Adabiyot 11-sinf indd



Yüklə 4,52 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə64/76
tarix03.09.2023
ölçüsü4,52 Mb.
#121256
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   76
adabiyot 1qism 11 uzb

MASNu’ SHe’R
«Masnu’» – arabcha 
san’atli

sersan’at
degani. Ham gori-
zantal, ham vertikal tomonidan o‘qish mumkin bo‘lgan she’r. 

murabba’
(to‘rtburchak), 
musoviyat tarafayn
(ikki tomoni 
ham teng) degan atamalar bilan ham yuritiladi.
1
2
3
4
1
Yetti meni
o‘lturgali
oxir
hijron
2
O‘lturgali
qo‘yma
meni qutqar
ey jon
3
Oxir
meni qutqar
bu firoq
asru yomon
4
Hijron
ey jon
asru yomon
oh-u fig‘on
Tishing dur, labing marjon, xading gul, xating rayhon,
Yuzung xur, soching anbar, so‘zung mul, menging mo‘lton.
Mo‘lton menging, so‘zing mul, anbar soching, yuzung hur,
Rayhon, xating, xading gul, marjon labing, tishing dur.
2
3
4
6
7
8
9
11
12
13
15
16
16
15
14
12
11
9
8
7
6
4
3
1
1
5
10
14
13
10
5
2
Bu yerda birinchi misradagi so‘zlar oxirgi misrada o‘rin-
larini deyarli to‘la tarzda almashtirgan holda takrorlangan. 
Faqat 
ti shing dur
va 
xating gul
takrorlarini tashkil etuv-
chi so‘zlarning o‘rni almashmay qolgan, xolos. Ikkinchi va 
uchinchi misralarda ham shu usul mavjud. Bularning barcha-
si Bobur mahoratining naqadar balandligi 
ning ko‘rsatkichlari 
bo‘la oladi.


179
Savol va topshiriqlar
1. Bobur she’riyati qanday janrlardan iborat?
2. Bobur she’rlarida ko‘p qo‘llangan she’riy san’atlarni aniqlang. 
Ularning she’r matnidagi badiiy-estetik vazifasini belgilashga 
harakat qiling. 
3. Ayrim g‘azallarda radif qo‘llangan. U she’rda qanday vazi-
fani ado etadi?
4. «... Kechlik oshni o‘tkazgach, Hasanali o‘z hujrasidan kiyi-
nib chiqdi-da, Otabek yonig‘a kirdi. Otabek «Boburnoma» 
mutolaasi bilan mashg‘ul edi. Ba’zi bir ehtimollarga qarshi 
o‘zining niyatini bildirmay:
– Menda yumishingiz yo‘qmi, bek? – deb so‘radi 
Hasanali. – Hammomga bormoqchi edim...
Otabek ko‘zini kitobdan uzmay javob berdi:
– Yumishim yo‘q, boraveringiz». 
Abdulla Qodiriyning «O‘tkan kunlar» romanidan olingan 
mazkur parcha sizda qanday mulohazalar uyg‘otadi? 
5. Bobur ruboiylarining mavzu qamrovi haqida gapirib bering.
6. Yuqoridagi ruboiylarni yana bir marta o‘qing. Ular orasida 
«Taqdirga tag‘yir yo‘q» hamda «Har kim ekkanini o‘radi» 
maqollarining mazmuniga mos keladiganlarini toping. Ularni 
izohlashga harakat qiling. 
7. Quyidagi ruboiyni o‘qing. Ularni yuqoridagi andozalar aso-
sida tahlil qilishga harakat qiling:
Ahbobg‘a har xatki savod etgaysen
1

Bizni dag‘i ul bitikda yod etgaysen, 
Maqsudki
2
qoside
3
agar kelsa bu yon, 
Bir noma bila ko‘ngulni shod etgaysen.
1. Savod etmoq – yozmoq, bitmoq. 2. Maqsud – maqsad, 
niyat. 3. Qosid – elchi, xabarchi.
8. Quyidagi tuyuqlarni o‘qing va tahlil qiling:
Qish bo‘ldi-yu, bo‘ldi barcha tom-u tosh qor, 
Jamiyati bor kishiga bordur xush qor, 
Bu qishda yomon yo‘l-u parishon holim, 
Yo Rab, meni yaxshiliq sarig‘a boshqor.


180
O‘ Z B E K M U M T O Z A D A B I Y O T I
Qadimni firoq mehnati yo qildi.
Ko‘nglum g‘am-u anduh o‘tig‘a yoqildi.
Holimni sabog‘a aytib erdim, ey gul,
Bilmon, senga sharh qilmadi yo qildi.
Sizga yordam bo‘lishi uchun ayrim so‘zlarning ma’nolarini 
eslatamiz: 1) yo qildi – yoy, ya’ni kamonga o‘xshatib 
qo‘ydi; 2) yoqildi – yondi, kuydi, o‘rtandi; 3) yo qildi – 
yoki (sharh) qildi.
9. Boburning o‘zbek tilidagi so‘z boyligidan unumli foydala-
nishi, har bir so‘zning ifoda imkoniyatlarini yaxshi tasavvur 
qilishi, so‘zni nozik darajada his etishini tuyuqlari misolida 
izohlab be ring. 
10. Boburning she’riy mahoratini ruboiy va tuyuqlar misolida 
ko‘rsatib bering. 
11. Bobur ruboiylaridan to‘rttasini, tuyuqlaridan ikkitasini yod 
oling. 
12. «Bobur she’rlarini yaxshi ko‘raman» yoki «Bobur she’riya-
tida lirik qahramon tasviri» mavzularidan birida ijodiy matn 
tayyorlang.
13. 
Bobur ijodining ma’rifiy va tarbiyaviy ahamiyati haqida 
nima deya olasiz?


181
Boborahim Mulla Vali o‘g‘li Mashrab Namanganda 
bo‘zchi kosib oilasida dunyoga kelgan. U «otashnafas shoir» 
sifatida shuhrat qozongan. Shoirning nomi xalq orasida juda 
keng tarqal 
gan va mashhur bo‘lgan. Xuddi shohnomaxonlik, 
rumiyxonlik, bedilxonlik, navoiyxonlik singari mashrabxon-
lik ham bardavom bo‘lgan. Asarlari qisman turli bayoz va 
tazkiralar, asosan, «Devoni Mashrab», «Devonayi Mashrab», 
«Eshoni Mashrab», «Hazrati Shoh Mashrab» nomlari osti-
da xalq orasida qo‘lyozma va toshbosma shaklida tarqalgan 
qissalar orqali yetib kelgan. Uning hayot yo‘li haqidagi 
ayrim ma’lumotlar ham mana shunday ki 
toblarda haqiqat 
va to‘qimalar qorishiqligida saqlanib qolgan. 
Mashrabning otasi juda erta vafot etadi. Onasi Bibi Salima 
ip yigirish bilan oila tebratadi. Mashrab moddiy qiyinchiliklar-
ga qaramay maktab ta’limini oladi. So‘fi Eshon mullo Bozor 
Oxund qo‘lida din va falsafa tarixini, fors tilini o‘rganadi. 
So‘ng (taxm. 1665-yillardan) 7–8 yil davomida qashqarlik 
Hidoyatullo Ofoq Xoja eshon huzurida muridlik maktabini 
o‘taydi. 
Hidoyat ko‘rguzung, Ofoq Xojam, pushti panohimsiz,
Adashgan, yo‘lda qolganman, men g‘aribga roh, deb keldim.
Bir kanizakka ko‘ngil qo‘yishi uning qattiq jismoniy 
jazolanishi hamda pir dargohidan quvilishiga sabab bo‘ladi. 

Yüklə 4,52 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   76




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə