Adabiyot 11-sinf indd



Yüklə 4,52 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/76
tarix03.09.2023
ölçüsü4,52 Mb.
#121256
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   76
adabiyot 1qism 11 uzb

XAlq OG‘zAki iJODi


9
di. Sakkiz yashar bo‘lganda xat-savodi chiqdi. Taka turkman 
degan yana bir yurt bor edi. Bu yurtda Jig‘alixon degan 
bek bor edi. Jig‘alixonning Gajdumbek degan o‘g‘li, Bibi 
Hilol degan qizi bor edi.
Ana endi gapni Zargar degan shahardan eshiting:
Zargar shahrining Shohdorxon degan podshosi bor edi. 
Kunlardan bir kuni Shohdorxon ikki yuz guburlarini yig‘ib, 
maslahat qildi:
– …Mening bir o‘yim bor: Yovmit yurtidan Odilxon 
podshoni yo‘q qilaman, qo‘rg‘onini qulataman, o‘ligini su-
lataman, xazina-pazinasini o‘lja qilib, sizlarga talataman, – 
dedi.
Shunda Shohdorxonning vaziri Holmon aytdi:
– E podsho, so‘zingiz ma’qul, lekin elchi yubormoq 
lozim. Elchi yubormay birdan zo‘rlik qilib yov yubormoq 
podsholardan lozim emas...
Shunday bo‘lsa ham, Holmonning so‘zi yaylovga chiq-
madi
1
, bir o‘zi bo‘lib qoldi. Boshqasi buning so‘ziga quloq 
solmadi. Esli, aqlli Holmon buni bilib, nochor indamay 
qoldi. Shunda Shohdor 
xon podshoning askar boshliqlari, 
maslahat beruvchi donolari birdan urush qilib, Odilxonni 
yurti Yovmitdan ko‘tarib, yo‘q qilib, o‘ldirib, mollarini o‘lja 
qilib olmoqchi bo‘lib, maslahat qildilar.
Bularni bu so‘zda qo‘ying, endi podshodan eshiting:
Podsho: «Yovmit yurtiga lashkar jo‘natinglar!» – deb 
amr qildi. Lashkarining orqasidan podsholik saltanati bilan 
Shohdorxon ham noibi Subyon deganni o‘zining o‘rniga 
o‘tqazib, Hol mon vazirdan tortib, barcha maslahat beruvchilari 
bilan bul ham keta berdi. Shohdorxonning lashkari uch oy 
yo‘l yurib, uch oy deganda Taka- 
Yovmit Urganch yurtining 
Asqar degan tog‘iga yetib qo‘n 
di. Shu kuni payshanba edi…
Taka-Yovmit elining o‘quvchi bolalari har kuni o‘qib, 
payshanba kuni tushdan keyin ozod bo‘ladigan rasmi bor 
edi. Shu kuni Taka-Yovmit madrasalaridagi katta-kichik 
mul 
lavachchalar tog‘da sayohat qilmoqchi bo‘lishib, To‘li-
boy sinchining o‘g‘li Ravshanbek ularning kattasi bo‘lib, 
tog‘ga chiqdi. Bolalar tog‘ni sayohat qilib, buloqlar, ko‘ka-
lam yerlarni tomosha qilib yurgan edilar, birdan quloqlariga 
1
E’tiborga olinmadi ma’nosida.


10
otlarning dupuri keldi. Qarasalar, qir 
ning boshini to‘zon 
olibdi, qo‘llarida yalang‘och qilich, miltiqlari o‘qlangan lash-
kar bularga qarab daf qilib, to‘rt tomonini qurshab olibdi. 
Mullalar buni ko‘rib qo‘rqib, yuraklari yorilib ketdi. Shunda 
askarlar bularni bandi qilib haydab Shohdorxon podshoga 
to‘g‘ri qildi. Shohdorxon qarasa, hammasi yosh bola ekan, 
ularni o‘ldirmoqqa ko‘zi qiymadi...
Shohdorxon esli podsho edi, bularning qo‘rqqanini bildi.
– Bularga ozor bermanglar, – dedi. Bularni qo‘rqmoq-
da, Shohdorxonni Asqar tog‘iga kelmoqda qo‘yib, ana endi 
Taka 
-Yovmit elidan eshiting:
Mullavachchalarning kelmaganidan Taka-Yovmit eli qo‘r-
qi 
shib, axtarib, har tarafga qarab, bular ham shu tog‘ga, 
qo‘shinning ustiga kelib qoldi. Bularning kelganini bilib, 
Shohdorxonning qo‘shini quvib yarmini bandi qilib oldi, 
yarmi qochdi. Qochganlar qochib, Odilxon podshoning ol-
diga bordi. Bo‘lgan voqealarni: «Bir cherik – lashkar Asqar 
tog‘ga keldi, yulduzdan ham ko‘p», – deb arz qildi. Odilxon 
podsho bu so‘zni eshitib, bu ham cherik lashkar yig‘moqchi 
bo‘lib, har tarafga, qo‘rg‘on-qo‘rg‘onga xat yubordi. Bekla-
riga: «Darrov yig‘ilinglar!» – deb qattiq amr qildi. Oqshom 
bilan chopishib, erta bilan har tarafdan to‘zonlar paydo 
bo‘lib, qo‘rg‘onning atrofini lashkar tutdi. Odilxon podsho: 
– Kelgan lashkar kim ekan, bilib kelinglar! – deb o‘zi-
ning Taka begi Zamon degan lashkar boshlig‘ini bir necha 
odamlarga qo‘shib, elchi qilib yubordi. Elchilar Shohdorxon 
podsho 
ning oldiga borib, qo‘llaridagi elchilik ariza-xatlarini 
ko‘rsatdilar. Shohdorxon mirzalariga:
– O‘qib ko‘ringlar, nima xat ekan, – dedi. Mirzalar 
o‘qib ko‘r 
di. Xatda:
«Bu qanday behurmatlik, podsholardan bunday behurmat-
lik lozim emas edi-ku. Podsholar yurishni, turishni oldin 
elchilar bilan bildirib, elchiga ko‘nmasa, so‘ngra safar qilib 
kelar edi. Bu rasm avvaldan oxir qoida bo‘lib kelayotgan 
edi...» – deb yozibdi. Shohdorxon bu so‘zlarni eshitib, 
Holmon vaziriga qaradi. Hol 
mon vazir:
– O‘zingiz bilasiz, men bir farmonbardorman. Siz har 
nima amr qilsangiz, shuni qilaman, – dedi. Podshoga masla-
hat bermadi.


11
Shunda Shohdorxon elchilarga qarab:
– Borib Odilxon podsholaringga aytinglar, kelib menga 
fuqaro bo‘lsin, boj-xiroj bersin! Bermasa, fuqaro bo‘lmasa, 
yurtini, elini yer bilan yakson qilib, hammasini to‘s-talqon 
qilib, o‘zlarini o‘ldirib, mollarini o‘lja qilib, lashkarlarimga 
talatib yuboraman! – dedi.
Elchilar Shohdorxonning qog‘ozini Odilxon podshoga olib 
ke 
lib ko‘rsatdilar. Ana shunda Odilxon podsho:
– Unday bo‘lsa, dushman tog‘dan oshmay, uning ustiga 
bizlar ham boraylik, – dedi.
Hamma lashkar jam bo‘lib, bular ham Asqar tog‘dan 
oshib qo‘sh tashladi.
Bularni Shohdorxonga ko‘rinish berib, qo‘nmoqda qo‘yib, 
en 
digi gapni Holmon vazirdan eshiting: Holmon vazir, pod-
shohimning tuzini ko‘p yeganman, har nima bo‘lsa ham bir 
so‘z aytayin deb, Shohdorxon podshoga qarab aytdi:
– E podsho, «Dushmaning xas bo‘lsa qo‘rq» degan ekan. 
Sen ham butunchiligingning fikrida bo‘l!
Shohdorxon podsho:
– Urushga tayyorlik qilinsin, – deb amr qildi. Urush 
nog‘orasini urdi, karnay-surnaylarni chaldirib, lashkarini ot-
lariga mindirib, miltiqni o‘qlab, piltani choqlab, choq bo‘ldi.
Odilxon podsho ham urush nog‘orasini chaldirib, lash-
karlarini choqlab otga mindirib, urushmoqqa choq bo‘ldi, 
ko‘ngillari to‘q bo‘ldi. Ikki taraf podsholarining urush uchun 
qilgan shon-u shuhratlariga yer tebrandi. Surnay-karnay, 
sibizg‘a tortganiga barcha polvonlar simobday erib, yo‘lbars-
day g‘arqirab, g‘ayrati jo‘sh urib, bir-birlariga qarshi turdi. 
Podshohi haqiqiy – Xudoning o‘zi. Bular podshohi majoziy 
– Xudoning yaratgan maxluqi. Bularni ham Xudo podsho 
qilib qo‘yibdi. Shu sababdan podshohi majoziyni fuqaro yo-
monlasa, podshohi haqiqiyning achchig‘i kelib, Xudoga malol 
kelar ekan. Shohdorxon podshoning hech kimning so‘ziga 
kirmay, Holmon vazirning so‘zini olmay: «Yovmitlarni darrov 
o‘ldiraman, yurtini olaman, molini o‘lja, ayollarini yebir- yesir 
qilaman», – deb yovmitlarni ko‘zga ilmay manmanlik bilan 
kelgani Xudoga xush kelmadi. Buni manmanlikda qo‘yib, 
Odil xondan eshitaylik:


12
Birdan Odilxon podshoning lashkariga Nazar degan kishi 
bosh 
chiligida ko‘p lashkar kelib qo‘shildi. Uni ko‘rib Shoh-
dor xon podshoning rangi o‘chdi. Nimagaki, podsho xalqi xoh 
kofir, xoh musulmonmi, nazarkarda bo‘lar ekan. Shohdor-
xon podsho Odilxonga g‘aybdan qo‘shin kelib qo‘shilganini 
ko‘zi bilan ko‘rib qo‘rqdi. «Hay attang, Holmon vazirning 
so‘ziga kirmaganim yomon bo‘lgan ekan, aytgani keldi», – 
dedi. Shunday bo‘lsa ham, qochmoqqa nomus qildi. Ko‘p 
ishlarning bo‘lishini, odamlarning o‘larini bildi, bilsa ham, 
kishilarning qoniga jabr qildi:
– Har nima bo‘lsa bo‘lar, urush qilinglar! – dedi.
Shunda ikki tarafdan «Ur-ho!» degan ovozlar chiqdi. 
Birdan bir-birlariga ot qo‘yishib, tala-to‘p bo‘lishib, bir-bir-
lari bilan aralashib qoldi. Ajal yomg‘iri yog‘di. Nayzabozlik, 
qilichboz 
lik, bir-birovining jazosini bermoq sarbozlarga bo‘ldi 
ermak. Hech kim ko‘rmagan, hech bir quloq eshitmagan 
katta urush bo‘ldi, o‘liklar to‘ldi, o‘liklarning ostidan sizot-
sizot qon ketdi. Shu kun to‘qqiz soat urush bo‘ldi. Undan 
keyin urushni yotqizmoqqa nog‘ora chalindi. Urush yotib, 
har qaysi taraf lashkarlari o‘z taraflariga qarab qaytdi. Shunda 
Odilxon podsho Shohdorxon podshodan g‘olib keldi. Bu ish 
Shohdorxon podshoning manmanligidan bo‘ldi. Shohdorxon 
podsho o‘zini mag‘lub ko‘rib, Odil 
xondan muhlat so‘radi. 
Shunda Odilxon podsho:
– Asqar tog‘ida qo‘lga tushgan mullavachchalarni qo‘yib 
yuborsin, – dedi. Shohdorxon podsho hammasini qo‘yib 
yubordi. Lekin Shohdorxonning Hamza degan bir odami bor 
edi. Shohdor 
xondan yashirib, Ravshanni bir sandiqqa solib 
oldi, uni o‘g‘il qilib olmoqchi bo‘ldi. Tashqaridan Odilxon-
ning beklaridan Jig‘alixonning o‘g‘li Gajdumbek bilan qizi 
Bibi Hilol ham bularning ichiga qo‘shilib o‘lja bo‘lib ketdilar.
Shunda urush tamom bo‘ldi. Har ikki taraf podsholar 
o‘z ta 
raflariga qaytdilar.
Odilxon: «Ravshanxon o‘lgan ekan-da», – deb undan 
umidini uzdi, afsuslar qildi.
Bularni bunda qo‘ying, Shohdorxondan eshiting:
Shohdor 
xon uch oy yo‘l yurib, o‘z yurti Zargarga yetdi, 
taxtiga mindi. Erta bilan tong otdi, Shohdorxonning xos 
xizmatkori kelib arz qildi.


13
– E podshohim, Odilxon odamlaridan bir ayol, bir erkak 
bandi bo‘lib kelibdi, – dedi. Shohdorxon podsho:
– Unday bo‘lsa, bunda olib keltir, – dedi. Olib kelib 
Shohdor 
xonga to‘g‘ri qildilar.
Shohdorxon ularni ko‘rib, vaqti xush bo‘lib, mehri yon-
boshga kelib:
– E mehmonlar, mendan maqsad tila! – dedi. Qo‘rqqan, 
gapiga tushunmagan Gajdumbek indamadi. Shunday bo‘lsa 
ham, Shohdorxon Gajdumbekka yasovul boshliq amalini 
berdi. O‘z oldida saqladi. Gajdumbek kamsiz bo‘ldi, davlati 
juda katta, o‘ziga bir yaxshi joy solmoqchi bo‘lib, shahardan 
uzoqroq yerdan sakkiz oshyonlik imorat soldi. Imorat bitdi, 
oradan yetti yil o‘tib ketdi. Gajdumbekning singlisi Bibi 
Hilol bo‘yi yetib qoldi. O‘zi o‘n beshga kirgan, lekin boshi 
bo‘sh edi. Shuytib bular yura bersin, endigi so‘zni Ravshan-
bek bilan Hamzadan eshiting:
Hamza Ravshanbekni o‘g‘il qilib olaman deb, har kuni 
tong otguncha uning kokilini yetti martaba o‘rib, har o‘rgan-
da mushk ning
1
suvini berar edi. Ravshanxon ham bir bola 
bo‘ldiki, ko‘rganlar havasda, ko‘rmaganlar armonda, kamsiz, 
suluv-xushro‘y.
Ana endi, Shohdorxon podshodan eshiting:
Shohdorxon podsho bir kuni yomon tush ko‘rdi, tushida 
bir ajoyib ish ko‘rdi. Shunda qurandoz
2
– munajjimlarini, 
hukamo-ta’birchilarini yig‘di. Yig‘ilganlarga qarab, Shohdor-
xon podsho bir so‘z aytdi:
Guburlarim
3
, bugun uxlab tush ko‘rdim,
Men tushimda ko‘p qabohat ish ko‘rdim,
Yo bilmayman, o‘zi manglayning sho‘ri,
Yovmit eldan keldi ikkita bo‘ri.
Kelgan bo‘ri, qurandozlar, kim bo‘ldi?
Davlatli qul odam yugrukni mindi,
Ikki bo‘ri tog‘da ikki sher quvdi.
1
M u sh k – qora tusli va xush isli suyuq modda.
2
Q u r a n d o z – aslida qur’aandoz, ya’ni qur’a tashlovchi, fol ko‘-
ruvchi, tush ta’bir qiluvchi demakdir.
3
Gubir – aslida «gubernator» so‘zining qisqargani. Bu yerda hurmat 
ma’nosida qo‘llangan. 


14
Sherbachchalar qo‘yga oralab qoldi,
Qo‘yimning o‘ligin har yoqqa otdi,
Tutunim burnimdan chiqib ketdi.
Bu tushimning ta’birlari ne bo‘ldi?
Tepamdan bir lagan tillam sochildi,
Og‘zimdan bir tolg‘ir qushim uchildi,
Imoratim bari tekis bo‘ldi,
Bir oy elima paydo bo‘ldi,
Shu’lasi olamni yop-yorug‘ qildi.
Qurandozlar, ayting, ta’bir na bo‘ldi?
Bir chinor elimdan ko‘karib ketdi,
G‘alt urib, shoxasi
1
osmonga yetdi,
Fuqaromning bari soyalab yotdi,
Qur’a ko‘ring, soyalagan kim bo‘ldi?
Sochlaringni tol-tol qilib taranglar,
Bu gaplarni kim ko‘rgandan so‘ranglar!
Tushi qursin, ta’birlari ko‘p yomon,
Bu tushimning ta’birini yo‘ringlar!
Munajjimlar, ayting, ta’bir ne bo‘ldi?
Barcha hukamo, qurandoz – munajjimlarning ichida Yu-
suf degan bir qurandozi bor edi. Yusuf podshoga qarab, tush 
ta’birini aytib, bir so‘z dedi:
Bilmaganing bildirayin bilmasang,
Podshohim, maqsadga yetgin o‘lmasang!
Bu tushingning ta’birini aytayin,
Tag‘in-a, ko‘nglingga og‘ir olmasang.
Zimiston ayrilmas tog‘larning qori,
Tushing qursin, bildim, manglayning sho‘ri!
Yovmit eldan kepti ikkita bo‘ri:
Ikkovidan yaxshi farzandlar bo‘lar,
Qo‘yingni o‘ldirgan bo‘ri – ikkovi.
Boshlaringga necha savdolar solar,
Fuqarongning ko‘ngli qop-qora bo‘lar.
1
Sh o x a – shox va novdalar, shox-shabba.


15
Tushingning ta’biri shuldir, podshoyim.
Shu birovi elatingga shoh bo‘lar,
Tushingning ta’biri shuldir, podshoyim!
Tepangdan sochilgan tillang – qoningdir,
Og‘zingdan uchgan qush – joningdi(r),
Qulagan imorat – sening taningdi(r),
Tushing qursin, ta’birlari shu bo‘ldi!
Ko‘chalarga yaxshi raislar qo‘yar,
Masjid-madrasa elingda qilar,
Lashkariy qomatni joriy qilib,
Barcha odam jamoat namoz qilar.
Savobi osmonga g‘alt urib ketar,
Savobini Arsh-u Kursiga yetkarar,
Fuqaroning bari masjidda yotar,
Ko‘kargan chinor Haqning kal(i)masi,
Fuqarongning bari musulmon bo‘lar,
Tushingning ta’biri shuldir, Shohdorxon.
Shohdorxon qurandozlardan bu so‘zni eshitib, jallod-mir-
g‘azablarga
1
buyurdi:
– Darrov shu ikkovini topib kelinglar!
Ana endi, Hamza Ravshanxonni podshoga bildirmasdan 
boqib yurar edi. Buni ham qurandozlar bildi. Qurandozlar 
aytganidek, Ravshanxonni, Gajdumbekni olib keldi; podshoga 
to‘g‘ri qildi. Shohdorxon podsho bu ikkovining qaddi-qoma-
tini ko‘rib, o‘ldirmoqqa ko‘ngli bo‘lmay, ko‘zi qiymadi. Men 
bo‘lsam o‘lar ekanman. Mendan qolgan bolalarim taqdiridan 
ko‘rsin», – dedi.
– Bor, ikkovingni ozod qildim, oyog‘ing borganicha yura 
ber, o‘limlaringni o‘tdim, – dedi. Buni eshitib Hamzaning 
dimog‘i chog‘ bo‘ldi, Ravshanbekni uyiga olib keldi... 
* * *
Hamzabek Ravshanxonni har kuni tomoshaga olib chiq-
di, bayramlarni ko‘rsatdi. Shuytib Ravshanbek har kuni o‘zi 
tomoshaga chiqmoqni o‘rganib qoldi.
1
M i r g‘ a z a b – «amiri g‘azab» so‘zlarining qisqargani. Jazo beruv-
chilarning boshlig‘i. 


16
Kunlardan bir kuni ko‘chalarda tomosha qilib yurib, bu 
yurtda yurganiga xafa bo‘lib, yurak-bag‘ri ezilib, ko‘zidan 
yoshi oqib kelayotib edi, yo‘li Gajdumbekning ko‘chasiga 
tushib qoldi. Shu vaqtda Hiloloy sakkiz oshyonlik imoratning 
yuqorisidan ko‘chaga qarab o‘ltirar edi. Ko‘zi Ravshanga 
tushdi. Farosat bilan bildi, bu yigit bu shahardan emas, 
musulmonga o‘xshaydi. Shunda Hiloloy Ravshanbekka qarab, 
to‘xta, deb bir so‘z dedi:
Suluv qizlar burab qo‘yar sochini,
Mard yigit g‘animdan olar o‘chini.
Bag‘ring kuygandayin bo‘zlab yig‘laysan,
Menga aytgin yig‘laganing vajini!
Qizil gul ochilar g‘unchadan g‘uncha,
Toqatim yo‘q, shu kun gul ochilguncha.
Sen yig‘lading, menda toqat qolmadi,
Ot boshini picha to‘xtat, bekbachcha!
Shunda Ravshanbek qanday ekanini bilmay, u yoq-bu 
yoqqa qarab, asta-asta Hiloloyga bir so‘z dedi:
Quloq solgin, so‘zning yolg‘on-rostiga,
Quloq solgin, so‘zimning payvastiga!
Bu shaharda menda oshna yo‘q g‘ayridin,
Ko‘p dard qo‘shding yana dardning ustiga...
Ajal yetib shu vaqtlarda o‘lmadim,
Yovmit elning qadrini hech bilmadim,
Kim ham bo‘lsang bir ko‘rayin, qaddingdan,
Do‘stmi-dushmanmisan – seni bilmadim!
Shunda Bibi Hilol Ravshanbekning turkman ekanligini 
bilib, derazani ochib, tashqari ayvonga chiqdi. Ravshanbek 
tiklab qarasa, hur tal’atli, maloyika kelbatli, shirin so‘zli, 
jodu ko‘zli, zulfi tol-tol bo‘lib betiga tarmashgan, latibasi 
labiga tushgan, munchoqlari kindikdan oshgan. Buni ko‘rib 
Ravshanbekning og‘zi angrayib, burni tangrayib, Bibi Hilolga 


17

Yüklə 4,52 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   76




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə