Adabiyot 11-sinf indd



Yüklə 4,52 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə65/76
tarix03.09.2023
ölçüsü4,52 Mb.
#121256
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   76
adabiyot 1qism 11 uzb

Boborahim Mashrab
(
1640–1711
)


182
O‘ Z B E K M U M T O Z A D A B I Y O T I
Mana shu jarayonda uning she’rlari shuhrat qozona bosh-
laydi. Mashrab ikki tilda ijod qilgan. 
Mashrab she’riyatning mulamma, mustazod, muxammas, 
musaddas, musabba’ singari janrlarida ijod qilgan. Ammo 
uning shuhratini, ayniqsa, g‘azal va murabba’lari oshirgan. 
Ular 
ning asosiy yo‘nalishi ishq-muhabbat bo‘lishiga qara-
masdan, ijtimoiy ohanglar ham katta mavqe tutgan. 
Mashrab o‘zbek tasavvuf adabiyotini yangi bosqichga olib 
chiqqan. Uning asarlari tilining sodda va jonliligi, o‘zbekona 
so‘zlarning tabiiy va samimiy jarangi, xalqona ifodalarga, 
ayniqsa, maqol va iboralarga boyligi bilan ajralib tura-
di. Ularning katta qismi 
sahli mumtane
san’atining yorqin 
namunalaridir. Ularda tasavvufning eng qiyin va mushkul 
muammolari ham nisbatan oson va qulay shakllarda tasvirlab 
berilgan. Ayni mana shu xislatlar uning she’rlari xalq orasi-
da ommalashib tez yodlanishi va hofizlar tomonidan kuyga 
solinib ijro etilishida bosh omil bo‘lgan. 
«Tariyqi ishq aro noyob» bo‘lgan Mashrab misralaridagi 
insoniy tuyg‘ular tasviri favqulodda ta’sirchanligi bilan ajralib 
turadi. Bunda ulardagi so‘z va iboralarning mavzu va maq-
sadga munosib va muvofiqligi, qofiyalarning to‘la va ohang-
dorligi, vazn 
larning tovlanishi, goho bosiq, goho o‘y 
noqiligi 
yetakchi o‘rin tutadi. Quyidagi misralar aruz talablariga qan-
chalik mos bo‘lsa, barmoq talablariga ham shunchalik to‘la 
va mukammal javob bera oladi:
Ko‘ng-lim-ni ber-
dim bir be-va- fo-ga
– – V –
– – V –
– –
Kuy-di yu-ra-
gim jab-ru ja-
fo-ga
– – V –
– – V –
– –
– – V –
– – V –
– –
5
+
5
= 10
5
+
5
= 10
Mashrab she’rlarida ijtimoiy muammolar talqini va tanqidi 
ham katta o‘rin tutadi. 
O‘zbek tasavvuf adabiyoti Mashrab qiyofasida yangi 
bosqichga ko‘tarildi. Bu yo‘nalishda uning:


183
Soldim tun-u kun nafs itim birla urushni,
Tanho qilichi birla urub hay-haylab o‘ttum, –
yoki «Ma’rifatni xonaqosina qadam kelturmisham» singari 
bayt va misralari e’tiborga loyiqdir. «Bir Xudodin o‘zgasi bar-
cha g‘alatdur, Mashrabo» degan misrada Mashrab ma’naviy 
olami 
ning o‘zak nuqtasi bo‘y ko‘rsatib turibdi. 
Mashrabning so‘z qo‘llash mahorati yuksak. «Qoshi qa-
rosini ko‘rung», «Jonim chiqdi», «Urayinmu boshima», 
«Hay-haylab o‘ttum» singari xalqona iboralar shoir she’ri-
yatidagi shiradorlikni ta’minlagan. 
Mashrabning ayrim bayt va misralari hayotiy hikmatlar 
darajasiga yetgan:
Umr emasdur – oshiqing bir lahza bo‘lsa yorsiz.
Hech ilme siynaga jo bo‘lmadi takrorsiz.
Qaroqchi qo‘rqitar har yerda topsa karvon yolg‘iz.
Mashrab she’rlarining ijtimoiy-badiiy ahamiyati juda katta. 
Ular bugun ham bizning zamondoshlarimizni, ayniqsa, yosh 
avlodni yuksak insonparvarlik ruhida tarbiyalashda, ularning 
yuksak axloq egalari bo‘lib kamol topishlarida, she’riyatning 
go‘zal namunalari asosida shakllanadigan badiiy-estetik did-
larining takomilida o‘ziga xos ahamiyat kasb etadi. 

Yüklə 4,52 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   76




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə