Adabiyot 11-sinf indd


«Alp eR TO‘NGA MARSiyASi» HAqiDA



Yüklə 4,52 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə15/76
tarix03.09.2023
ölçüsü4,52 Mb.
#121256
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   76
adabiyot 1qism 11 uzb

«Alp eR TO‘NGA MARSiyASi» HAqiDA
«Devonu lug‘ot at-turk»da qahramonlik qo‘shiqlarining 
jamlangani ham alohida e’tiborga molik. Unda Vatan hi-
moyasi, yurt taqdiri, xalq birligi va chegaralarning daxlsizligi 
uchun kurash g‘oyalari kuylangan she’riy va nasriy parcha-
lar ko‘p. «Tangutlar bilan jang», «Yaboqular bilan jang» 
kabi parchalar shular jumlasidandir. Ularda jang manzarasi, 
dushman lashkarining qiyofasi va holati, botirlarning ularga 
qarshi shiddatli va matonatli kurashlari juda yorqin, badiiy 
ta’sirchan tarzda ifodalangan. Bu silsilada Alp Er To‘nga 
haqidagi marsiya ham mavjud.
Alp Er To‘nga – turklarning qadimiy qahramoni. Yusuf 
Xos Hojib tojiklar uni Afrosiyob deb atashlarini yozgan. 
Mahmud Koshg‘ariy Afrosiyobni Qashqarda – O‘rdukent 
shahrida turar edi, deb ko‘rsatadi. To‘nga Alp Er – yo‘lbars 
kabi kuchli bahodir demakdir. «Devon»da uning Barman, 
Barsg‘an degan o‘g‘illari hamda Qaz ismli qizi haqida ham 
ma’lumotlar bor. 
«Qaz – Afrosiyob qizining nomidir. Qazvin shahrini shu 
qurgandir. Bu so‘zning asli qaz o‘yini – g‘oz o‘ynaydigan joy 
demakdir. Chunki u shu yerda turar va shu yerda o‘ynar 
edi. Shu 
ning uchun ba’zi turklar Qazvinni turk shaharlari­
dan hisob 
laganlar. Shuningdek, Qum shahri ham chegara 
hisoblanadi. Chunki qum turkcha so‘zdir. Afrosiyobning qizi 
u yerda ov qilar va o‘ynar edi. Ba’zilar turk shaharlari 
chegarasi Marvash – Shohijondan boshlanishini so‘zlaydilar. 
Chunki Qazning otasi To‘nga Alp Er – Afrosiyobdir. U Tah­
muraspdan uch yuz yil keyin Marvni bino qilgan. Ba’zilar 
butun Movarounnahrni turklar o‘lkalaridan deb bilganlar. U 
Yankanddan boshlanadi. Uning bir oti Dizro‘yindir. U sa­
riqligiga ko‘ra mis shahri de 
makdir. Buxoroga yaqindir. Bu 
yerda Afrosiyobning qizi – Qaz 
ning eri Siyovush o‘ldirilgan. 
Majusiy­otashparastlar har yili bir kuni bu yerga kelib, Siyo­
vush o‘lgan joy atrofida yig‘laydilar. Mollar so‘yib, qurbonlik 
qiladilar. So‘yilgan mol qonini uning mozori tepasiga to‘kadi­
lar. Ular 
ning odatlari shunday»
.


64
Shuningdek, Mahmud Koshg‘ariy Afrosiyobning bolalari 
xoqon, xon deb atalganini eslatadi.
«Devon»da ana shu buyuk tarixiy shaxs – Alp Er 
To‘nga haqidagi bir necha to‘rtliklar saqlanib qolgan. Ular, 
asosan, Alpning vafotiga bag‘ishlangan. U tom ma’nodagi 
marsiya namunasidir. Marsiyada Afrosiyob – Alp Er To‘nga-
ning o‘limi achchiq qismat, dahshatli fojia, o‘rnini to‘ldirib 
bo‘lmaydigan yo‘qotish sifatida baholanadi. 
Marsiyada 
esiz
(yomon, yaramas, manfur), 
ajun
(olam, 
dunyo), 
o‘dlak
(vaqt, zamon taqdir) so‘zlarigina biroz eskir-
gan. Boshqa so‘zlar bugungi tilimizda ham faol iste’molda.
Unda xalq orasidagi birdamlik, ko‘tarinkilik, hamjihatlik, 
ahillik, ezgulik Afrosiyob nomi bilan bog‘lab izohlanadi. 
Aksincha, uning o‘limi yovuz va yaramaslarning bosh ko‘ta-
rishiga, ezgu ishlarning kamayishiga, bilimdonlarning ezilib, 
axloq-odobning zaiflashuviga sabab bo‘lganligi ta’kidlanadi.
Alp Er To‘nga – xalq sevgan qahramon. Shunga ko‘ra 
uning oradan ketishi beklarning oti charchashiga, ularning 
g‘am ostida qolishiga, yuzlarning sarg‘ayishiga sabab bo‘ladi.
Xalqning bo‘ridek ulishi, ya’ni haddan tashqari iztirobi, 
hatto yoqalarini yirtib yig‘lashi, uning ustiga bu iztirobning 
davomi bo‘lishi (yig‘lab-siqtab yurdilar) xalqning Alp Er 
To‘ngaga bo‘lgan kuchli muhabbatini samimiy, ishonarli va 
ta’sirchan chizib bera oladi.
Amirlar otlarining horishi uzoq va mashaqqatli yo‘l oqi-
batidir. Demak, Afrosiyob motamiga kelganlar faqat yaqin- 
atrofdagilar emas, balki ancha olisdan ham kelishgan. Bun-
day ulug‘ insonning vafoti ularning ruhiyatiga kuchli ta’sir 
qilgan (
«qayg‘u beklarni ozdirdi»
). Yuzda sariqlik, za’faron-
likning bo‘lishi ham qayg‘u 
ning kuchiga ishoradir. Bu yer-
da insonning tashqi ko‘rinishi orqali uning ichki iztiroblari 
ko‘rsatib berilmoqda.
Marsiya davomida Afrosiyobning o‘ziga xos bo‘lgan alo-
hida xislat va fazilatlari ham eslab o‘tiladi. Shunday yuksak 
fazilatlar egasining dunyodan o‘tishiga afsus va nadomatlar 
bildiriladi. She’rda ana shu chuqur qayg‘u va iztiroblar ni-
hoyatda ta’sirchan ifodalanadi.


65

Yüklə 4,52 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   76




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə