Adabiyot 11-sinf indd


MuRABBA’ «Bulbuldayinkim faryod etarman...»



Yüklə 4,52 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə68/76
tarix03.09.2023
ölçüsü4,52 Mb.
#121256
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   76
adabiyot 1qism 11 uzb

MuRABBA’
«Bulbuldayinkim faryod etarman...»
Bulbuldayinkim faryod etarman, 
Ishq daftarini bunyod etarman. 
Ko‘ngullarimni man shod etarman
Yorg‘a yetar kun bormu, yoronlar?
G‘am bahri qildi mavjini bunyod, 
Ishqingda qildim yuz oh-u faryod. 
O‘tti nigorim chun sarvi ozod, 
Yorg‘a yetar kun bormu, yoronlar?
Hajr ahli keldi tutti yoqamdin, 
Bag‘rimni tilg‘il paykoni g‘amdin, 
Ming dod-u faryod ushbu alamdin!
Yorg‘a yetar kun bormu, yoronlar?
Sham’i firoqing ko‘ksumda yondi, 
Ko‘z yoshim oqib bag‘rimg‘a tomdi, 
G‘aflatda qolg‘on Mashrab uyondi, 
Yorg‘a yetar kun bormu, yoronlar?
MuXAMMAS
«Na g‘urbatlarni chektim charxi bebunyod dastingdin...»
Na g‘urbatlarni chektim charxi bebunyod
1
dastingdin, 
Mudom motamda o‘ttum, bo‘lmadim dilshod
2
dastingdin, 
Tamomi xonumonim bo‘ldi chun barbod dastingdin, 
Hama obod bo‘ldi, bo‘lmadim obod dastingdin
Ki man har qayga borsam dod etarman, dod dastingdin.
Chamanning bulbuli bebol-u parman
3
, oshyonim yo‘q, 
Misoli chug‘zdek vayronalarda ham makonim yo‘q,
Azizimdin judodurman, boshimda soyabonim yo‘q,
Hama obod bo‘ldi, bo‘lmadim obod dastingdin,
Ki man har qayga borsam dod etarman, dod dastingdin.
1
C h a r x i b e b u n y o d – omonat dunyo ma’nosida.
2
D i l s h o d – ko‘ngli shod, xursand.
3
B e b o l - u p a r – qanotsiz va patsiz.


189
Dilimning quvvati, ruhi ravonimdin ayurdilar, 
Anisim, munisim, dilbandi jonimdin ayurdilar, 
Ko‘zumning ravshani ul mehribonimdan ayurdilar, 
Hama obod bo‘ldi, bo‘lmadim obod dastingdin, 
Ki man har qayga borsam dod etarman, dod dastingdin.
Bu olamda meningdek dil parishon o‘lmasun hech kim
Ko‘zi ham termulub, cho‘llarda sarson o‘lmasun hech kim, 
Xaloyiq diydasig‘a torikiston
1
o‘lmasun hech kim, 
Hama obod bo‘ldi, bo‘lmadim obod dastingdin, 
Ki man har qayga borsam dod etarman, dod dastingdin.
Ilohiy, menga yetkurgaymusan xurshedi matlabni, 
Saodat vaqtida baxtimg‘a chun iqboli kavkabni
Ilohiy, sen yetur himmat yo‘lig‘a xasta Mashrabni, 
Hama obod bo‘ldi, bo‘lmadim obod dastingdin,
Ki man har qayga borsam dod etarman, dod dastingdin.

Yüklə 4,52 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   76




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə