorxon o‘ldirar ekan», deb bo‘yniga kalom rab-
bonini solib, Xudodan o‘ziga o‘lim tilab: «Meni Shohdor-
xon odamlarining qo‘lida o‘ldirma, har nima qilsang o‘zing 
qil», – deb Xudoga yolbarib, barcha payg‘ambarlar, o‘tgan 
azizlarni shafe keltirib, yig‘ladi.
Ana endi azizlarning ruhi, payg‘ambarlarning duolari 
musta 
job bo‘lib, Bibi Hiloloy Xoliqqa jonini topshirdi. Bun-
da barcha azizlar hozir edilar. Bibi Hilol dunyodan o‘tdi. 
Tong otdi. Shohdorxonning amaldorlari, qurandozlari, mu-
najjimlari: «Bibi Hiloldan sohibqiron chiqadi ekan, o‘ldira-
miz, kuydirib kulini elakdan o‘tkaza 
miz, undan keyin sohibi 
xurush yo‘q bo‘ladi, yurt bizlarga qoladi. Hamma yurtga 
shahanshoh bo‘lamiz», – deb ko‘cha-ko‘yda yig‘ilishib, but 
Lot, Manot, tilla payg‘ambar, kumush chahor 
yordan fotiha 
olaylik deb bordilar. Qarasalar, butlarning hammasi butxona-
da yo‘q. Shunda bular: «Xudo biz 
lardan payg‘ambarlari 
mizni 
ergashtirib, arazlab ketibdi», – deb ko‘cha-ko‘chada Xudoy 
urganday bo‘lib yig‘lashib ketayotibdi. Hammasi yig‘i 
lib 
Bibi Hilolning ustiga keldilar. Ko‘rdilarki, Lot, Manot, tilla 
payg‘ambar, kumush chahoryorlar Bibi Hilolni o‘rtaga olib 
turibdi. Buni ko‘rib hammalarining vaqti xush bo‘ldi. Shunda 
qarasalar, Bibi Hilol o‘lgan. Buning o‘lganini lotdan, butdan 
ko‘rib: «Bizlar Bibi Hilolni o‘ldiramiz deganimizni bilib, Bibi 
Hilolni butlar bo‘g‘ib o‘ldiribdi, endi har nima bo‘lsa ham, 
Bibi Hilolga qo‘llaringizni tegizmanglar, Xudoyning achchig‘i 
keladi», – dedilar. Bunga bir maqol bordirki, «Haq saqlasa, 
balo yo‘q, Haq qarg‘asa, davo yo‘q». Hammasi chuvulla shib, 
vaqtlari xush bo‘lib, karnay-surnaylarni chalib, qo‘ng‘iroq-
larni urib, shaharni bezab, suvlarni septirib, oynabandlik 
qildirdi. Buni eshi 
tib, Shohdorxon va barcha amaldorlarning 
vaqti xush bo‘lib, dimog‘lari chog‘ bo‘lib, «Sohibqiron yo‘q 
bo‘ldi», – dedi. 
* * *
Ana endi bularni vaqtlari xushlik, dimog‘lari choqlikda 
qo‘yib, so‘zni Rustambekdan eshiting:


22
Rustambek Bibi Hilolga nasihat qilib edi. Bibi Hilol 
«taqdirimdan ko‘raman», deb Rustamning aytganiga ko‘ngan 
emas edi. Shunday bo‘lsa ham Rustambek aytdi: «Har 
nima bo‘lsa ham, singlim deb edim, akasining tuzini ko‘p 
yeb edim, bir borib xabar olayin. Shohdorxon Bibi Hilolga 
qanday jabrlarni qildi ekan», – deb keldi.
Kelib ko‘rsa, Bibi Hilol bechora cho‘zilib yotibdi. Shunda 
Bibi Hilolga qarab, Rustambek bir so‘z dedi:
Oqizma, chirog‘im, ko‘zdan yoshingni,
Qochirmagin aql bilan hushingni.
Qiyomatlik singlim dedim, Hiloloy,
Och ko‘zingni, ko‘tar aziz boshingni.
To‘rg‘ay chullab tong sarg‘ayib otibdi,
Bek Rustambek xunobalar yutibdi.
Shunday borib Hiloloyga qarasa,
Bu dunyodan safar qilib ketibdi.
Qoshin kerib, qovog‘ini uydirdi,
O‘lim qursin, yurak-bag‘rin kuydirdi,
Bir kampirni olib kelib Rustambek,
Hiloloyni xo‘p yaxshilab yuvdirdi.
Rustambek Bibi Hiloloyni go‘riga qo‘yib, Gajdumbekning 
hovlisiga keldi. Gajdumbekdan qolgan barcha hovli-haram, 
mol-pullarga ega bo‘lib qoldi. Rustam: «Endi davlatga ega 
bo‘ldim, xotin olmasam sira ham bo‘lmaydi», – deb Badgir 
deganning singlisini oldi. Xotinidan bir bola bo‘ldi. Shuytib, 
bularni goh dimog‘ chog‘liklarda, goh xafalik 
larda qo‘yib, 
endi so‘zni go‘rda o‘lib yotgan Bibi Hiloldan eshi 
ting:
Bibi Hilolning o‘lganiga uch oy, to‘qqiz kun, to‘qqiz 
soat, to‘qqiz daqiqa o‘tdi. Ravshanbekdan olti oylik gumona 
qolgan edi. Bibi Hilol o‘lgan bo‘lsa ham, bolasi o‘lmagan 
ekan. Xudo 
ning rahmati bilan asrovda edi. Shu vaqtda 
tug‘moqchi bo‘ldi. Momo Havo, Anbar ena, Fotma buvi 
keldi. Bibi Hilolning o‘ligi go‘rda tebrandi, o‘lik badanini 


23
to‘lg‘oq tutdi. Shu to‘lg‘oq tut 
ganiga, Bibi Hilol ahvoliga 
shoirlarning ta’riflab aytgan so‘zi:
Mavj urib misli bir daryoday toshdi,
Hay attang-a, dardlar dardga ulashdi.
Chaqaloq qimirlab ena qornida,
Hiloloyning farzandi shu go‘rga tushdi.
Har ish, yoronlar, boshdan bo‘ladi,
Bachaning yuzining oydinlig‘iga,
Barq urib go‘r yop-yorug‘ bo‘ladi,
Hilol bibi bir nozanin ul tug‘di.
Shunda turib yig‘ilgan azizlar bolaning otini Go‘ro‘g‘li 
qo‘ydi. Barcha abdal, ovtar, qirq chiltanlar bir-bir olib 
suydi. Hazrati Xizr ham farzandim dedi. Har nima bo‘lsa 
shu kuni Go‘ro‘g‘liga yaxshilik bilan tamom bo‘ldi. Lekin 
Hiloloyga jon kirmadi, ammo bolaga sut kelib yotdi. Shu 
orada o‘rtadan uch yil o‘tdi. Uch yil o‘tib tursin, endi 
Rustambekdan eshiting:
Rustambek uylandi, xotini homilador bo‘lib, oyi-kuni 
to‘lib o‘g‘il tug‘di. Otini Qo‘ng‘irboy qo‘ydi. Qo‘ng‘irboy 
ikki yoshga kirdi. Bu ikkiga kirib turaversin, Go‘ro‘g‘lidan 
eshiting:
Go‘ro‘g‘li tug‘ilgandan beri go‘rda chiroq yonib turar 
edi. Bir kuni lip etib o‘chib qoldi. Yana uch kun o‘tdi. 
Hiloloyga sut kelmay, badani ko‘mirday cho‘ykab ketdi. Ana 
shunda Go‘ro‘g‘li och qoldi, lekin shu vaqtgacha azizlar 
ham xabar olib yurgan edi.
Ana endi Bibi Hilolning arvohining dod, deb yig‘lagan 
dovushini hazrati Xizr bilib, eshitib, go‘r ustiga keldi. Asta 
go‘r 
ning tuprog‘ini pichigina teshdi. Shu teshikdan go‘rning 
ichiga kunning shu’lasi tushdi. Go‘ro‘g‘li kunning tushganini 
ko‘rib, qo‘li bilan ushlab olaman deb kunga qo‘l urdi, ushlay 
olmadi, ushlayman deb qo‘li go‘rning tepasiga yetdi. Tirma-
lab-tirmalab teshikni katta qilib, go‘rdan tashqari chiqib, 
hayron bo‘lib qoldi. «Bu nima degan sir bo‘lur?» – dedi. 
Och qoldim deb go‘rga su yanib, yotib qoldi. Buni ochlikdan 
yig‘lab yotmoqda qo‘yib, endi gapni Rustambekning baytali-


24
dan eshiting: bir baytalning bolasi o‘lib, bolasining o‘lganiga 
ichi kuyib, kishnab yurar edi. Hazrati Xizr bobo alayhis-
salom haligi baytalning bo‘yniga qo‘riq solib, Go‘ro‘g‘lining 
oldiga olib keldi. Baytalning ko‘zi Go‘ro‘g‘liga tushib, mehri 
ko‘kragiga joy olib, unga suykanib emiza berdi. Ana endi 
Go‘ro‘g‘li shu baytalni emib, qorni to‘yib-to‘ymasday bo‘lib 
yura berdi. Baytal har kuni Go‘ro‘g‘lini uch vaqt emizib 
keta berdi. Buning bilan Go‘ro‘g‘lining kuni o‘ta berdi. 
Go‘ro‘g‘li uch yasharida go‘rlarning ustida o‘ynab, u yoqdan 
chiqa, bu yoqdan chiqa, «Os!», «Bos!» deb go‘rlarni tayoq 
bilan sanchib, o‘ynab yura berdi.
Rustambekning yilqichilari baytalning har kuni go‘rga qa-
rab ketganidan xabardor bo‘lib yurar edilar. Bir kuni yilqi-
bonlar: «Shu baytal har kuni mozorga qarab ketadi. Buni 
poylamoq ke 
rak. Mozorga borib nima qiladi?» – dedilar. 
Shuytib o‘ttiz choqli yilqichi baytalning orqasidan poylab 
go‘ristonga keldilar. Hali 
gilar go‘rning oldiga borib qarasa, 
bir bola baytalni emib turibdi. Bir-biriga:
– Ko‘rdingmi? Arvoh ham yalang‘och yosh bolaga o‘xshar 
ekan, arvoh ko‘rgan kasal bo‘ladi, – deb, hammasi birdan, 
bizlar arvoh ko‘rdik, endi o‘lamiz, deb qo‘rqib, kasal bo‘lib 
qoldilar. Bularni bu turishda qo‘yib, endi Rustambekdan 
eshiting:
Rustambek har kuni yilqichilariga non olib kelib berar 
edi. Bugun ham yilqichilarga non olib keldi. Kelsa, yilqichi-
laridan bir nechasi yo‘q. Qolganidan:
– Yilqichilar qani? – deb so‘radi. Ular aytdi:
– Ulkan bir biya har kuni mozorga qarab ketar edi. 
Shu biyadan xabar olamiz deb, mozoristonga borib edi. 
Go‘ristonga borib, baytalni bir arvohning emganini ko‘rib-
di. Shuytib, ularni arvoh uribdi. Mana, shu turgan yilqichi 
qo‘rqib, qochib keldi. Bu ham qo‘rqib, yuragi yorilguday 
bo‘lib yotibdi, – dedi. Buni eshitib, Rustambekning yuragi 
«jiz» etdi. Rustam borib haligi yuragi yorilib ketganday bo‘lib 
yotgan yilqichilarni gapga soldi:
– Nima ko‘rdinglar? – dedi. Yilqichilar:
– Bizlar yap-yalang‘och bir arvohni ko‘rdik. O‘zi yosh 
bachchaga o‘xshaydi, – dedi. «Es berganga dast berar, Dast 


25

Yüklə 4,52 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   76




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə