Adabiyot 11-sinf indd



Yüklə 4,52 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə69/76
tarix03.09.2023
ölçüsü4,52 Mb.
#121256
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   76
adabiyot 1qism 11 uzb

Savol va topshiriqlar
1. Siz murabba’ning qanday ko‘rinishlarini bilasiz?
2. Yuqoridagi murabba’ni o‘qing va shu asosda murabba’ janri 
haqida gapirib bering.
3. She’rdagi istioralarni toping va ularni izohlang.
4. Sizningcha, Mashrab 
yoronlar
deganda kimlarni nazarda 
tutgan?
5. She’rda Mashrab shaxsiyatiga xos bo‘lgan qaysi xislatlar aks 
etganini aniqlang, ularni izohlang.
6. Muxammas boshqalarning g‘azallariga bog‘lanishi yoki mus-
taqil shaklda yaratilishi mumkin. Mashrabning muxammasi 
qaysi turga kiradi?
7. «Dastingdan» radifining she’rda tutgan o‘rni va ahamiyati 
haqida gapirib bering.
8. Shoir she’rlarida qo‘llangan so‘zlarning hozirgi adabiy tili-
mizdan farq qiluvchi fonetik, leksik, morfologik jihatlarini 
qi 
yoslang va shu asosda ijodiy matn tuzing.
9. Mashrab ijodining adabiyot tarixida tutgan o‘rni va ahami-
yati haqida gapirib bering.
10. Mashrab g‘azallaridan birini yod oling.
1
T o r i k – qorong‘ulik.


190
O‘ Z B E K M U M T O Z A D A B I Y O T I
XIX asr ikkinchi yarmi–XX asr boshlari o‘zbek adabi-
yotida shoiralar ijodi alohida o‘rin tutadi. Anbar Otin ham 
ularning biri edi.
Shoira «Tarjimayi hol» asarida, jumladan, shunday deydi:
Otam – Farmonquli Marg‘iloniy,
Onam – Ashurbibi Qo‘qoniy.
Ular bo‘zchi, aniqrog‘i, belbog‘chilik bilan mashg‘ul bo‘-
lishgan. Oila juda kambag‘al yashagan:
Alar belboqchi – bo‘zchi erdi kasbi,
Hamisha makkayidan
1
erdi noni,
Ki «Bo‘zchi yolchimas belboqqa» doim,
Yana juft bo‘lmas erdi bir choponi.
Kambag‘alchilik va nochorlik oilaviy hamjihatlikka ham 
putur yetkazadi. Anbar va uning uka 
si o‘gay ota tarbiyasida 
qoladi. 
Anbarni Qo‘qon shahriga – Zohidxo‘ja degan kishi-
ga turmushga uzatishadi (Anbar Otin she’rlaridan birida 
uni «zahmat ahli»dan deb yozadi, «Debocha»da esa uning 
«O‘ratepadan yalangoyoq yetim kelg‘an»ini ko‘rsatib o‘ta-
1
M a k k a y i – makkajo‘xori.

Yüklə 4,52 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   76




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə