Adabiyot 11-sinf indd



Yüklə 4,52 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə60/76
tarix03.09.2023
ölçüsü4,52 Mb.
#121256
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   76
adabiyot 1qism 11 uzb

Savol va topshiriqlar
1. Matla’ni o‘qing. Uning mazmunini sharhlashga harakat qi-
ling.
2. Ikkinchi baytning matla’ bilan o‘xshash jihatlarini belgilang.
3. Ushbu g‘azal tashqi jihatdan oldingi g‘azaldan nimasiga 
ko‘ra farq qiladi?
4. Ritmik-sintaktik parallellizm hodisasi nimani anglatadi? Uni 
mazkur she’r asosida tushuntirishga harakat qiling.
5. G‘azal qofiyasi va radiflarining she’r mazmuniga ko‘rsa-
tayotgan ta’sirini o‘z so‘zlaringiz bilan tushuntirib bering.
6. G‘azalda 
telba 
so‘zi qaysi ma’nolarda qo‘llangan?
7. G‘azaldagi 
bor
so‘zining ma’no qirralari haqida mulo-
hazalaringizni bildiring.
8. She’rni yod oling.


168
O‘ Z B E K M U M T O Z A D A B I Y O T I
«Xating aro uzoring – sabza ichinda lola...»
Xating
1
aro uzoring
2
– sabza ichinda lola,
Ul chashmi purxumoring
3
loladagi g‘azola
4
.
Barcha parilar, ey jon, girdingda zor-u hayron,
Go‘yo erur namoyon oy tegrasida hola
5
.
Mehr-u vafoni, ey yor, ko‘p ko‘rdi sendin ag‘yor
6
,
Javr-u jafoni bisyor qilding manga havola.
Hajringda, ey pariro‘
7
, ko‘zumdin uchdi uyqu,
Har kecha tongga degru
8
ishimdur oh-u nola.
Yuz safhasinda xatlar yoshdinki, har taraf bor
Ishqingda Bobur aylar bu nav’ yuz risola.
Ushbu g‘azal Boburning badiiy mahoratini ko‘rsatib be-
rishda alohida o‘rin tutadi. Unda Bobur tasvirning ham, 
tasviriy san’atning ham ustasi sifatida namoyon bo‘ladi. 
Dastlabki bayt yor – mahbubaning go‘zalligini tasvirlashga 
bag‘ishlangan. Bunda shoir asosiy maqsad qilib yorning tash-
qi ko‘rinishi – yuzini chizishga harakat qiladi. 
Xating aro uzoring – sabza ichinda lola,
Ul chashmi purxumoring loladagi g‘azola.
Niyat yorning yuzini, ko‘zini va o‘zini tasvirlash. Labda 
bilinar-bilinmas mayda tukchalar bor. Ular go‘yo keng da-
1
X a t – lab uzra mayin tuklar.
2
U z o r – yuz, chehra.
3
P u r x u m o r – xumori, mast; ko‘zi suzilgan.
4
G‘ a z o l a – lola ichidagi kiyik boshiga o‘xshash uzv.
5
H o l a – Oy yoki Quyoshning qo‘rg‘onlashi, gardish bog‘lashi.
6
A g‘ y o r – begonalar, g‘ayrlar; raqiblar.
7
P a r i r o‘ – pari yuzli, go‘zal.
8
D e g r u (tegru) – ko‘makchi, muayyan zamon yoki makondagi 
chegarani anglatadi (qadar, -gacha ma’nolarini beradi).


169
ladagi o‘t-o‘lanlarga o‘xshaydi. Ularning qurshovidagi yuz esa 
o‘t-o‘lanlar orasidagi lolaga qiyoslangan. Ko‘z – «purxumor». 
Ayni paytda u lolazor bag‘rida erkin va sho‘x raftor bilan 
kezi 
nib yurgan ohuga o‘xshatilgan. Lekin bu ohu lolada, 
aniqrog‘i, lola ichidadir. Buni yaqqolroq tasavvur etish uchun 
tabiiy lolani ko‘z oldimizga keltirishimiz lozim. Lolaning 
ichidan o‘sib chiqqan yashil o‘simta bor. Uning yuqori qis-
mi kiyik – ohuning bosh qismini eslatadi. Shoir mana shu 
o‘xshashlikni nazarda tutgan. Aslida, mazkur holatning o‘zi 
rassom nigohidagi ajoyib manzarani tashkil etadi.
Bayt 
da yoqimli musiqiy ohang, jarangdorlik ham sezilib 
turibdi. Buni ochiq bo‘g‘inlar miqdorining ko‘pligi, ayrim 
so‘zlarning takrori, shuningdek, ichki qofiyalar 
ning ishtiroki 
ta’minlamoqda. Bular oshiq qalb kechirayotgan tuyg‘ularning 
jo‘shqinli 
gini, tuyilayotgan zavqning yuqori darajasini ko‘rsat-
moqda. Ana shu his va hayajon uni bevosita ma’shuqaning 
o‘ziga murojaat etishga majbur qilgan. Keyingi baytda bu 
ochiq ko‘rinadi. 
Barcha parilar, ey jon, girdingda zor-u hayron,
Go‘yo erur namoyon oy tegrasida hola.
Olamda go‘zallar ko‘p. Baytda ular «parilar» so‘zi bilan 
ifo dalangan. Shunga qaramay, yor ularning barchasidan afzal, 
go‘zal va ustundir. Shuning uchun markazda yor, uning 
atrofida esa boshqalar turibdi. Shoir tabiatga qiyosni davom 
ettirdi. Bu holat go‘yo oy nurining atrofiga bir xildagi 
nurlarni sochishi tufayli hosil bo‘ladigan gardishiga o‘xshaydi. 
Oy gardishi qadimda «hola» deb yuritilgan. Demak, yor va 
uning dugonalari oy va uning holasiga tashbih qilinmoqda. 
E’tibor bergan bo‘lsangiz, oldingi bayt 
da ikkitagina ichki 
qofiya ishtirok etgan edi. Bu yerda esa u uch (ey jon, 
hayron, namoyon) o‘rinda uchraydi. 
Baytdagi xush ohang, yoqimli jarangda ularning ishtiroki 
ham ochiq seziladi. Keyingi baytlarda ham mana shu uslub 
to‘la saqlab qolingan. 
Yor go‘zal, bu borada uning tengi yo‘q. Ammo u zulm-
korlikda ham mahoratli. Bobur uni shunday ko‘rsatadi:


170
O‘ Z B E K M U M T O Z A D A B I Y O T I
Mehr-u vafoni, ey yor, ko‘p ko‘rdi sendin ag‘yor,
Javr-u jafoni bisyor qilding manga havola.
Nihoyat, shoir o‘zining dil iztiroblarini bayon etishga 
jur’at qiladi. Yorga o‘z tuyg‘ularini ochishga qaror qiladi:
Hajringda, ey pariro‘, ko‘zumdin uchdi uyqu,
Har kecha tongga degru ishimdur oh-u nola.
Yorning go‘zalligi shunday ekan, shoir ham uni madh 
etishdan charchamaydi.
Yuz safhasinda xatlar yoshdinki, har taraf bor
Ishqingda Bobur aylar bu nav’ yuz risola.
Bu yerdagi so‘z o‘yinlari e’tiborga molik. «Yosh» faqat 
ko‘z yoshi emas, u o‘sha lolazorda yugurib yurgan bolalarni 
ham ifo da etadi. Safha esa yuzning ko‘rinishigina emas, ayni 
paytda xat yozish uchun mo‘ljallangan qog‘oz sahifasini ham 
anglatmoq 
daki, shoir shunga ko‘ra, yor haqida yuz risola 
yozishga tayyor ekanligini alohida ta’kidlamoqda.

Yüklə 4,52 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   76




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə