Adabiyot 11-sinf indd



Yüklə 4,52 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə66/76
tarix03.09.2023
ölçüsü4,52 Mb.
#121256
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   76
adabiyot 1qism 11 uzb

Savol va topshiriqlar
1. Mashrabning hayot yo‘li haqida nima deya olasiz?
2. Mashrab yashagan davr va muhit haqida nimalarni bilasiz?
3. Mashrabni tabiatan qanday odam sifatida tasavvur qilasiz?
4. Mashrab ijod qilgan janrlar haqida gapirib bering.
5. Mashrab asarlari bizga qay yo‘sinda yetib kelgan?
7. Mashrab she’rlari bilan aytiladigan qanday qo‘shiqlarni bi-
lasiz? Sizga ularning nimasi manzur bo‘lgan?
8. Mashrab adabiy merosining bugungi kundagi ma’rifiy va 
tarbiyaviy ahamiyati haqida gapiring.


184
O‘ Z B E K M U M T O Z A D A B I Y O T I
G‘AzAllAR
«Bu tani xokini-yu ruhi ravonni na qilay?!.»
Bu tani xokini-yu ruhi ravonni na qilay?! 
Bo‘lmasa qoshimda jonon, bu jahonni na qilay?!
Yorsiz ham bodasiz Makkaga bormoq ne kerak?! 
Ibrohimdin qolg‘on ul eski do‘konni na qilay?!
Urayinmu boshima sakkiz behisht-u do‘zaxin, 
Bo‘lmasa vasli menga, ikki jahonni na qilay?!
Zarraye nuri quyoshdek bu jahon ichra tamom, 
Oshkoro bo‘lmasa, sirri nihonni na qilay?!
Arshning kungurasin ustig‘a qo‘ydum oyog‘im, 
Lomakondin
1
xabar oldim, bul makonni na qilay?!
Bir Xudodin o‘zgasi barcha g‘alatdur, Mashrabo, 
Gul agar bo‘lsa qo‘lumda, ul tikanni na qilay?!
Tasavvufda tan va ruh muammosi ancha jiddiy ko‘riladi-
gan masala va muammolar sirasiga kiradi. Zero, tan insonga, 
ruh esa ilohiyotga daxldordir. Odatda, o‘zini anglagan inson 
ruhida ilohiy sirlardan qisman xabardorlik mavjud bo‘ladi. 
Jonon
esa oshiq (solik) qalbida sodir bo‘layotgan ilohiy 
ma’rifat darajasining ortib borishi bilan aloqador. Demak, bu 
baytda ilohiy ma’rifatga intilmasdan yashash umr mazmunini 
yo‘qqa chiqaradi, degan haqiqat mujassamlashgan.
Xuddi mana shu fikr keyingi baytda yana bir pog‘ona 
ba 
landroq pardalarda kuylanadi. Tasavvuf adabiyotida 
yor

jonon
so‘zlari ko‘pincha ilohiy ma’rifatning oshiq qalbida-
gi jilolanishini anglatadi. Demak, Makka ziyoratiga borish 
uchun ham jiddiy tayyorgarlik talab etiladi. Bu talabning 
asosi ko‘ngil pokizaligi, moddiy ehtiyoj va talablardan voz 
kecha olish, nafs qutqularidan forig‘ bo‘lish, ko‘ngil obodligi 
ustida qayg‘urishdir. 

L o m a k o n – makonsiz.


185
Bir qarashda jannat va do‘zax tushunchalarini inkor etish 
dahriylik tushunchasi bilan bog‘lanib ketganday bo‘ladi. Asli-
da esa unday emas. Diqqat bilan qaralsa, Mashrab do‘zax 
va jan 
natni boshimga uramanmi deganda 
yor vasli
– ilohiy 
tajallini ko‘ 
rishni nazarda tutgan. Agar o‘sha darajaga yet-
maydigan bo‘lsa, yuqo 
ridagi tushunchalarning ham mazmuni 
yo‘qqa chiqadi. Ko‘rinadiki, bu baytda ham yana ko‘ngil 
ozodaligi nazarda tutilgan. 
Olamga boqqanda uning har bir bo‘lagida, ya’ni insonni 
qurshab turgan moddiy jismlarning o‘zida ham Yaratgan-
ning kuch va qudratini his etib turish kerak. Quyoshning 
paydoligi uning zarralarida namoyon bo‘ladi. Xuddi shunga 
o‘xshab Yaratganning o‘zi ham u yaratgan narsalar vositasi-
da anglanadi. «Sirri nihon» insonga ma’rifiy bilimlar tufayli 
anglanishi mumkin bo‘lgan haqiqatlardir. 
Mashrab bir solik (yo‘lovchi) sifatida bu uzun yo‘lning 
asosiy bosqichlarini bosib o‘tgan solik tilidan aytmoqdaki, 
«bodani ichgan solik Arsh kungarasining ustiga ham oyoq 
qo‘ya oladi». Mayning ilohiy ishq yoki ilohiy ishq mujas-
samlashgan ko‘ngil ramzi ekanini yodda tutsak, qo‘yilgan 
qadamning ham, lomakondan xabar olish 
ning ham ma’nosi 
bir qadar oydinlashadi. Ya’ni ilohiy ma’rifat egasigina emas, 
lomakon
– makonning yo‘qligi, yo‘qlik olamidan ham xa-
bardor bo‘ladi. U olam ilohiy olam, ilohiyot olamidir. 
Ana shundan keyin oliy haqiqatga yetish mumkin bo‘ladi. 
Buning uchun Yaratganning o‘zidan boshqa hamma nar-
saning xato – g‘alat ekanini anglab yetish kerak. Boshqa 
narsalarga mahliyo bo‘lib asl haqiqatdan chalg‘imaslik kerak-
ligi baytning asosiy mazmun va mantig‘ini tashkil etadi. 
Bu murakkab umumlashmani anglatish uchun esa oddiy va 
sodda ikkita obraz qo‘l keladi:
Bir Xudodin o‘zgasi barcha g‘alatdur, Mashrabo,
Gul agar bo‘lsa qo‘lumda, ul tikanni na qilay?!
O‘z-o‘zidan 
gul
asosiy maqsad va mohiyatni, 
tikan
esa 
ikkinchi darajali narsalarni anglatayotgani ma’lum bo‘ladi. 
Ammo esdan chiqarmaslik lozimki, ikkinchi darajali nar-


186
O‘ Z B E K M U M T O Z A D A B I Y O T I
salardan ehtiyot qilinmasa, kishiga jarohat yetishi, uning 
iztiroblari ortishi mumkin. 
Mashrab she’riy unsurlarni tanlayotganida ularning maz-
mun uchun qanday xizmat qilishi mumkinligini ham e’tibor-
ga olgan. Butun she’r davomida so‘roq ohangining saqlanishi 
undagi ma’no qatlamiga bo‘lgan e’tiborni har doim tarang 
holda tutib turish imkonini beradi. Birinchi baytda bir uyada 
birlashadigan so‘zlar miqdorining ko‘pligi – tanosub she’riy 
san’ati bayt mazmunini to‘la va yaxlit holda idrok qilishga 
ko‘maklashadi. 
Tan
va 
ruh
esa mantiqiy tazodni yuzaga 
keltirgan:
Bu tani xokini-yu ruhi ravonni na qilay?! 
Bo‘lmasa qoshimda jonon, bu jahonni na qilay?!
Keyingi baytda tashbih, istiora, ramz singari tasvir vosita-
laridan foydalanilgan. Bular she’rning ta’sirchanligini yanada 
kuchaytirgan. Bularning barchasi mazmuniga quvvat, shakliga 
chiroy ato etgan. Ular birlashib, kitobxon qalbida go‘zal va 
yoqimli ta’sirni hosil qiladi.

Yüklə 4,52 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   76




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə