Adabiyot 11-sinf indd



Yüklə 4,52 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə61/76
tarix03.09.2023
ölçüsü4,52 Mb.
#121256
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   76
adabiyot 1qism 11 uzb

Savol va topshiriqlar
1. Siz «Lola» g‘azaliga bastalangan qo‘shiqni eshitganmi 
siz? 
Qo‘shiq ijrochisini bilasizmi? U sizda qanday taassurot 
qoldirgan?
3. She’rda Bobur shaxsiga oid qaysi fazilatlar ochiqroq namo-
yon bo‘lgan? Aniq misollar bilan fikringizni dalillang.
4. She’rning mavzu doirasi haqida nima deya olasiz?
5. Uni nima uchun g‘azal deymiz?
6. G‘azalda qo‘llangan she’riy san’atlarni aniqlang. Ularning 
she’r matnidagi badiiy-estetik vazifasini belgilashga harakat 
qiling. 
7. 
G‘azola
nima? She’rda bu so‘z nima uchun qo‘llangan?
8. Siz quyi sinflarda botanika va boshqa darslarda o‘qigan, 
ekskursiyalarda ko‘rgan lola haqidagi tasavvurlaringizni she’r 
bilan qiyoslang.


171
BOBuR liRikASi
Bobur lirikasida g‘azal va ruboiylar yetakchi mavqe tutadi. 
Adib ushbu janrlarning ijtimoiy motivlar bilan boyitilishiga 
katta hissa qo‘shdi. 
Bobur g‘azallarining katta qismi 5 va 6 baytdan tashkil 
topgan. Uning yana bir yirik xizmati she’r tilini, adabiyot 
tilini hayotiylashtirishda, uning sodda va ravon, tushunarli, 
samimiy bo‘lishiga intilishida ko‘rinadi. Ko‘pincha ularda 
og‘zaki nutqqa juda yaqin bo‘lgan ohanglar ochiq sezilib 
turadi.
Boshqa jihatlarni gapirmaganda ham, g‘azal qofiyalarining 
fe’llardan tashkil topishi uni og‘zaki nutqqa yaqinlashtirganini 
ta’kidlash o‘rinli bo‘ladi.
Garchi Boburning ayrim she’rlarida o‘zni aysh bilan 
tutishga, farog‘at bilan yashashga da’vat ruhi ustun bo‘lsa-
da, amalda bular Boburning orzusi bo‘lib, uning hayo-
ti faqat mashaq 
qat, qi 
yinchilik, urush-yurishlarda, tahlika 
va bezovtaliklar, to‘s-to‘polonlarda o‘tgani yaxshi ma’lum. 
Shunga qaramasdan, adib she’riyatida hayotsevarlik, ertangi 
kunga nisbatan komil ishonch ruhi ustuvorlik qiladi. Shoir 
birovga tobe va mute bo‘lishni xohlamaydi. Keskin xulosalar 
chiqarishda ham iymanib o‘tirmaydi.
Alisher Navoiydan keyin g‘azal janrini ijtimoiy ohanglar 
bilan boyitgan adib, hech shubhasiz, Zahiriddin Muhammad 
Boburdir. Uning ko‘p g‘azallari hasbi hol tarzida yozilgan. 
Ularda adibning shaxsiy hayotiga oid bo‘lgan kechinmalar 
juda yorqin va ta’sirchan tarzda ifodalangan.
Bobur g‘azaliyotida yurt va Vatanga muhabbat, ezgu 
insoniy fazilatlar tarannumi, oliyjanob tuyg‘ular tasviri ye-
takchilik qiladi.
Bobur hayotda nihoyatda jur’atli, mardona, yangiliklarga 
o‘ch bo‘lgan. Bu xislatlar uning ijodi uchun ham xosdir
.
Bobur lirikasida ruboiy va qit’alar ham katta mavqe 
tutadi. Ularda mumtoz adabiyotimizdagi yetakchi obrazlar 
tizimi o‘ziga xos tarzda mujassamlashgan. Shu bilan birga, 
adib she’riyatning ijtimoiy motivlar bilan boyitilishiga ham 
katta hissa qo‘shdi. 


172
O‘ Z B E K M U M T O Z A D A B I Y O T I
Boburning hayoti o‘zi tug‘ilib o‘sgan yurtlardan yiroqda 
kech 
ganini yaxshi bilasiz. Shu bois Bobur ruboiylarida ona 
Vatanga intilish, g‘urbat, hijron mavzulari keng yoritilgan. 
Quyidagi ruboiy ham adibning yurt sog‘inchiga to‘la qalbi-
ning aks sadosi, o‘ziga xos oynasidir. 
Ko‘pdin berikim, yor-u diyorim yo‘qdur,
Bir lahza-yu bir nafas qarorim yo‘qdur.
Keldim bu sori o‘z ixtiyorim birla,
Lekin borurimda ixtiyorim yo‘qdur.
Birinchi misradayoq yor va diyor sog‘inchi juda oshkor 
va samimiy ifodalanmoqda. Unda muddatning davomiyligi 
e’tiborni tortadi. Bunga 
ko‘pdin berikim
ifodasi orqali eri-
shilgan. Keyingi misrada ana shu hodisa-sababning oqi-
bati ko‘rsatilmoqda: bu o‘rinda ham muddat, vaqt, fursat 
tushunchasiga tayanil 
moqda. Uning ifodasi – 

Yüklə 4,52 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   76




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə