Adabiyot 11-sinf indd



Yüklə 4,52 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə62/76
tarix03.09.2023
ölçüsü4,52 Mb.
#121256
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   76
adabiyot 1qism 11 uzb

bir lahza­yu 
bir nafas
. Bu o‘z-o‘zidan ko‘p va oz tushunchalari orasi-
dagi ziddiyatni yuzaga chiqaradi. Ular 
ning ostidagi ma’no 
tovlanishlari bizni o‘ziga jalb etadi. Keyingi ikki misrada 
ham mantiqiy ziddiyat aks etgan. Ulardagi tayanch so‘zlar 
keldim
va 
borurimda
dir.
Ruboiy qofiyasi asosiy mavzuni ochishda muhim omil 
bo‘lgan. Shunga ko‘ra, asosiy fikrni ifodalovchi so‘z – 
diyor
qofiyaga surilgan. Ikkinchi misra esa lirik qahramon ruhiy 
olamini aks etti 
rishga qaratilgan, shuning uchun 
qarorim
so‘zining qofiyada keltirilishi tasodifiy emas. Oxirgi misradagi 
ixtiyorim
qofiyasi ham umumiy ma’noni kuchaytirishga xizmat 
qiladi. Muhimi, bu ruboiy ham boshqalari kabi ifodalarning 
tabiiy va quymaligi, turkona so‘zlarning o‘z o‘rnida, jonli 
holda qo‘llangani bilan ajralib turadi.
Dastlabki misra ro‘y bergan hodisa mohiyati haqidagi 
axborot tarzida berilgan. Ammo uning mahzun va tushkun 
kayfiyat ifodasi ekani ham ko‘rinib turibdi. Keyingi misrada 
esa lirik qahramonning shu hodisaga munosabati ko‘rsatil-
gan. Unda bezovtalik, iztirob, taqdir oldidagi ojizlik e’tirofi 
aks etgan. Ayni paytda, bu qayg‘uning oniy, qisqa emas, 
aksincha, muntazam va uzluksizligi ta’kidlangan. 


173
Natijaning yomonligi uchun o‘zining aybdorligini tan 
olish har kimning ham qo‘lidan kelavermaydi. Boburda mana 
shunday mardonalik har doim ochiq namoyon bo‘ladi. Bu 
yerda ham shu xislatning yana bir qirrasi ko‘rinib turib-
di. Ammo taqdir buyrug‘iga bo‘ysunmaslikning ham imkoni 
yo‘q. Oxirgi misra mana shu e’tirofning go‘zal ifodasi sifatida 
yaratilgan. 
Bobur ruboiylari bu janrni yangi mavzu bilan boyitdi. 
Ularga hasbi hol ohanglarining, yurtsevarlik, vatanparvarlik 
g‘oyalari 
ning ustuvor tarzda singdirilishi mana shu yangilik-
ning bir qismini tashkil etadi. Yana bir yangilik ularning 
tabiiy, samimiy ruhi bilan belgilanadi. 
Bobur ruboiylari hayotning turli qirralari haqida bahs 
yuritadi. Bobur ruboiylari ham g‘azallari kabi hasbi hol 
xarakteriga ega: ularda adib o‘z ko‘rgan-kechirgan tuyg‘ula-
rini ifodalashga ko‘proq e’tibor beradi:
Necha bu falak solg‘usi g‘urbatqa meni,
Har lahza tugangusiz mashaqqatqa meni.
Ne chora qilay, netayki, Tengri go‘yo
Mehnatni menga yaratdi, mehnatqa – meni.
Ushbu ruboiy mavzusiga ko‘ra boshqa ruboiylarga uyg‘un. 
Unda ham yor, ham diyordan yiroqlik, ulardan ayrilib 
yashash iztiroblari aks etgan. Ayni paytda, kundalik hayot 
maromining o‘zida ham kutilmagan azob-uqubatlar, ranj-u 
kulfatlarning ko‘ngilga beradigan og‘riqlari ham aks etgan.
Dastlabki ikki misrani yana bir marta o‘qib chiqaylik. 
E’tibor berdingizmi: 
solg‘usi
fe’li qaysi misraga aloqador? 
Faqat birinchi misragami?
U har ikki misraga ham daxldor. Gapning mana shu 
shaklda tuzilishi undagi fikriy mantiqni kuchaytirgan.
Keyingi ikki misrada ham yangicha shakllar mavjud. 
Uchinchi misrada savolning takrorlanishi iztirobning kuchini 
tasavvur qilishga yordam beradi. Oxirgi misradagi 
mehnat
hamda 
men 
so‘zlariga qo‘shilayotgan jo‘nalish va tushum 
kelishigining qo‘shimchalari oxirgi misrada o‘rinlarini al-


174
O‘ Z B E K M U M T O Z A D A B I Y O T I
mashtirgan. Bu shoir ko‘zda tutgan ma’noning yanada kuchli 
va ta’sirchan bo‘lishiga xizmat qilmoqda.
Boburning yana bir yirik xizmati she’riy asarlar tilini 
hayotga yaqinlashtirishda, uning sodda va ravon, tushunarli, 
sami miy bo‘lishiga intilishida ko‘rinadi. Ba’zan bu g‘azallarda 
og‘zaki nutqqa juda yaqin bo‘lgan ohanglar sezilib turadi.
Asru ko‘p emish jur’at-u himmat sizga,
Ro‘zi qilg‘ay Xudoy nusrat sizga.
Mardonalig‘ingizni bori el bildi,
Rahmat sizga, hazor rahmat sizga.
Ruboiylarning katta qismi o‘zida Boburning hayotiy tajri-
balari davomida to‘plangan haqiqatlarni mujassam etgan. 
Tuz oh, Zahiriddin Muhammad Bobur,
Yuz oh, Zahiriddin Muhammad Bobur.
Sarrishtayi ayshdin ko‘ngulni zinhor
Uz, oh, Zahiriddin Muhamrnad Bobur.
Bobur o‘zbek tilidagi so‘zlardan juda o‘rinli hamda unum li 
foydalanadi. Ularning kuchi va qudratini, ichki imkoniyatla-
rini, tarovatini chuqur his qiladi.
Yuqoridagi ruboiy birgina so‘zning o‘zgarishi asosida hosil 
bo‘lgan. Ammo unda boshqa she’rlarda bo‘lgani kabi, ichki 
bir dard, abgor bo‘lgan ko‘ngil, afsus va nadomatlar ichidagi 
ruh egasi yorqin tarzda namoyon bo‘ladi.
Ruboiyda 

Yüklə 4,52 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   76




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə