Adabiyot 11-sinf indd


«Agar oshiqlig‘im aytsam...»



Yüklə 4,52 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə67/76
tarix03.09.2023
ölçüsü4,52 Mb.
#121256
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   76
adabiyot 1qism 11 uzb

«Agar oshiqlig‘im aytsam...»
Agar oshiqlig‘im aytsam, kuyub jon-u jahon o‘rtar, 
Bu ishq sirrin bayon qilsam, taqi ul xonumon o‘rtar.
Kishiga ishq o‘tidin zarraye yetsa, bo‘lur giryon
1

Bo‘lub besabr-u betoqat, yurak-bag‘ri chunon o‘rtar.
Meni bexonumon tinmay kuyub-yondim firoqingda, 
Oting tutsam, nigoro debki, zavqidin zabon
2
o‘rtar.
Qayu til birla, ey jono, seni vasfing bayon aylay, 
Tilim lol-u ko‘zum giryon, so‘ngaklarni
3
nihon o‘rtar.
1
G i r y o n – yig‘lovchi, yig‘lab turgan.
2
Z a b o n – til.
3
S o‘ n g a k – suyak.


187
Na qattiq kun ekan, jono, visolingdin judo bo‘lmoq,
Meni ohim tutunig‘a zamin-u osmon o‘rtar.
Bu dard ila xarob o‘ldum, kelib holimni so‘rmassan, 
G‘aming boshqa, alam boshqa, yurakimni fig‘on o‘rtar.
Bu Mashrab dardini, jonoki, har kim boshig‘a solma, 
Agar mahsharda oh ursam, bihishti jovidon
1
o‘rtar.
Savol va topshiriqlar
1. Ritorik savolning shoir ijodidagi o‘rni haqida nimalarni 
aytib bera olasiz?
2. Sizningcha, Mashrab g‘azallarida qaysi badiiy timsollar faol-
roq qo‘llanadi?
3. Mashrab qo‘llagan tashbihlarni toping va izohlab bering.
4. Tanosub san’atining mohiyatini shoir she’rlari asosida 
izohlab bering.
5. «O‘rtar» g‘azalining matla’si yuqori darajadagi ohangdorlikka 
ega. Uning nimalar hisobiga hosil qilinganini aytib bera 
olasizmi?
6. «O‘rtar» g‘azalining qofiya va radiflar tizimini aniqlang, 
ular 
ning vazifalarini tushuntiring.
7. G‘azalda «ishq o‘ti» istiorasining bajarayotgan vazifasini 
belgilang.
8. G‘azalda qo‘llangan she’riy san’atlarni toping va ularning 
qo‘llanish xususiyatlarini izohlang.
9. «O‘rtar» g‘azalida shoirning so‘z tanlash va qo‘llash ma-
horatiga baho bering.
10. Quyidagi baytni o‘qing:
Qayu til birla, ey jono, seni vasfing bayon aylay, 
Tilim lol-u ko‘zum giryon, so‘ngaklarni nihon o‘rtar.
Unda ifodalanayotgan tuyg‘ularni o‘z so‘zlaringiz bilan 
sharh lang.
11. «O‘rtar» g‘azalidagi istiora va mubolag‘alarni toping va ular-
ning shoir muddaosini yoritishdagi o‘rnini ko‘rsatib bering.
12. «O‘rtar» g‘azalida ifoda etilgan rang-barang tuyg‘ularni bayt-
ma-bayt tahlil qiling va ularning o‘zaro tafovutlarini izoh-
lang.
1
J o v i d o n – doimiy, abadiy.


188
O‘ Z B E K M U M T O Z A D A B I Y O T I

Yüklə 4,52 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   76




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə