Adabiyot 11-sinf indd



Yüklə 4,52 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə70/76
tarix03.09.2023
ölçüsü4,52 Mb.
#121256
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   76
adabiyot 1qism 11 uzb

Anbar Otin
(
1870–1910
)


191
di). Ularning to‘rtta farzandi bo‘lgan: Mo‘minxo‘ja, Bibixon, 
Usmonxo‘ja, Ominaxon (yoshligida vafot etgan). 
Bo‘lajak shoira Dilshod otin maktabida tahsil olgan. 
Dilshod Barno bu haqda shunday deb yozgan edi: «Anbaroy 
bug‘doyrang, sunbul sochli, ohu ko‘z, oy yuzli, axloqi hami-
da va odobi pisandida sohibidur. Bu sakkiz yashar qizcha 
bo‘lishiga qaramay, hazrat Navoiy g‘azallarini o‘rganishga 
behad qiziqadi... Umidim borki, bu qizcha katta shoira 
bo‘lg‘usi». 
Anbar Otin o‘zbek va tojik tillarida ijod qilgan. She’rla-
rida Uvaysiyning ta’siri sezilib turadi. Zero, Uvaysiyni bir 
she’rida «momom» deb tilga oladi hamda otasiga Uvaysiy-
ning amma ekanini ta’kidlaydi. Ustozlarning ulug‘i sifatida 
Navoiyni tilga oladi:
Agar ustodi adabni izlasang, Anbar Otin,
Sen Navoiy ta’limini doim mutolaa qil.
«Haziniy to‘dasi» degan ibora Anbar Otin qiziqqan ijodiy 
davraning nomidir. Shuningdek, Muqimiy, Furqat, Kamiy, 
Zav 
qiy, Shavqiylar ijodi ham shoira uchun qiziqarli bo‘lgan. 
(She’rlarida ularga murojaat qilgan, ular bilan bahslashgan).
Anbar Otin O‘rta Osiyoning Chor Rossiyasi istilosi davri-
da yashagan. U rus madaniyati, san’ati va adabiyoti, ayniqsa, 
maktab-maorif sohalaridagi ilk o‘zgarishlarni ko‘rib, ularga 
nisbatan dastlab ijobiy baho beradi:
Qo‘shulub mulki Farg‘ona o‘rusga bu saro bo‘ldi,
O‘rus o‘zbek elig‘a tug‘ishgandek ag‘o bo‘ldi.
Keyin bu siyosatning qora va jirkanch tomonlarini ham 
(«qilich yonig‘a to‘pponcha qo‘shulub») ko‘ra bildi:
Quvonib ibtidoda o‘yladi el: «Zulm ketdi», deb,
Kelib zolim, mulozim birla tezda hampo bo‘ldi.
Anbar Otin mahalliy va rus hukumati vakillarining birga-
lashib uylarini tortib olgani, oqibatda katta oilaning kichik 


192
O‘ Z B E K M U M T O Z A D A B I Y O T I
hovlichada qamalib qolgani haqida ham she’riy misralar bit-
gan. Muhimi, u «ikki yoqlik zulmni» ko‘plardan oldin ko‘ra 
bilgan va atrofidagilarni uni bartaraf etish uchun chorlagan 
edi.
Anbar Otin uzoq umr ko‘rmagan bo‘lsa-da, umrining 
ko‘p qismini to‘shakda mixlangan holda o‘tkazgan. Ammo u 
kuchli iqtidor bilan birgalikda mustahkam irodaga ham ega 
edi: «Fala 
ki jomakabud
1
dastidin yuz dodki, – deb yozadi 
u. – bir yig‘inda haqni aytib, balog‘a qolib zinadan quv-
lang‘animda oyog‘im chiqib yotib qoldim. 
Yosh umrim hayf va rangim za’faron bo‘lib yotdim. Bor 
mavjud kuchim kitob o‘qumoq va g‘azal abyot qilmoq ila 
band bo‘ldi».
«Qarolar falsafasi» Anbar Otin ijodidagi eng go‘zal ada-
biy kashfiyotdir. U shoira shaxsiyatidagi ijtimoiy jur’at va 
jasorat 
ning, yetuk salohiyat va ijodiy barkamollikning go‘zal 
namunasidir. 
Anbar Otin adabiyotimiz tarixida ilk bor falsafiy-pub-
litsistik yo‘nalishda ijod qildi. Tarixda «Risolayi falsafayi 
siyohon» («Qarolar falsafasi risolasi») nomi bilan saqlanib 
qolgan, bu asar Anbar Otin dunyoqarashi, tasavvuri haqi-
da boy ma’lumotlar beradi. Uning tarix, falsafa, axloq va 
madaniyatimiz tarixining bilimdoni ekani ma’lum bo‘ladi. U 
inson tanasidagi ranglarning mutlaqo ijtimoiy ahamiyat kasb 
etmasligini, uning qayerda yashashi va qaysi tilda gapirishi 
emas, balki olam va odamga munosabatiga ko‘ra farqli ji-
hatlari bo‘lishi mumkinligini ko‘rsatib beradi.
Qora
so‘zining turli ma’no qirralarini izohlar ekan, shoira 
ijtimoiy hayotga, undagi tengsizlikka urg‘u beradi. Ijtimoiy 
ado latning jamiyat hayotidagi o‘rni va ahamiyatini o‘ziga xos 
tarzda talqin qiladi.
Anbar Otinning ayollar, ularning ijtimoiy-ma’naviy ha-
yotdagi o‘rni va ahamiyati haqidagi kuzatishlari bugun ham 
o‘zining ijtimoiy hamda badiiy-estetik dolzarbligini yo‘qotgan 
emas.
1
F a l a
k i j o m a k a b u d – ko‘k rangli osmon.


193

Yüklə 4,52 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   76




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə