Adabiyot 11-sinf indd



Yüklə 4,52 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə73/76
tarix03.09.2023
ölçüsü4,52 Mb.
#121256
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   76
adabiyot 1qism 11 uzb

uchinchi fasl
Bu faslda men baxti qarolar borasida so‘z yuritaman, 
aslida din peshvolari baxti qaro deb o‘z aqidalari bilan dun-
yoda faqat mehnat va mashaqqat bilan kun o‘tkuzib, toat va 
ibodatni maromiga yetkazmagan va yana pir xizmatini mu-
nosib qilib, pir yo‘llanmasini olmaganlarni aytishadi. Bizning 
fikrimiz bu aqidaga zid holda, aksincha, umri mehnat va 
mashaqqat bilan o‘tib ketgan guruh ayni bebaxt odamlardirki, 
ularni baxti to dunyo turguncha barq urib, dostonlarni yoritib 
turadi. Bilmoq kerakki, Farhod shahzodalikdan ishq gadosi 
bo‘lishni afzal bilib, o‘z ma’shuqasining orzusini ro‘yobga 
chiqarmoq uchun qoya toshlarni, daryo(larni) to‘sib, sahroni 
obod etish uchun mehnat va mashqqatga giriftor bo‘ldi. 
Shunday ekan, ma’lum bo‘ladiki, Farhod kabi doston 
bo‘lib uning orzusi butun bashariyat orzusi bo‘lsa, nima 
uchun bu toifa mashaqqat chekkanlar baxtiqaro bo‘ladi?! 
Haqiqatni aytganda, baxtiqaro shu toifalardirki, ular mehnat-
dan yiroq bo‘lib, besh kun ko‘rgan umrini rohat bilan o‘tka-
zish maqsadida ming hiyla va aldovlar bilan ustamonlik qilib, 
o‘zgalar mehnati bilan davlat to‘plab, obro‘ va boylik hosil 
qilib, ommaning nafratiga giriftor bo‘lib umri ado bo‘lar. 
1
B o z – yana, tag‘in, takroran.


196
O‘ Z B E K M U M T O Z A D A B I Y O T I
Ular shoh bo‘lsa, zolim mulla bo‘lsa, so‘zi boshqa, ishi 
boshqa amaldor bo‘lsa, «jafokor» nomi bilan dunyodan o‘ti-
shadi, biror kishi u toifani yaxshi nom bilan yod etmaydi va 
hech bir donishmand (ularning) hayoti haqida esdalik uchun 
doston ham to‘qimaydi. Bas, ma’lum bo‘ldiki, dunyoda to‘rt 
oyoqli hayvonlardek yeb-ichib, maishatni hunar qilib, be-
nom-u nishon o‘lib ketgan odamlarni baxtiqaro desa bo‘lar. 
To‘rtinchi fasl
Bu faslda qora zulmat haqida so‘z yurutmoqchiman. 
Aqlga ishoradirki, hech zulmat oq bo‘lmas, albatta, bu 
«zulmat» so‘zi qarong‘ilikning baland sifati bo‘lib, bu so‘z 
ifodaga kelgan zahoti tinglaguvchi nazarida yorishmog‘i dush-
vor bo‘lgan qarong‘i manzara ko‘ringay. Bundoq manzarani 
ko‘rguvchi uni tasvir etishga qobiliyat paydo qilgan va uni 
ko‘rish quvvatiga ega bo‘lgan, zulmat tasavvuriga ojiz va 
uni ko‘rish qobiliyatidan begona kishi «zulmat» deb qarong‘i 
kechani bilar va u kecha so‘ngidan yaqin soat va muayyan 
vaqtda yorug‘ kun kelishini, albatta, bilar... 
Zulm ustun kelib, bir mamlakatni bosib tursa, bu zulmni 
oftob va tong ravshanligi bartaraf etolmas, bunday zul-
matni adolat kuchi yengar. Adolat kuchiga chiday olmagan 
zulmat ko‘pincha majoziy hokim va zolimlar tarafidan joriy 
qilinadi... 
Zolim aqlining yo‘qligidan bexabar o‘zini, shubhasiz, 
aqlli va dono hisoblab, har ishni qilish fikriga kelsa, o‘sha 
ishni nihoyat ma’qul va maqbul va xaloyiq uchun majburiy 
qilar, u rejasini amalga oshiradi, … ijrosiga farmon beradi. 
O‘sha farmon qilgan mashaqqati el boshiga zulmdirki, o‘sha 
zulm soyasi «zulmat» deyilar...
1
Tarixi tahrir 1328 hijriysi (1910) milodiy.
1
Uchinchi va to‘rtinchi fasllarning hozirgi o‘zbek adabiy tilidagi 
tabdili berildi. 


197

Yüklə 4,52 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   76




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə