|
Adabiyot 11-sinf indd«RiSOlAyi FAlSAFAyi SiyOHON»DANadabiyot 1qism 11 uzb«RiSOlAyi FAlSAFAyi SiyOHON»DAN
(
«Qarolar falsafasi risolasi»dan
)
Avvalg‘i fasl
Bu faslda barcha qarolar borasida bu aqli qosir
1
va no-
raso ilan bayon qilurman.
Aslida, qaro nimarsalar qarong‘ulikda ko‘zga ko‘runmas,
ammo bu falaki kajraftor
2
o‘z shevalari ilan zamonani zulmat
ichra qaro chodirga burkabdurki, bu chodir o‘z qarolig‘i qirq
yilg‘i jilosida ichidagi barcha qarolarni ham namudor etgay
3
...
Har kishida o‘tkur idrok bo‘lsa bilurki, qarong‘u tunda
qaro baxt, qaro niyat va qaro fikr nechuk robita
4
birla zul-
mat qu
cho
g‘ida harakat qilur. Qaro tunda qaro baxt harakat
qilg‘oni shu bo‘lurki, barcha mazlumlar bedor va vahshat
biym (qo‘rquv, vahm)ida og‘ir zahmat va mehnatg‘a giriftor
bo‘lurlar...
Aksar Janub va Sharq xalqlari monandi Arab, Eron,
Afg‘on, Seylon, Hind va Kashmir xalqlari qaro yuz, oq
ko‘ngul xaloyiq erurlar. Ul xaloyiq aslzoda oq tanlar kabi
andom, a’zoyi badan, qo‘l-oyoq, til, ko‘z, aql-hush, g‘ayrat,
quvvat va tafakkurga mo
yildurlar...
Ul qaro xalq oftob so‘zonida
5
mehnat qilib, o‘zlari har
qancha kuyganlari holda, hosillarini hamtavoqlarig‘a tuhfa
qilurlar. Misol andoqdurki, qazon bovujud qarodur, o‘zi
o‘tda kuyub qaro bo‘lg‘oni holda ovqat pishirub odamlarni
to‘ydurur...
Qarolar bordurlarki, alar o‘zlari qaro bo‘lg‘onlari holda
ma’rifat nuri siyratlarida to‘ladur va ul nurlarni fasohat
6
va
til durdo nalari vositasi ila olamg‘a oq shu’la socharlar. Misol
uldurki, qaro charog‘ o‘zi qaro yog‘ va kuyundig‘a giriftor
bo‘lg‘oni holda nuri ilan kulbani ravshan qilur.
1
Q o s i r – qusurli, aybli.
2
K a j r a f t o r – teskari yuruvchi, egri qiliqli; makkor.
3
N a m u d o r e t m o q – ko‘rsatmoq, namoyish etmoq.
4
R o b i t a – aloqa, vosita; tartib-qoida.
5
S o‘ z o n – taft; kuydirish.
6
F a s o h a t – so‘zning ochiq, ravshan, ravon bo‘lishi; uslubning
chiroyliligi.
194
O‘ Z B E K M U M T O Z A D A B I Y O T I
Husn bobidagi eng muqaddam omillar ham qaroliqdur-
larki, go‘zal siymoni asosi qaro qosh-u qaro soch va qaro
xol bo‘lur.
Dostları ilə paylaş: |
|
|